Mustaqil ishi mantiq ilmining fanlar tizimidagi o'rni



Yüklə 5,13 Kb.
tarix21.10.2023
ölçüsü5,13 Kb.
#130232
Maxmudova Sitorabonu


URGANCH RANCH TEXNOLOGIYA UNIVERSITETI IQTISODIYOT (tarmoqlar va sohalar bo`yicha) 2308-IQ YO’NALISHI
1-KURS TALABASI
Maxmudova Sitorabonuning
Falsafa fanidan
Tafakkurning mantiqiy shakllari va qonunlari
mavzusida tayyorlagan
MUSTAQIL ISHI
2. Mantiq ilmining fanlar tizimidagi o'rni.
Mantiq arabcha so’zdan olingan bo’lib “so’z”, “fikr”, “aql” ma'nosini anglatadi. Mantiq atamasi o’rta asrlarda Markaziy Osiyo va Yaqin Shrqda qo’llanilgan. Mantiq yunoncha “logika” atamasiga mos keladi. Logika “logos” so’zidan olingan bo’lib “so’z”, “fikr”, “nutq”, “aql” ma'nolarini anglatadi. Logikaga fan sifatida mil.av. IV asrda Aristotel asos solgan.
Kundalik muomalada mantiq atamasi turli o’rinda biz tomonimizdan ko’p qo’llaniladi. Masalan: “fikrlar mantig’i”, “gap mantig’i”, “hatti-harakat mantig’i”, “narsalar mantig’i”, “voqealar mantig’i” kabi jumlalar biz tomonimizdan fikrimizni ifodalashda qo’llaniladi.
Hozirgi davrda mantiq tushunchasi turli ma'nolarni anglatadi
Birinchidan, bu so’z ob'ektiv olamdagi narsa va hodisalar rivojlanishi va o’zgarishidagi qonuniyatni anglatadi. Bu ob'ektiv mantiq deb ataladi. Ob'ektiv mantiq insonga bog’liq bo’lmagan holda mavjud bo’lgan moddiy olamni tashkil etuvchi narsalar, hodisalar, jarayonlar taraqqiyotidagi zaruriy qonuniyat, aloqa, munosabatlarni ifodalaydi. Shu sababli u “narsalar mantig’i” deb ham ataladi.
Ikkinchidan, mantiq fikrlar aloqadorligi va taraqqiyotidagi muhim qonuniyatlarni anglatadi. Bu qonuniyatlar sub'ektiv mantiq deb ataladi. Sub'ektiv mantiq bilan ob'ektiv mantiq uzviy bog’liqdir. Chunki ob'ektiv borliqdagi narsa va hodisalar hamda ular o’rtasidagi munosabat va aloqadorlik inson tafakkurida in'ikos etadi.
Uchinchidan, mantiq deb tafakkur shakllari, usullari va qonunlarini o’rganuvchi fanga aytiladi. Biz o’rganayotgan bu fan formal mantiq deyiladi. Formal mantiq tadqiqot uslubiga k o’ra an'anaviy mantiq (Aristotel mantig’i) va XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab mantiq fanida sun'iy (formallashgan) tildan foydalanuvchi matematik metodlar keng qo’llanila boshlanishi asosida shakllangan matematik mantiq (zamonaviy mantiq) sohalariga bo’linadi. Fan-texnika taraqqiyoti hamda matematik mantiq metodlarining ilmiy tadqiqotlarda keng qo’llanilishi sababli bu yo’nalish an'anaviy mantiqdan farqlash uchun ham zamonaviy mantiq ham deb nomlanadi.
Foydalangan adbiyotlar
  • X.Hamidiy. Tasavvuf allomalari. Т., «Sharq», 2004.

  • 2. Хазрати Инсоният Хан. Мистицизм звука. Казань, «Сфера», 1997.
    3. Хо'ja Ahmadyassaviy. (hayoti, ijodi va an'analari). Т., 2001.
    4. SliQahhorova. Metafizika ta'limot va uslub sifatida. «Falsafa va huquq» 
    jumali. 2004. №1.
    5. Sh.Qahhorova. Umar Xayyom dunyoqarashining mohiyati. (Xalqaro ilmiy 
    anjuman materiallari). Tehron-Toshkent, 2004.
    6. Falsafa:ma'ruzlar matni Т.2000.

Yüklə 5,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə