Morfemika va so'z yasalishi slayd Reja I. Kirish Morfemika II. Asosiy qism



Yüklə 15,29 Kb.
səhifə4/5
tarix25.12.2023
ölçüsü15,29 Kb.
#161502
1   2   3   4   5
morfemika va so\'z yasalishi slayd

1. Omonim affikslar shakli bir xil bo‘lib, ma’no va vazifasiga ko‘ra bog‘lanmaydigan qo‘shimchalardir. Omonim affikslar qo‘shimchalarning vazifasiga ko‘ra turlari doirasida quyidagi ko‘rinishda uchraydi: 1) so‘z yasovchilar doirasida: -ki: tepki-ot yasovchi, kechki-sifat yasovchi; 2) shakl yasovchilar doirasida: -ish: oqish-sifatning daraja shakli, tortish-fe’lning harakat nomi shakli;
3) so‘z o‘zgartuvchilar doirasida: -ng: olmang-egalik qo‘shimchasi, bording-tuslovchi qo‘shimcha; 4) so‘z yasovchi va shakl yasovchilar doirasida: -ma: bo‘g‘ma- (ilon) sifat yasovchi, qatlama -ot yasovchi, ketma – fe’lning bo‘lishsiz shakli; 5) so‘z yasovchi va so‘z o‘zgartuvchilar doirasida:-im: qultum-ot yasovchi, kitobim-egalik qo‘shimchasi. Ba’zan o‘zakdosh so‘zlar ham omonim affiks qabul qilib shakldoshlikka ega bo‘lishi mumkin. Masalan, qatla fe’liga so‘z yasovchi va shakl yasovchi omonim qo‘shimcha –ma qo‘shilishi bilan qatlama (ot) , qatlama (fe’lning bo‘lishsiz shakli) kabi shakldosh so‘zlar hosil bo‘ladi.
2. Sinonim affikslar shaklan har xil umumiy ma’nosi bir xil bo‘lgan qo‘shimchalardir. Masalan: -li\-dor: unumli-unumdor. Affikslar sinonimligi qo‘shimchalarning vazifasiga ko‘ra barcha turlari doirasida uchraydi: a) so‘z yasovchilarda:-siz\-no ma’nodoshligi asosida: o‘rinsiz - noo‘rin, -li/-ser ma’nodoshligi asosida: g‘ayratli - serg‘ayrat; b) shakl yasovchilarda: -ish\ -imtir ma’nodoshligi asosida: oqish-oqimtir, -qar\-kar\-qaz\-kaz ma’nodoshligi asosida: qutqar - qut+qaz, o‘tkaz-o‘tkar, -lar\ ish ma’nodoshligi asosida kelishdi-keldilar; v)so‘z o‘zgartuvchilarda: -ning\-dan ma’nodoshligi asosida: mehmonlar +ning|| +dan kattasi.
3. Antonim affikslar bir-biriga zid ma’noli qo‘shimchalardir. O‘zbek tilida qo‘shimchalarning zid ma’noligi boshqa yondosh hodisalarga nisbatan ancha kam uchraydi. Ular ko‘proq sifat yasalishida ko‘zga tashlanadi. Masalan: kuchli- kuchsiz, mazali – bemaza, g‘ayratli-serg‘ayrat.
4. Ko‘p ma’noli affikslar birdan ortiq leksik va grammatik ma’noni shakllantiruvchi qo‘shimchalardir. Masalan, - chi qo‘shimchasi: temirchi (asosdan anglashilgan kasbga ega bo‘lgan shaxs oti), hasharchi, ijarachi, pudratchi (o‘zakdan anglashilgan faoliyat ishtirokchisi bo‘lgan shaxs oti) kabi yasama so‘zlardagi - chi ko‘p ma’nolidir. Affikslarning ko‘p ma’noligi shakl yasovchi va so‘z o‘zgartuvchilarga ham xos hodisadir. Xususan,-lar affiksining bolalar – sof ko‘plik ma’nosida, unlar- tur, nav ma’nosida, dadamlar - hurmat ma’nosida ishlatilishi, ularning nutqiy ko‘p ma’noligidan dalolat beradi.
O‘zak va affikslarning qo‘shilish tartibi. Affikslarning o‘zakka qo‘shilish tartibi ham o‘ziga xoslikka ega. Xususan, so‘z tarkibida ma’noli qismlar joylashishining odatdagi tartibi asosan, o‘zak yoki negiz+ so‘z yasovchi+shakl yasovchi+so‘z o‘zgartuvchi shaklida bo‘ladi. Masalan: qishloq+dosh+lar+imiz, qo‘riqla+di+k. O‘zakka so‘z yasovchi qo‘shimcha qo‘shilishi bilan negiz hosil bo‘ladi. Masalan: ter+im, quri+q, tinch+i (moq) kabilar negizdir. Agar so‘z tarkibida birdan ortiq so‘z yasovchi qo‘shimcha ishtirok etsa, u holda negizning chegarasi oxirgi so‘z yasovchi qo‘shimcha bilan belgilanadi. Masalan: bil+im+don+lik yasalmasida bilimdonlik negizdir. Demak, odatdagi tartibga ko‘ra shakl yasovchi va so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimchalar so‘zning o‘zak qismiga (bil+di+m) yoki negiziga (bil+im+lar+dan // bil+im+don +lig+i+ni) qo‘shilishi mumkin.
Ba’zan, affiks morfemalarning odatdagi tartibida o‘zgarishlar yuz berishi ham mumkin. Bunday o‘zgarishlar ko‘pincha uslubiy talablar yoki sheva ta’sirida yuzaga keladi: aka+m+lar - aka+lar+i+im, ko‘r+di+ng+lar - ko‘r+di+lar+ing. Ayrim hollarda yasovchi qo‘shimcha shakl yasovchi va so‘z o‘zgartuvchidan keyin qo‘shilib yangi ma’noli so‘z hosil qilishi mumkin: uka+lar+im+cha (bo‘lolmaysan), tort+in+choq, kuy+in+chak (kishi) kabi.
Bunday holat affiks shaklidagi yuklamalar va qo‘shimchalarning o‘zakka qo‘shilishida ham kuzatiladi. Masalan, bola+m+gina so‘zida –gina urg‘usiz bo‘lib, ajratish ma’nosini anglatadi, mazkur yuklama bilan shakldosh bo‘lgan otlardagi erkalash qo‘shimchasi –gina esa o‘zakka odatdagi tartibda qo‘shiladi: bola+gina+m.

Yüklə 15,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə