Mustaqil O’zbekiston Respublikasining tashkil topishi va uning tarixiy ahamiyati



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə1/3
tarix30.03.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#103760
  1   2   3
Tarix 20.01.2023

Mustaqil O’zbekiston Respublikasining tashkil topishi va uning tarixiy ahamiyati

  • Bajardi: MMT 76-guruh talabasi Normurodov Shoxzod.

Reja:

1. O‘zbekiston davlat mustaqilligining e’lon qilinishi. Mustaqillik to‘g‘risida Referendum. 2. Mustaqillikning ilk davrida davlat suverenitetini mustahkamlash yo‘lidagi sa’y-harakatlar 3. Mustaqil O‘zbekiston davlatining yuzaga kelishi va mustahkamlanishida I.Karimovning tarixiy xizmatlari.

1. O‘zbekiston davlat mustaqilligining e’lon qilinishi. Mustaqillik to‘g‘risida Referendum

  • O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi, Ittifoqdagi vaziyatni oldindan ko`ra bilganligi va unga to`g`ri baho bera olganligi, shunda ko`rinadiki, SSSR tarkibiga kiritilgan respublikalar ichida birinchilardan bo`lib u 1990 yil 20 iyunda " Mustaqillik deklaratsiyasi"ni qabul qildi. O`sha davrda Ittifoqni tish-tirnog`i bilan saqlab qolishga intilayotgan qora kuchlar milliy nizolarni avj oldirish uchun barcha imkoniyatlarini ishga solgan. Buning misoli sifatida Farg`ona bilan Oshdagi voqealarni keltirishimiz mumkin. O`zbekistonni Mustaqilligining e'lon qilinishi va uning tinchliksevar mamlakatlar tomonidan tan olinib qo`llab-quvvatlanganligi O`zbekistonning tinch yo`l bilan o`z huquqini mustahkamlab olishida juda katta yordam berdi.

O`zbekistonning davlat mustaqilligiga erishishida, avvalo, 1990 yil 24 mart kuni Sobiq Ittifoq respublikalari ichida birinchi bo`lib Prezidentlik lavozimining joriy etilishi muhim ahamiyatga egadir. 1991 yil 31 avgust kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining sessiyasi chaqirilib, "Davlat Mustaqilligi to`g`risida Oliy Kengash Bayonot"i e'lon qilindi:

"O`tmishdan saboq chiqarib Ittifoqning siyosiy hamda ijtimoiy hayotidagi o`zgarishlarni e'tiborga olib, xalqaro-huquqiy hujjatlarda qayd etilgan o`z taqdirini o`zi belgilash huquqiga asoslanib, O`zbekiston xalqlarining taqdiri uchun butun mas'uliyatni anglab, shaxsning huquq va erkinliklari, mustaqil davlatlar o`rtasida chegaralarning buzilmasligi to`g`risidagi Xelsinki shartnomalariga qat'iy sadoqatni bayon etib, millati, diniy e'tiqodi va ijtimoiy mansubligidan qat'iy nazar, respublika hududida yashovchi har biri kishining munosib hayot kechirishini sha'ni va qadr-qimmatini ta'minlaydigan insonparvar, demokratik, huquqiy davlat barpo etishga intilib, "Mustaqillik Deklaratsiya"sini amalga oshira borib, O`zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashi O`zbekistonning davlat mustaqilligini va ozod suveren davlat – O`zbekiston Respublikasi tashkil etilganligini tantanali ravishda e'lon qildi".

  • "O`tmishdan saboq chiqarib Ittifoqning siyosiy hamda ijtimoiy hayotidagi o`zgarishlarni e'tiborga olib, xalqaro-huquqiy hujjatlarda qayd etilgan o`z taqdirini o`zi belgilash huquqiga asoslanib, O`zbekiston xalqlarining taqdiri uchun butun mas'uliyatni anglab, shaxsning huquq va erkinliklari, mustaqil davlatlar o`rtasida chegaralarning buzilmasligi to`g`risidagi Xelsinki shartnomalariga qat'iy sadoqatni bayon etib, millati, diniy e'tiqodi va ijtimoiy mansubligidan qat'iy nazar, respublika hududida yashovchi har biri kishining munosib hayot kechirishini sha'ni va qadr-qimmatini ta'minlaydigan insonparvar, demokratik, huquqiy davlat barpo etishga intilib, "Mustaqillik Deklaratsiya"sini amalga oshira borib, O`zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashi O`zbekistonning davlat mustaqilligini va ozod suveren davlat – O`zbekiston Respublikasi tashkil etilganligini tantanali ravishda e'lon qildi".

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə