Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida bozor munosabatlariga asoslangan milliy iqtisodiyot barpo etildi



Yüklə 4,75 Mb.
səhifə2/234
tarix31.12.2021
ölçüsü4,75 Mb.
#82376
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   234
Узбекистон иктисодиёти lat

I bob
«O‘ZBEKISTON IQTISODIYoTI»

KURSIGA KIRISh
1.1. «O‘zbekiston iqtisodiyoti» kursining maqsad

va vazifalari
Ma’lumki, har qanday jamiyat faoliyatining strategik maqsadi aholi turmush darajasi va sifatini yuksaltirishdir. Turmush yoki hayot, yashash sifati – bu faqat pul daromadlari, hayot qiymatining oshishi emas. Shu bilan birga shaxsiy xavfsizlikni ta’minlash, iqtisodiy erkinlik, ratsional ovqatlanish, hammabop ta’lim, atrof-muhitni muhofaza qilish, uy-joy va maishiy sharoitlarning qulayligi ham yashash sifatini belgilab beruvchi muhim omillardan hisoblanadi. O‘zbekistonda ana shu maqsadga erishish imkoniyatlari, omillari, mexanizmi va yo‘llarini bilishga ana shu taklif etilayotgan o‘quv kursini puxta o‘zlashtirish orqali erishish mumkin.

Demak, kursni o‘zlashtirishdan maqsad – talabalarda O‘zbekistonda milliy iqtisodiyotning tarkib topishi va rivojlanishini nazariy va amaliy jihatdan o‘rganish, mamlakat iqtisodiyotining institutsional, tarmoq va hududiy tarkibi, resurslar salohiyati, iqtisodiy majmualari va ularni iqtisodiy, moliyaviy va ma’muriy boshqarish, xo‘jalik yuritishning ijtimoiy yo‘naltirilganligi, global iqtisodiyotga integratsiyalashuvini o‘rganish bo‘yicha bilim, malaka va ko‘nikmalarni shakllantirishdir.

Kursning asosiy vazifasi – talabalarni O‘zbekistonda ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan rejali iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o‘tishning zaruriyati, qonuniyatlari va natijalari, butun dunyoda tan olinib, yuksak rivojlanish darajasini ta’minlab kelayotgan «o‘zbek modeli»ning mazmun-mohiyati va maqsadi, mustaqil milliy iqtisodiyotning obyekt va subyektlari, xo‘jalik tizimi va turlari, harakatlantiruvchi kuchlari va imkoniyatlari, iqtisodiy o‘sishning ichki va tashqi omillari va bu jarayonda davlatning o‘rni masalalari, moliyaviy institutlar faoliyatini tahlil qilish orqali xulosalar chiqarishga o‘rgatishdan iborat.

Talabalarning mazkur kurs doirasida O‘zbekiston Respublikasi davlat rahbarlarining asarlarida keltirilgan ma’lumotlar, qoidalar va xulosalarni, mustaqillik yillarida mamlakatimizda iqtisodiyotga oid qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va mavzuga oid boshqa me’yoriy hujjatlarda ilgari surilgan maqsad va talablarni puxta o‘zlashtirishi, kelgusi faoliyatida samarali foydalanishlari hamda ijodiy yondashishlarini ta’minlash kursni o‘rganish oldida turgan muhim vazifalardir.



Yüklə 4,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə