Mustaqil ishi O’ta yuqori chastotali mikroto’lqinli pechlarning umumiy ko’rinishi



Yüklə 9,05 Kb.
səhifə1/2
tarix30.12.2023
ölçüsü9,05 Kb.
#164366
  1   2
mikrotolqinli-pech

Farg’ona politexnika instituti KLT fakulteti MS va MSM kafedrasi 68-20 guruh talabasi Sharofiddinov Husniddinning o’lchash qurilmalari elementlari fanidan tayyorlagan

Mustaqil ishi

O’ta yuqori chastotali mikroto’lqinli pechlarning umumiy ko’rinishi

Elektr asbob tarkibida suvi bor jismlarga chastotasi 2450 mHz bo‘lgan nur mahsulot sirtiga tushib mahsulotni isitadi, issiqlik mahsulotlarning o‘zidan ajraladi, organik, mineral vitaminlar va ta’mi saqlanadi. Mahsulotning sirtidan 1,5–2,5 sm chuqurligigacha yutadi, o‘rtacha isitish tezligi 0,3–0,5 °C/soniyani tashkil qiladi. O‘ta yuqori chastota (O‘YCH) pechlari muzlagan mahsulotlarni eritish, pishirish, qovurish uchun mo‘ljallangan. Sanoatda esa yelimni, plasmassani eritish, sopolni pishirish va boshqa maqsadlarda foydalaniladi. O‘YCH pechning tarixi Birinchi bo‘lib O‘YCH pech amerikalik muhandis Persi Spenser tomonidan 1946- yilda kashf qilingan.

  • O’ta yuqori chastotali mikroto’lqinli pechlarning ichki qismining umumiy ko’rinishi
  • K1, K2, K3 – blokirobkalash kaliti; L – kamerani yoritish lampochkasi; K-time – taymer kaliti; DV – ventilator dvigateli; K-power – quvvatni sozlash kaliti; DT – dvigatel taymeri; KP – kontaktli rele; T – aylanish stolining dvigateli. O‘ta yuqori chastotali mikroto‘lqinli pech tarmoq kuchlanishi ~220 volt 50Hz bilan oziqlanadi, uni tarmoqqa ulaganda F1, R1, C1, LF1, LF2, C2, C3 elektr zanjiri orqali O‘YCHPning elektr sxemasiga uzatiladi, F1, R1, C1, LF1, LF2, C2, C3 elektr zanjiri tarmoq filtri vazifasini bajaradi. U sxemadagi yuqori chastotali radioxalaqitlarni so‘ndirish, tarmoqqa o‘tkazib yubormaslikni ta’minlaydi. Elektr zanjirdagi R1 O‘YCHP tarmoqdan uzilganda C1, C2, C3 kondensatorda qolgan zaryadni zaryadsizlaydi. F1 tarmoq saqlagichi 8–10 amperli bo‘lib, elektr zanjirda qisqa tutashuv bo‘lganda elektr sxemalarni saqlab qolish maqsadida o‘rnatiladi. FT1 termosaqlagich vazifasini bajaradi. U magnetronga o‘rnatilib, boshlang‘ich vaqtda uning kontaktlari qo‘shilgan holatda bo‘ladi, magnetron 80° issiqlik haroratdan oshganda uning kontaktlari ajralib, elektr zanjirni va magnetronni kuyishdan saqlaydi. Kontaktlar maxsus issiqqa ta’sir etadigan bimetalldan tayyorlangan bo‘ladi. U issiqlik ta’sirida ajraladi, soviganidan so‘ng elektr zanjirni qo‘shadi. Tarmoq filtri orqali K1, K2, K3 mikrokalitiga uzatiladi. Kalitlar O‘YCHPning eshigi ochilganda, ajralib yopilganda qo‘shiladi, xavfsizlikni ta’minlaydi, agarda eshik ochilganda magnetron ishlasa, inson organizmi nurlanadi, shuning uchun K1, K2, K3 kalitlar eshik ochilishi va yopilishida harakatga kelib, zanjirni ajratadi va qo‘shadi.
  • O’ta yuqori chastotali mikroto’lqinli pechlarning qismlarga ajratilgan holatdagi umumiy ko’rinishi

Yüklə 9,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə