Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida bozor munosabatlariga asoslangan milliy iqtisodiyot barpo etildi


«O‘zbek modeli» va iqtisodiy o‘sish



Yüklə 4,75 Mb.
səhifə9/234
tarix31.12.2021
ölçüsü4,75 Mb.
#82376
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   234
Узбекистон иктисодиёти lat

2.3. «O‘zbek modeli» va iqtisodiy o‘sish
Jahonda taraqqiyot modellari ko‘p. Ular o‘sha mamlakat tub aholisi nomi bilan ataladi. Masalan, nemis, shved, turk, yapon, koreys, xitoy, hind, o‘zbek va hokazo. Qaysi model to‘g‘risida gap bormasin, asosiy maqsad samarali iqtisodiyotni barpo etish, xalq turmush farovonligini yuksaltirishdan iborat. Biror-bir modelni tanlash pirovard maqsad ham emas. Model eng avvalo, mavjud tabiiy, ishlab chiqarish va buyuk aql-zakovatning amaldagi ifodasidir.

O‘tgan yillar mobaynida O‘zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy qiyofasi tubdan o‘zgarib, u xalqaro hamjamiyatda o‘zining munosib o‘rnini egalladi. Bugun O‘zbekiston iqtisodiyoti izchil, barqaror va jadal o‘sayotgan jahondagi juda kam sonli mamlakatlar safidan mustahkam o‘rin oldi. Ijtimoiy, madaniy sohalardagi erishilayotgan ulkan yutuqlar nufuzli xalqaro tashkilot va ekspertlar tomonidan e’tirof etilib, yuqori baholanmoqda.

Yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishning o‘sish sur’atlari global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz davrida ham barqaror bo‘ldi. Jumladan, Xalqaro valuta jamg‘armasi missiyasining bayonotida O‘zbekiston izchil o‘sishga erishganligi va global moliyaviy inqirozga qarshi muvaffaqiyatli choralar ko‘rayotganligi qayd etildi, shuningdek, o‘rta muddatli istiqbolda iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlari saqlanib qolishi haqida ijobiy prognoz berildi.

Bu o‘zbek modeli doirasida bozor iqtisodiyotining huquqiy asoslari, infratuzilmasi yaratilgani va tobora mustahkamlanayotgani, barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarning izchilligi ta’minlanayotgani samarasidir. Xomashyoni qayta ishlashga qaratilgan yuzlab, minglab yangi zamonaviy korxonalarning ishga tushirilishi mamlakatning industrial salohiyatini yuksaltirmoqda.

Jahonda umume’tirof etilgan rivojlanishning «o‘zbek modeli» hamda mamlakatda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi ustuvor yo‘nalishlarining izchil amalga oshirilishi samarasida, jahon iqtisodiyotida inqirozli holatlarga qaramay milliy iqtisodiyot o‘sishining yuqori sur’atlari, makroiqtisodiy muvozanat va barqarorlik ta’minlanib kelinmoqda.

Davlat budjeti ijrosi va tashqi savdo profitsiti, inflyatsiya va ishsizlik darajalarining prognoz ko‘rsatkichlaridan oshmayotganligi o‘zbek modeli ta’minlayotgan iqtisodiy o‘sish va yuksalishning aniq natijalaridir.

Taraqqiyotning o‘zbek modeli yuksak zamonaviy texnika va texnologiyaning mavjudligi, ishlab chiqarishning industrial tavsifi, rivojlanishda axborot texnologiyalarining o‘rni va ahamiyatining yuqoriligi, xizmat ko‘rsatish sohasining muttasil o‘sib borishi, iqtisodiy o‘sishning intensiv yo‘li ustuvorligi, iqtisodiyotning ochiqligi, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, raqobat muhitini yaratish, erkin tadbirkorlikka keng yo‘l ochish orqali bozor munosabatlarini chuqurlashtirish, iqtisodiyotning ijtimoiy yo‘naltirilganligi, xalq farovonligining izchil yuksalishi, milliy iqtisodiyotning global iqtisodiyot bilan integratsiyalashuvining kuchayishi tendensiyalari bilan tavsiflanmoqda.

O‘zbek taraqqiyot modeli qotib qolgan statik tushuncha emas, albatta. Uning xarakteri va shakl-shamoyillarini belgilaydigan asosiy tamoyillar saqlanib qolgan holda doimo vazifa va qoidalar bilan boyib, takomillashib boradi. Zero, hayot barcha tartib-qoidalarga tuzatishlarini kiritib boraveradi. Samolyot o‘zining modeliga to‘la mos kelishi kerak. Aks holda halokat yuz beradi. Iqtisodiy rivojlanish modeli esa unday emas. Borgan sari zamonaviylashib borayotgan jamiyat hayotining barcha jabhalarini modernizatsiyalash, ishlab chiqarishning tarkibiy tuzilishini diversifikatsiyalash, innovatsion texnologiyani izchil rivojlantirish, sanoat mahsulotlari yetkazib berishni yanada kengroq mahalliylashtirish – bozorga o‘tishga oid o‘zbek modelining mantiqiy davomidir.



Yüklə 4,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə