Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida bozor munosabatlariga asoslangan milliy iqtisodiyot barpo etildi


Kursni o‘rganish usullari va boshqa



Yüklə 4,75 Mb.
səhifə4/234
tarix31.12.2021
ölçüsü4,75 Mb.
#82376
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   234
Узбекистон иктисодиёти lat

1.3. Kursni o‘rganish usullari va boshqa

iqtisodiy fanlar bilan aloqalari
Har qanday fan tajriba va amaliyotdan kelib chiqib, o‘zining borliqni o‘rganish usullariga ega. «O‘zbekiston iqtisodiyoti» fan sifatida ijtimoiy-falsafiy va tabiiy (matematika) usullardan foydalanadi. Tahlil usullarining vazifasi – iqtisodiy jarayonlar va hodisalarning mohiyatiga kirib borish va ularni ochib berishdan iborat.

Bunga borliqni bilishning turli xil usullaridan foydalanish orqali erishiladi. Masalan, aniq (konkret)likdan abstraktlikka, yoki aksincha, tahlil va sintez, induktiv va deduktiv usullar, dialektik, formal, matematik logika, modellashtirish, tizimli yondashuv va boshqalar. «O‘zbekiston iqtisodiyoti» kursining aniq usullaridan yana muhimlari miqdor va sifat tahlilining birligi, xo‘jalik yuritishda umumiylik, o‘ziga xoslik va yagonalikning bir butunligidir.

O‘zbekiston iqtisodiyoti xo‘jalik subyektlarining fe’l-atvori orqali belgilanadigan ijtimoiy muhit, sharoit bilan bog‘liq. Ammo bu fan (kurs) abstrakt tushuncha va qoidalardan iborat emas. U quyidagi ko‘rsatkichlarda ifodalanadigan aniq raqam, iqtisodiy hodisa va tendensiyalarga asoslanadi:

– mutlaq o‘lchamda (miqdor ko‘rsatkichlari, ishlab chiqarish omillari hajmi ko‘rsatkichlari);

– nisbiy o‘lchamda (ulushi, hissasi, iqtisodiyotning o‘sish sur’atlari, qo‘shimcha o‘sish sur’atlari) ;

– o‘rtacha o‘lchamda (ishlab chiqarishning o‘rtacha yillik hajmi, mehnat unumdorligining o‘sish sur’atlari).

Iqtisodiy hodisalar statika va dinamikada tahlil qilinadi. Statika – o‘zgarmagan holat. Dinamika esa to‘xtovsiz harakat, bir sifat holatidan boshqasiga o‘tishni bildiradi. «O‘zbekiston iqtisodiyoti» kursi uchun dinamik tahlil to‘g‘ri keladi, chunki mustaqillikdan keyin milliy iqtisodiyot va bozor munosabatlari qaror topib, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda muttasil o‘sish kuzatilmoqda. Bu jarayonga industrial-axborot texnologiyalari, sanoat ishlab chiqarishni modernizatsiyalash mintaqaviy integratsiya va globallashuv kabi ichki hamda tashqi omillar o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda.

Bu kursning, boshqa ijtimoiy-gumanitar kurslardan sezilarli farqi shundan iboratki, o‘quv jarayonida olingan bilim, xulosa va takliflarning ishonchliligi xo‘jalik amaliyotida o‘z aksini topib boradi. Xodimlar yoki xo‘jalik subyektlari bilan bog‘liq iqtisodiy eksperimentlar tez-tez o‘tkazilib boradi.

«O‘zbekiston iqtisodiyoti» kursining asosi nazariy-iqtisodiy fanlar tizimi – «Iqtisodiyot nazariyasi», «Makro va mikro iqtisodiyot (ekonomiks)», «Institutsional iqtisodiyot» hisoblanadi.

Iqtisodiyot nazariyasi ishlab chiqarish va takror ishlab chiqarishning birlamchiligidan kelib chiqadi, mamlakat iqtisodiyotining dinamikasini ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari, iqtisodiy qonunlar o‘zaro ta’siri asosida ko‘radi. Shu bilan birga u milliy iqtisodiyotni boshqarish va tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar beradi.

Makro va mikro iqtisodiyot O‘zbekiston iqtisodiyoti faoliyati modelini makro-, mezo- va mikrodarajada davlat boshqaruvi bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi. Institutsional iqtisodiyot esa xo‘jalik subyektlari, kishilar faoliyatining me’yor va qoidalarini ochib beradi.

«O‘zbekiston iqtisodiyoti» o‘quv kursi sifatida nazariy iqtisodiy fanlarning yuqorida sanab o‘tilgan yo‘nalishlaridan o‘ziga zarur bo‘lgan qoida, xulosa va tavsiyalarni oladi. U milliy iqtisodiy tizim faoliyatining nazariy asoslari va rivojlanish qonuniyatlarini keng empirik materialdan foydalanish orqali yoritib berishi lozim.



Yüklə 4,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə