Mustaqil ishi mustaqil ish mavzu: O'zbekistonning xalqaro reytinglardagi ko'rsatkichlarini ko'tarishning tarixiy va siyosiy ahamiyati. Reja



Yüklə 0,92 Mb.
tarix29.11.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#143403
1-03


Andijon qishloq xo`jaligi va agrotexnologiyalari instituti “Ipakchilik tutchilik” fakulteti “Veterinariya” yo’nalishi
1- bosqich 1-03 guruh talabasi
MAXMUDOV JAVIHIRBEKning
YANGI TARIX fanidan tayyorlagan
MUSTAQIL ISHI

MUSTAQIL ISH Mavzu: O'zbekistonning xalqaro reytinglardagi ko'rsatkichlarini ko'tarishning tarixiy va siyosiy ahamiyati.

Reja:


O‘zbekistonning xalqaro reytingdagi o‘rni
O'zbekistonning xalqaro reytinglardagi ko'rsatkichlari.
O'zbekiston Respublikasining tarixiy va siyosiy reytinglar ahamiyati.
1
2
3
demokratiya indeksida esa 150-o‘ringa chiqdi
O‘zbekiston korrupsiya darajasi bo‘yicha indeksda 140-o‘ringa ko‘tarildi
«Aholi fikrini hisobga olish va hisobdorlik» hamda «Huquq ustuvorligi» indikatorlarida esa o‘z pozitsiyasini yaxshilay olmadi.
O‘zbekiston 2021 yilda e’lon qilingan va o‘zi uchun ustuvor deb bilgan jami 19 ta xalqaro reytingdan 11 tasida o‘z pozitsiyasini yaxshiladi, bir qancha reytinglarda esa pastlagan. Bu haqda, 14 aprel kuni Oliy Majlis Senatida bo‘lib o‘tgan Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashining navbatdagi yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Global innovatsiyalar indeksida O‘zbekiston 2021 yilda 7 pog‘onaga ko‘tarilib, 132 ta davlat orasida 86-o‘rinni egalladi va eng tez yuqorilagan mamlakatlar top-10 taligiga kirdi.
Transparency International xalqaro tashkilotining 2021 yil uchun Korrupsiyani qabul qilish indeksida O‘zbekiston o‘z o‘rnini 6 pog‘ona yaxshilab, 180 ta davlat ichida 140-o‘rinni egalladi.
O‘zbekiston uchun ustuvor reyting hisoblanmagan, BMT Xalqaro elektr aloqasi ittifoqining 2021 yilgi hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston keng polosali internet narxlari bo‘yicha BMTning 2 foizlik foydalanish ko‘rsatkichini bajargan holda 4 ta yangi ishtirokchi (mamlakat) qatoridan joy olgan.
«Jahon mamlakatlari demokratiyasi indeksi»ning 2021 yil yakunlari bo‘yicha e’lon qilingan reytingda O‘zbekiston o‘z pozitsiyasini 5 pog‘onaga yaxshilab, 150-o‘rinni egallagan.
Shuningdek, tadbirda xalqaro reyting va indekslar bo‘yicha samaradorlikning eng muhim ko‘rsatkichlariga (KPI) erishishdagi mavjud muammolar ham sanab o‘tildi.
    • O‘zbekistonning tashqi siyosatda mintaqalararo xavfsizlikni ta’minlashda xalqaro tashkilotlar faoliyatidan, ularning dasturlaridan ham keng foydalanishi istiqbolli natijalarni ko‘rsatadi. Ko‘pgina mintaqaviy tashkilotlar, chunonchi, NATO, EKO, Islom konferensiyasi, Qo‘shilmaslik harakati va boshqalar bilan ham samarali hamkorliklar yo‘lga qo‘yildi.

1994 yil iyul oyida O‘zbekiston NATOning “Tinchlik yo‘lidagi hamkorlik” dasturiga qo‘shildi.
Bu dasturga ko‘ra O‘zbekiston harbiy qismlari Shimoliy Karolina (AQSH) dagi Kemp Lejyup dengiz piyodalari poligonida o‘tkazilgan harbiy mashqlarda, O‘zbekiston hududida amerikaliklar bilan o‘tkazilgan desantchilarning “Ultrabalans-96” harbiy mashqlarida qatnashdilar.
Respublika harbiy bilim yurti talabalari 1997 yil Norvegiyada o‘tkazilgan “Kooperativ bankers-97” mashqlarida ham qatnashdilar. Bu kabi hamkorliklar jangchilarimiz uchun o‘ziga xos mahorat maktabi, tajriba bo‘lib, ularning jangovarlik qobiliyatini oshirishlariga yordam berdi.
1999 yil aprelda I.A.Karimovning NATO (Shimoliy Atlantika Ittifoqi) qoshidagi “Tinchlik yo‘lidagi hamkorlik” dasturida ishtiroki Markaziy Osiyo mintaqasida kollektiv xavfsizlik va barqarorlikning keng tizimini vujudga keltirishni rejalashtirishda O‘zbekistonning ishtirokini kafolatladi.
O‘zbekistonning NATO bilan tinchlik yo‘lidagi hamkorligi bugungi kunda ham izchil davom etmoqda. Prezident I.A.Karimov 2011 yil yanvar oyida Bryusselga qilgan tashrifida NATO Bosh kotibi Anders Fog Rasmussen bilan uchrashib, O‘zbekiston va NATO ko‘p tomonlama munosabatlariga oid masalalar yuzasidan ochiq va konstruktiv tarzda fikrlar almashildi. Bu uchrashuv O‘zbekiston bilan NATO o‘rtasidagi o‘zaro anglashuvni mustahkamlash va samarali hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qildi.
O‘zbekiston bilan YEXHT (Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti) bilan hamkorligi ham o‘z samarasini bera boshladi. 1992 yil 26 fevralda O‘zbekiston YEXHT kengashining yakunlovchi hujjatiga imzo chekib, ikki o‘rtadagi hamkorliklar boshlandi. Mazkur hujjat imzolangan vaqtdan beri O‘zbekistonning Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti bo‘linmalaridagi ishtiroki tobora kengayib bormoqda. YEXHTning Markaziy Osiyo bilan aloqalari bo‘yicha Byurosi mintaqada barqarorlikni ta’minlash maqsadida mintaqadagi respublikalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yib olgani quvonarli holdir. Ushbu byuroning tashabbusi bilan Toshkentda YEXHTning “Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar”, “Ommaviy axborot vositalari demokratlashtirish sharoitida” mavzusidagi bir qator anjumanlari o‘tkazildi. Seminarlar Markaziy va Sharqiy Yevropada inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar faoliyatini rivojlantirish, xalq ta’limi va ommaviy axborot vositalarining inson huquqlari sohasidagi roli masalasini ko‘rib chiqdi. Bunday yig‘ilishlarda O‘zbekistonning ishtiroki tinchilikparvar tashqi siyosat yuritishida asosiy omil bo‘lib qoldi.
1996 yilda Lissabon shahrida YEXHTning sammiti bo‘lib, O‘zbekiston rahbariyati xavfsizlik doirasiga kiruvchi qarashlarini bayon etdi. Mazkur anjumanda Prezidentimiz yig‘ilish ishtirokchilariga Markaziy Osiyo mintaqasini yadrosiz zona, deb yana bir bor e’lon qildi. O‘zbekiston rahbariyatining mojarolar kuchayib borayotgan yerlarga qurol-yarog‘ yetkazib berishni to‘xtatish haqidagi fikri Lissabon uchrashuvining yakunlovchi hujjatiga kiritildi.
1999 yil 18-19 noyabr kunlari mazkur tashkilotga a’zo 54 mamlakat rahbarlarining Turkiyaning Istambul shahrida oliy darajadagi uchrushuvi bo‘lib, mazkur anjumanda ancha dolzarb muammolar, jumladan, Yevropada xavfsizlik va hamkorlikni mustahkamlashning asosiy tamoyillari ishlab chiqilgan edi. Yig‘ilishda O‘zbekiston rahbarining ma’ruzasi dunyo mamlakatlari iqtisodiy taraqqiyotini, fuqarolarning ijtimoiy turmush tarzini faqatgina xavfsizlik ta’minlagandagina amalga oshirish mumkinligiga qaratildi.
O‘zbekiston Prezidenti yig‘ilishda global ahamiyatga ega bo‘lgan terrorizmga qarshi markaz tuzish haqidagi taklifini kiritdi va turli qabih niyatdagilarga yordam berayotgan tishkilotlarni ildizi bilan yo‘qotish orqaligina mamlakatlar va xalqlarning xavfsizligini ta’minlash mumkinligini alohida ta’kidladi.
Insoniyat taraqqiyoti, barcha sohalarda kechayotgan globallashuv jarayonlar, sifat va tarkibiy o'zgarishlar xalqaro hamkorlik va aloqalarni yangi bosqichga ko'tarish barobarida har bir mustaqil mamlakatning ushbu holatlarga yangicha qarashga, ular bilan birga odim tashlash vazifasini ko'ndalang qo'ymoqda. Bu esa, eng avvalo, o'sha mamlakatning jahon miqyosidagi o'rni, xalqaro reyting va ko'rsatkichlarda tutgan mavqei bilan belgilanadi.
Prezidentimizning 2020-yil 2 iyunda qabul qilingan “O'zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o'rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish to'g'risida”gi farmoni yurtimizda bu yo'nalishda amalga oshirilayotgan ishlarni yangi bosqichga ko'tarishda muhim dasturilamal bo’ldi.
BMTning Sanoatni rivojlantirish tashkilotining -(YUNIDO) “Raqobatbardosh sanoat unumdorligi indeksi” bo'yicha hisoboti chop etildi. Unda mamlakatimiz ilk marotaba aks ettirilib, 152 ta mamlakat orasida 92-o'rinni, MDHga a'zo davlatlar orasida 5-o'rinni
Keyingi yillarda mamlakatimiz ko'pgina ustuvor reytinglarda yuqorilab borayotgani yurtimizda aholi turmush farovonligini oshirish, jamiyatimizda ochiqlik, oshkoralikni ta'minlash borasida qilinayotgan ezgu ishlarning muhim natijasidir.
Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida 2-o'rinni egalladi. Aytish kerakki, bugun jamiyatimizdagi islohotlarning bosh maqsadi xalqimizni rozi qilishdek ezgu maqsadga yo'naltirilmoqda.
Aholi yuritilayotgan siyosatdan qanchalik rozi bo'lsa, turli reyting va indekslardagi o'rnimiz o'z-o'zidan oshib boraveradi. Xususan, iqtisodiyotda davlatning rolini kamaytirish, makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash, iqtisodiy o'sish istiqbollarini yaxshilashga qaratilgan bosqichma-bosqich islohotlar 2020 yilda Jahon bankining
Biznes yuritish” indeksida 76-o'rindan 69-o'ringa ko'tarilishimizga,
“Transparency International”ning Korruptsiyani qabul qilish indeksi hamda “World Justice Project”ning Qonun ustuvorligi indeksida mamlakatimiz o'rni yaxshilanishiga olib keldi. Shu bilan birga, bu yo'nalishda hali qilinishi kerak bo'lgan vazifalar talaygina. Prezidentimiz farmoni asosida davlat organlari faoliyati natijadorligini oliy, ya'ni parlament darajasida nazorat qilish belgilanganidan maqsad — bu borada vazirlik va idoralar rahbarlarining mas'uliyatini oshirishdi.

Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillik yillarida strategik manfaatlarini takomillashtirib borib, dunyoning turli joylarida va ayniqsa, Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlikni mustahkamlash sohasida xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan faol hamkorlikni yoʻlga qoʻydi. Oʻzbekistonning jahon mamlakatlari bilan iqtisodiy integratsiyalashuvi milliy iqtisodiyot samaradorligini oshirishning muhim omili hisoblanadi, shuningdek, fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirishga, millatlar va elatlarning yaqinlashuviga, aholi turmush darajasini oshirishga yordam beradi.

Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillik yillarida strategik manfaatlarini takomillashtirib borib, dunyoning turli joylarida va ayniqsa, Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlikni mustahkamlash sohasida xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan faol hamkorlikni yoʻlga qoʻydi. Oʻzbekistonning jahon mamlakatlari bilan iqtisodiy integratsiyalashuvi milliy iqtisodiyot samaradorligini oshirishning muhim omili hisoblanadi, shuningdek, fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirishga, millatlar va elatlarning yaqinlashuviga, aholi turmush darajasini oshirishga yordam beradi.


Oʻzbekistonda iqtisodiy integratsiyani rivojlantirish siyosati avvalo, milliy iqtisodiyotning barqaror darajada oʻsishini ta’minlash hamda jahondagi taraqqiy etgan mamlakatlar qatoriga kirishiga yoʻnaltirilgan. Respublikamizda ijtimoiy yoʻnaltirilgan bozor munosabatlarini shakllantirish va rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror oʻsishini ta’minlash, yuqori sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqargan holda jahon bozorlarida mustahkam oʻrin egallash, pirovardida aholi turmush darajasini yuksaltirishga qaratilgan strategiya izchil amalga oshirilar ekan, bu maqsadlarga erishishda tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada takomillashtirishga alohida e’tibor berilmoqda. Tashqi iqtisodiy faoliyat deganda Oʻzbekiston Respublikasi davlatidoralarining, yuridik va jismoniy shaxslarining xorijiy davlatlar, ularning yuridik va jismoniy shaxslari, xalqaro tashkilotlar bilan oʻzaro foydali hamkorlik oʻrnatishga, bunday hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan jami amaliy harakatlari tushuniladi. Hozirgi vaqtda Markaziy Osiyo mintaqasida rejali iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga oʻtish yoʻlida tub ijtimony-iqtisodiy islohotlar amalga oshirilmoqda.
Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə