Morfemika va so'z yasalishi slayd Reja I. Kirish Morfemika II. Asosiy qism



Yüklə 15,29 Kb.
səhifə2/5
tarix25.12.2023
ölçüsü15,29 Kb.
#161502
1   2   3   4   5
morfemika va so\'z yasalishi slayd

So‘zni morfemalarga ajratishda so‘z tarkibidagi ma’noli qismlarning hozirgi tilda leksik yoki grammatik ma’noni vujudga keltirishi nuqtai nazaridan yondashiladi. Xususan, o‘zak sifatida ajratiladigan qism, bugungi tilda ma’noga ega bo‘lishi, bu ma’no turli qo‘shimchalar asosida shakllangan o‘zakdosh so‘zlar bilan bog‘lana olishi lozim. Masalan: yig‘+im, yig‘+iq, yig‘+ma, yig‘+in+di kabilar. Affiks sifatida ajratiladigan qism esa turli o‘zaklarning leksik va grammatik ma’nolarini shakllantirishda ishtirok eta olish, ya’ni takror qo‘llanish xususiyatiga ega bo‘lishi lozim. Masalan: ter+im, o‘r+im, bos+im kabi. Shu bois ba’zi so‘zlar tarkiban o‘zak va affiks morfemadan iboratdek ko‘rinsa ham, ular qismlarga ajratilganda takrorlanuvchi ma’noga ega bo‘lmasa, bitta ma’noli qism hisoblanadi. Masalan: quloqchin, tirik so‘zlarini quloq+chin, tir+ik kabi ma’noli qismlarga ajratib bo‘lmaydi. Shuningdek, tarixan ikkita ma’noli qismdan iborat bo‘lib, hozirgi paytda ma’noli qismlar tushunarsiz holga kelib qolganda ham bunday so‘zlar bitta morfema sifatida baholanadi: bugun (bu+kun), yuksak (yuk+sa+k), qattiq (qat-iq).


Affikslar va ularning turlari. Affiksal morfemalar vazifasiga ko‘ra quyidagicha turlarga bo‘ladi: 1) so‘z yasovchilar; 2) so‘z o‘zgartuvchilar; 3) shakl yasovchilar.
Ba’zi manbalarda affiksal morfemalarning vazifasiga ko‘ra ikki turi farqlanadi: 1) so‘z yasovchi; 2) shakl yasovchi kabi. Shakl yasovchilar esa o‘z navbatida a) lug‘aviy shakl yasovchilar; b) sintaktik shakl yasovchilarga ajratiladi. (Qarang:N.Mahmudov, A. Nurmonov va boshqalar, Ona tili. 6-sinflar uchun darslik.)
1. So‘z yasovchi affikslar o‘zakka qo‘shilib, yangi ma’noli so‘z hosil qiladi.Ular ko‘pincha bir turkumdagi so‘zdan boshqa bir turkumga mansub yangi so‘z yasaydi: yoz, qish – ot || yozgi, qishki - sifat || ish, qon–ot || ishla, qonat-fe’l || supur, o‘r–fe’l || supurgi, o‘roq - ot. Shuningdek, ular bir turkum doirasida so‘zlar yasashi ham mumkin: -chi: ishchi, xizmatchi, payvantchi || - bon: bog‘bon, darvozabon kabi. So‘z yasovchi affikslar o‘zakka birdan ortiq qo‘shilishi va yangi - yangi so‘zlar hosil qilishi mumkin: bog‘ + bon + lik, ter+im+chi+lik. Bunday yasalish, odatda, negiz asosida yasalish hisoblanadi. Xullas, so‘z yasovchilar o‘zakning lug‘aviy ma’nosini yangilovchi marfemalar bo‘lib, tilning Leksik qatlamini boyitadi.

Yüklə 15,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə