Morfemika va so'z yasalishi slayd Reja I. Kirish Morfemika II. Asosiy qism

Yüklə 15,29 Kb.
səhifə1/5
tarix25.12.2023
ölçüsü15,29 Kb.
#161502
  1   2   3   4   5
morfemika va so\'z yasalishi slayd

Morfemika va so'z yasalishi slayd
Reja
I. Kirish
Morfemika
II. Asosiy qism
O’zak
Affikslar
So‘zni morfemalarga ajratishda
Affikslar va ularning turlari.
Affikslarning shakl va ma’no turlari.
O‘zak va affikslarning qo‘shilish tartibi.
III. Xulosa
IV. Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Morfemika so‘zning ma’noli qismlari haqidagi ta’limotdir. So‘zning eng kichik ma’noli qismi morfema deyiladi. Masalan, bog‘larimizning so‘zi quyidagi ma’noli qismlardan iborat: bog‘ - lar - imiz - ning. Morfemalarning har biri so‘z doirasida o‘ziga xos ma’no ifodolovchi birlikdir. Ularni yana bo‘laklarga bo‘linishi mazkur ma’nolarning yo‘qolishiga olib keladi. Demak, morfema so‘zning eng kichik bo‘linmas ma’noli qismidir. Morfemalar dastlab ikkiga bo‘linadi:1) o‘zak morfema; 2) affiks morfema.
O‘zak so‘zda albatta ishtirok etadigan nutqda yakka holda qo‘llanishi mumkin bo‘lgan va mustaqil lug‘aviy ma’no ifodalash xususiyatiga ega bo‘lgan morfemadir. Masalan, ishchi, ishla, ishchan, ishsiz so‘zlaridagi ish o‘zak morfemadir.

Affikslar (qo‘shimchalar) yakka holda lug‘aviy ma’no ifodalamay, o‘zakka qo‘shilib uning leksik yoki grammatik ma’nosini shakllantirishda ishtirok etadigan morfemadir. Masalan, ish, odam, daraxt kabi narsa nomini bildiruvchi o‘zaklarga - chi||ishchi, -garchilik||odamgarchilik, -zor||daraxtzor kabi affikslar qo‘shilishi bilan mazkur so‘zlarning lug‘aviy ma’nolari; ularga ish+ning, odam+lar+dan, daraxt+lar+imiz kabi affikslar qo‘shilishi bilan esa so‘zlarning grammatik ma’nolari shakllangan.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə