Mutaxassislik terminlarining uch tilli lug’atini tuzish. 1-mavzu: kirish. Pedagogning kasbiy nutqi kasbiy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida reja


Mavzu yuzasidan mashqlar va topshiriqlar



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə61/97
tarix23.12.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#155170
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   97
Mutaxassislik terminlarining uch tilli lug’atini tuzish. 1-mavzu-fayllar.org

Mavzu yuzasidan mashqlar va topshiriqlar:
Berilgan ta’riflar qaysi atamalarga tegishliligini aniqlab izohni to‘ldiring.
1. Qonun bilan taqiqlangan, jazoga loyiq ijtimoiy xavfli harakat yoki harakatsizlik.
2. Davlat hokimiyati oliy organi tomonidan belgilangan tartibda qabul qilinadigan hujjat.
3. Shaxsning biror davlatga mansubligi.
4. Insonning aniq maqsadga yo‘naltirilgan foydali faoliyati.
5.Vafot etgan shaxsning mulkini o‘z qarindoshlari va boshqa yaqin kishilari ixtiyoriga o‘tishi.
6.Ayblanuvchiga jazo berish yoki uni oqlash to‘g‘risida chiqarilgan sud qarori.
7.Bitim, ko‘p tomonlama xalqaro shartnoma.
8.Umumxalq fikrini bilish.
1-mashq Gaplarni ko‘chiring. Rasmiy-idoraviy uslubga xos so‘z va grammatik shaklli birikmalarning vazifasini izohlang.
1. Fuqarolar O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrashga majburdirlar (O‘zR Konstitutsiyasi, 49- modda).
2. Davlat tili rasmiy amal qiladigan doiralarda o‘zbek adabiy tilining amaldagi ilmiy qoidalari va normalariga rioya etiladi («Davlat tili haqida» Qonun, 7- modda). 3. Shu yil 28- oktabr kuni soat 14.00 da «Davlat tili haqida»gi Qonun tasdiqlangan kun munosabati bilan adabiy-badiiy anjuman o‘tkaziladi. 4. O‘zbekiston Res-publikasining Davlat bayrog‘i O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o‘tkazilgan VII sessiyasida 1991- yil 18- noyabr kuni tasdiqlangan. 5. Yotoqxonada yashovchilar belgilangan tartib-intizom va tozalikka rioya qilmagan taqdirda yotoqxonadan chiqariladi. 6. Betobligim haqidagi tibbiy ma’lumotnoma ilova qilinadi. 7. Abror Rasulov marketing bo‘limi boshlig‘i vazifasiga tayinlansin.
2-mashq. O‘zbek xalqi haqida aytilgan quyidagi fikrlarni o‘qing, daftaringizga ko‘chirib oling. O‘zbeklar va ularning tili, bu tilning jahon tillari orasida tutgan o‘rni to‘g‘risida fikr yuriting.
O‘zbek — jahon xalqlari orasidan birinchilardan bo‘lib, turkiy xalqlar o‘rtasida esa eng oldin o‘troqlashgan, madaniy turmush kechiruvchi, jahon sivilizatsiyasiga hissa qo‘shgan millatdir. («Jahon qomusiy lug‘ati»)O‘zbek o‘g‘lonlari botir bo‘lur. (Abdurauf Fitrat) Qadimgi Gretsiya Yevropada sivilizatsiya o‘chog‘i sifatida qanday o‘rin tutgan bo‘lsa, O‘zbe­kiston va o‘zbek xalqi Osiyoda, butun turkiy o‘lkalar va barcha turkiy xalq­lar tarixida xuddi shunday o‘rin egallaydi. (C.A) O‘zbekning fe’l-atvori barchaga ayon: u yerni, tabiatni sevadi. Do‘ppisida suv tashib bo‘lsa-da, daraxt ko‘kartiradi. O‘zbek tom ma’noda bunyodkordir. (I.A.Karimov)
Uyga vazifa. Xalqaro tashkilotlar haqida ma’lumot va xalqaro tashkilotlardan birining faoliyati haqida taqdimot tayyorlash.



Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə