Mustaqil ishi



Yüklə 22,46 Kb.
səhifə1/3
tarix01.04.2022
ölçüsü22,46 Kb.
#84944
  1   2   3
o\'zbek xalq ertaklari



Denov pedagogika kolleji

Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi 2-bosqich 3-guruh o’quvchisi

Xaydarova Shaxlo ning

Bolalar adabiyoti va ifodali o'qish”



fanidan tayyorlagan

MUSTAQIL ISHI

Mavzu: O`zbek xalq ertaklari va ularning tarbiyaviy ahamiyati

Reja:

  1. Ertak janri haqida umumiy ma'lumot.

2.“Qoplon va Tuyaqush” va “Turna va Tulki” ertaklari haqida.

Ertak janri haqida umumiy ma'lumot

So’z san'atining dastlabki namunalari insoniyat nutqi paydo bo’lishi bilan yuzaga kela boshladi. Ertak termini Mahmud Koshg’ariyning XI asrda yozilgan «Devonu lug’otit turk» asarida etuk shaklida uchraydi va biror voqeani og’zaki tarzda hikoya qilish ma'nosini bildiradi.



Ertak epigrafi, an'anaviy kirish qismi va boshlamasi ertakchining mahoratini baholashga xizmat qiladi, ular, asosan, saj' orqali yaratilgan bo'lib, ertak ohangdorligining jozibasini ta'minlaydi, ertakka ta'sirchanlik baxsh etib turadi.

O'zbek ertaklari a) sehrli -fantastik ertaklar; b) hayvonlar haqidagi ertaklar; v) maishiy-hayotiy ertaklar kabi ichki turlarga bo'linadi.

Hayvonlar haqidagi ertaklar. Hayvonlar haqidagi ertaklar qadim zamonlarda vujudga kelgan bo’lib, unda ibtidoiy tuzum davridagi insonning hayoti, mehnati, dunyoqarashi, tabiat haqidagi tushunchalari ifodalangan. Keyinchalik hayvonlar haqidagi ertaklarning bir qismi o’z ma'nosini yo’qotib, ko’chma ma'no kasb etdi - majoziy ertaklarga aylandi, ya'ni ba'zi qo’y, buzoq va echki singari hayvonlar orqali tadbirkor kishilar, bo’ri, tulki orqali ochko’z, yovuz, aldamchi, makkor kishilar obrazlari berilla boshladi.

Sehrli ertaklar. Sehrli ertaklarning yuzaga kelishi qadimiy tarixga ega bo’lib, ildizi boshlang’ich jamiyatga borib etadi. Ma'lumki, ibtidoiy inson noma'lum bo’lib ko’ringan tabiat hodisalari oldida talvasaga tushgan. Har qadamda uchraydigan xavf-xatarlar uning ruhiga ta'sir etgan. Ana shular dunyo haqida yuzaki mulohaza yuritishga va g’ayri tabiiy bo’lib ko’ringan hodisalarni o’zicha izohlashga majbur qilgan.


Yüklə 22,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə