Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida bozor munosabatlariga asoslangan milliy iqtisodiyot barpo etildi



Yüklə 4,75 Mb.
səhifə38/234
tarix31.12.2021
ölçüsü4,75 Mb.
#82376
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   234
Узбекистон иктисодиёти lat

Qisqacha xulosalar
1. O‘zbekiston yerosti va yerusti tabiiy resurslariga boy mamlakatlardan hisoblanadi. Bu boyliklar mustaqillikning iqtisodiy asoslarini mustahkamlashda, iqtisodiy barqarorlikka erishish, iqtisodiy o‘sish va yuksalishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib qolmoqda.

2. Tabiiy resurslar tiklanmaydigan va tiklanadigan turlarga bo‘linadi. Tiklanmaydigan, ya’ni ishlab chiqarilmaydigan tabiiy resurslarga asosan yerosti qazilma boyliklari hisoblanadigan mineral xomashyo resurslari kiradi. Shuning uchun ham ulardan maqsadga muvofiq foydalanish, qazib olish va qayta ishlash jarayonlaridagi yo‘qotishlarni maksimal kamaytirishning ahamiyati katta.

3. Tabiiy resurslardan pala-partish foydalanish ularning samaradorligini pasaytiradi, konlarning qashshoqlanib qolishiga olib keladi, ekologik muammolarni keltirib chiqaradi.

4. Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, faoliyatdagi konlar, quduqlar borgan sari chuqurlashib, yer qa’riga kirib boradi, ularni qidirib topish va ishga tushirish ekstremal zonalar – dasht, cho‘l, tog‘, dengiz ostiga ko‘chib boradi. Bu, o‘z navbatida, ularni qidirib topish va ishga tushirish ishlari xarajatlarining oshishiga olib keladi.

5. Qazilma boyliklarni xomashyo sifatida eksport qilishdan ko‘ra, ularni shu yerning o‘zida chuqur qayta ishlash katta ahamiyatga ega. Chunki bu yo‘l bilan xomashyo va tayyor mahsulot o‘rtasidagi «baholar qaychisi»ga yo‘l qo‘yilmaydi, ish bilan ta’minlash darajasi yaxshilanadi, ichki bozorni tovarlar bilan ta’minlash darajasi ortadi. Shu maqsadda O‘zbekistonda keyingi yillarda qator qayta ishlash, tog‘ rudalarini boyitish zavod va kombinatlari qurib ishga tushirildi, eskilari rekonstruksiya va modernizatsiya qilindi, diversifikatsiyalash va mahalliylashtirish jarayonlari kechmoqda, ularni malakali ishchi-mutaxassis kadrlar bilan ta’minlash yaxshilanmoqda.


Yüklə 4,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə