Boshqa fanlar bilan aloqasi



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə1/35
tarix28.12.2022
ölçüsü0,67 Mb.
#97966
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
M. U. Hamidova, maxsus pedagogika
7. KASALXONALAR XUDUDINI KO’KALAMZORLASHTIRISH, 7. KASALXONALAR XUDUDINI KO’KALAMZORLASHTIRISH

Maxsus pedagogika fanidan o’quv uslubiy majmua









MAXSUS PEDAGOGIKA FANINING PREDMETI, OB'EKTI, BOSHQA FANLAR BILAN ALOQASI

Ma’lumki bugungi kunda dunyo aholisining 2 milliard 170 ming nafarini bolalar tashkil qilsa, mamlakatimizda esa umumiy aholining 40 foizini 18 yoshgacha bo‘lganlar, ya’ni bolalar tashkil etadi. Bugungi kunga kelib mamlakatimizda bola huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan juda katta normativ-huquqiy hujjatlar bazasi shakllandi. Ayni paytda mamlakatimizda bola huquq va qonuniy manfaatlari sohasidagi munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Kodekslari, O‘zbekiston Respublikasining 36 qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 25 farmon va 24 ta qarorlari, 104 ta Vazirlar maxkamasining qarorlari, shuningdek, 68 ta idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinmoqda.


Bola huquqlarining milliy himoyasi ayni paytda inson huquqlarini xalqaro himoya qilishning tarkibiy qismi bo‘lib xisoblanadi. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi bola huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan ko‘plab xalqaro shartnomalarda ishtirok etib kelmoqda.
Inson huquqlari Butunjaxon deklaratsiyasi, Bola huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro Konvensiya kabi va boshqa xalqaro hujjatlarni ratifikatsiyalash va ularni milliy qonunchilikka implimentatsiya qilish yuzasidan Respublikamizda juda ko‘plab ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Xalqaro hujjatlar tizimida 1989 yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan qabul qilingan “Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya” aloxida e’tiborga ega. Mazkur hujjatda bola ega bo‘lishi lozim bo‘lgan va barcha bolaning huquq va qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan huquqlari o‘z ifodasini topgan. Xalqaro hujjatlarning milliy qonunchilikka implementatsiya qilinishiga misol sifatida mazkur Konvensiyaning ko‘plab normalarini o‘zida ifoda etgan xamda 2008 yilning 1 yanvaridan kuchga kirgan O‘zbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida” gi Konvensiyasini keltirishimiz mumkin. Xususan, mazkur qonunning 4-moddasida bola huquqlarini himoya qilish sohasida davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari sanab o‘tilgan bo‘lib, unga ko‘ra bola huquqlarini himoya qilish bo‘yicha davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash; bolaning xayoti va sog‘lig‘ini muxofaza qilish; bolaning kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik; bolaning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish; bolalar huquqlari va imkoniyatlarining tengligini ta’minlash; bola huquqlari kafolatlarining huquqiy asoslarini takomillashtirish; “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash; bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash xamda himoya qilish bo‘yicha davlat tashkilotlari va ularning mansabdor shaxslari faoliyatining ochiqligi va oshkoraligini ta’minlash va boshqalardan iboratligi mustaxkamlab qo‘yilgan.
Bola huquqlarini himoya qilishga oid qonunchilikning rivojlanishini shartli ravishda ikki bosqichga bo‘lgan holda o‘rganish mumkin. Bunda birinchi bosqich 1991-2000 yillarni o‘z ichiga qamrab oladi. Bu davrda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Oila kodeksi, Mehnat kodeksi, Fuqarolik kodeksi, “Yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari” to‘g‘risida”, “Ta’lim to‘g‘risida”gi, “Fuqarolar sog‘lig‘ini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi, “Nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonunlari, shuningdek qator boshqa qonunlar va hukumat qarorlari.
Ikkinchi guruh hujjatlariga 2008 7 yanvarda qabul qilingan “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”, 2008 yil 8 aprelda qabul qilingan” Bolalar mexnatining og‘ir shakllarini ta’qiqlash va yo‘q qilishga doir shoshilinch choralar to‘g‘risida”gi Konvensiyani ratifikatsiya qilish to‘g‘risida” va boshqa hujjatlarni kiritish mumkin.
Ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayotga oid chuqur o‘zgarishlar kundalik turmushimizga shiddat bilan kirib kelmoqda. Shu bilan birga, jamiyatimizda yuz berayotgan ijtimoiy, iqtisodiy o‘zgarish jismoniy va ruhiy nuqsonga ega bo‘lgan bolalarning ko‘payishiga ham sabab bo‘ladi. Bu sayyoramiz aholisining birdan o‘n qismini tashkil etadi. Umumjahon sog‘liqni ekologik saqlash tashkiloti ma’lumotlari dunyoda bunday kishilar soni 13%ga yaqinligidan dalolat beradi. Shundan 3% intellektida kamchiligi bo‘lgan bolalar, 10% turli ruhiy va jismoniy nuqsonga ega bolalardir. Mustaqil O‘zbekistonimizda nogironlar bolalikdan ijtimoiy himoya qilib kelinmoqda.

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2023
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə