Mustaqil ishi tekshirdi: Hosilmurodov I. Mavzu: Falsafada borliq haqidagi qarashlar Reja: Falsafada borliq Qadimgi Sharq falsafasi Qadimgi yunon falsafasi Noklassik borliq Xulosa o‘rnida



Yüklə 169,41 Kb.
səhifə1/3
tarix27.01.2023
ölçüsü169,41 Kb.
#99471
  1   2   3
Umrzoqova Sh


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILLIALI PSIXOLOGIYA FAKULTETI
IQTISODIYOT KAFEDRASI
41_21-GURUH TALABASI
UMRZOQOVA SHAHZODANING FALSAFA FANIDAN
MUSTAQIL ISHI


Tekshirdi: Hosilmurodov I.
Mavzu: Falsafada borliq haqidagi qarashlar
Reja:
Falsafada borliq
Qadimgi Sharq falsafasi
Qadimgi yunon falsafasi
Noklassik borliq
Xulosa o‘rnida

Borliq muammosini falsafiy anglab yetishga ilk urinishlar miloddan avvalgi birinchi ming yillikda vujudga kelgan qadimgi hind va qadimgi xitoy falsafalaridayoq kuzatiladi. Xususan, Vedalar (qadimgi hind tafakkurining ilk yodgorliklari) va ularga diniy-falsafiy sharhlar – Upanishadalarda yaxlit ma'naviy substansiya, o‘lmas jon haqidagi g‘oyalar, shuningdek dunyo haqidagi materialistik va ateistik tasavvurlar o‘z aksini topgan. So‘nggi zikr etilgan tasavvurlarga muvofiq butun borliqning negizini tabiiy asoslar – olov, havo, suv, yorug‘lik, makon, vaqt tashkil etadi. Qadimgi Hindiston mutafakkirlari borliq sirining tagiga yetishga harakat qilar ekanlar, quyosh tunda qaerga ketadi, yulduzlar kunduzi qayoqqa yo‘qoladi kabi savollarga javob topishga uringanlar va bu tasavvurlarni eng qadimgi kitob – Rigvedalarda aks ettirganlar.


Qadimgi Sharq falsafasi
Qadimgi Xitoy falsafasi avvalo ijtimoiy muammolarga qarab mo‘ljal olgani bois, unda inson borlig‘iga, shuningdek ijtimoiy borliqqa ko‘proq e'tibor berilgan. Ayni vqtda, tabiatning birinchi asoslari ham e'tibordan chetda qolmagan. Bu qiziqish, xususan, narsalar va hodisalarning butun rang-barangligini belgilovchi besh stixiya (suv, yer, daraxt, temir, olov) haqidagi ta'limotda o‘z aksini topgan. Keyinroq «O‘zgarishlar kitobi»da borliqning butun rang-barangligini tashkil etuvchi bunday birinchi asoslarning sakkiztasi qayd etiladi.
Xudolarning kelib chiqishi, ularning hayoti, ishlari, o‘zaro kurashi haqida hikoya qiladigan va shu tariqa qadimgi odamlarning dunyoning vujudga kelishi va evolyusiyasi haqidagi tasavvurlarini aks ettirgan kosmogonik miflar Suqrotga qadar avvalo tabiat falsafasi sifatida yuzaga kelgan va rivojlangan yunon falsafasining birinchi manbai bo‘lib xizmat qildi. Ilk yunon faylasuflari o‘z asarlarini odatda «Tabiat haqida» deb nomlaganlari, ularning o‘zlari esa naturalistlar, «fiziklar» deb atalishi bu fikrni tasdiqlaydi.
Sharq donishmandlari kabi, antik mutafakkirlarni ham borliqning manbalari qiziqtirgan. Qadimgi yunon falsafasi vujudga kelgan paytdan boshlab ular butun borliqning birinchi sababini mavjud voqyelikning o‘zidan izlaganlar, uni dam suv (Fales) yoki havo (Anaksimen) deb, dam hamma narsani boshqaradigan boqiy va cheksiz asos – «apeyron»(Anaksimandr taxminan mil. av. 611-545 yillar)deb tavsiflaganlar. Anaksimandr hatto jonli mavjudotlarning tabiiy kelib chiqishi g‘oyasini ilgari surgan. Uning fikricha, mazkur mavjudotlar dengiz suvida vujudga kelgan va suv o‘tlaridan paydo bo‘lgan. So‘ngra baliqsimon mavjudotlar quruqlikka chiqqan va ulardan odamlar rivojlangan. Shunga o‘xshash fikrlarni Ksenofan (mil. av. 580-490 yillar) ham ilgari suradi. U hamma narsa yer va suvdan vujudga keladi va rivojlanadi, hatto «biz ham yer va suvdan paydo bo‘lganmiz», deb hisoblaydi.
O‘sha davrning bosh falsafiy masalasi – «hamma narsa nima?» degan savolga javob berar ekan, Pifagor (mil. av. 580-500 yillar) «hamma narsa sondir», degan xulosaga keladi. U yerning sharsimonligi haqidagi g‘oyani birinchi bo‘lib ilgari suradi. Keyinchalik bu g‘oyani Parmenid (mil. av. 540-480-yillar) qo‘llab-quvvatladi va unga yozma ta'rif beradi. Parmenid faylasuflar orasida birinchi bo‘lib borliqni kategoriya sifatida tavsifladi va uni maxsus falsafiy tahlil predmetiga aylantirdi. U haqiqiy borliq mohiyatining o‘zgarmasligi haqidagi g‘oyani ilgari suradi. Parmenid fikricha, borliq paydo bo‘lmagan va u yo‘q ham bo‘lmaydi, chunki undan boshqa hyech narsa yo‘q va bo‘lishi mumkin ham emas. Borliq yagona (uzluksiz), harakatsiz va barkamoldir. U o‘z chegaralariga ega bo‘lib, «ulkan mutlaqo yumaloq Sharga» o‘xshaydi.
Parmenidning yagona, ajralmas, o‘zgarmas va harakatsiz borliq haqidagi ta'limoti ellinlar dunyosida shuhrat qozondi va eleatlar maktabi vakili bo‘lgan (samoslik) Melis «Tabiat yoki borliq haqida» deb nomlangan asarida borliq chegarasiz ekanligini qayd etadi. Uning fikricha, agar borliqning chegarasi borligini tan olsak, bu borliq yo‘qlik bilan chegaradosh ekanligini anglatadi. Biroq, hamonki yo‘qlik mavjud emas ekan, borliq ham chegarali bo‘lishi mumkin emas.


Yüklə 169,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə