N a m a n c a n d a V l at universitkti viaxkamon q o d I r j o n o d I i j o n o V i c h d I n s h u n o s L i k


bo’layotgan yaxshi va yomon voqea-hodisalar sabablari odamlar uchun



Yüklə 4,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/79
tarix02.02.2023
ölçüsü4,01 Mb.
#100040
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   79
Dinshunoslik. Maxkamov Q

bo’layotgan yaxshi va yomon voqea-hodisalar sabablari odamlar uchun
noma’lum bo’lganligi uchun ana shu sabablar ilohiyotdan qidirilgan,
shunga muvofiq keladigan mifologik obrazlar, rivoyatlar to’qilgan. Shu
tariqa ilohiyotning oliy obrazlari-xudolar to’g’risida, ma’budalar haqida
tasavvurlar paydo bo’lgan.
Politeizm, ya’ni grekchada poli-ko’p, teos-xudo - ko’p xudolik dini
quldorlik davrining klassik dini edi. Siyosiy hokimiyat, hukmron
tabaqalar, quldor zodagonlar, sarkarda-lar, podsholar siyosatiga va
ijtimoiy mavqeiga mos keladigan xudolar va ilohiy homiylar ham
to’qilgan. Natijada Osmon, Quyosh, yulduz, yorug’lik va zulmat, oy, yil
20


fasllari, suv, shamol, o’rmon, tog’, bo’ran, dengiz, Er osti, dehqonchilik,
uzumchilik, o’tloqlar, hayvon va o’simliklar, urush, adolat, omad, oila,
muhabbat, go’zallik xudolari, ma’budalari, bosh xudolar, yaxshilik,
yovuzlik xudolari kabi ko’pdan ko’p xudolarga sig’inish vujudga
kelgan.
Qadimgi greklar dini (xristian dinigacha bo’lgan davrlardagi)
politeizm - ko’p xudolikning klassik namunasi-dir. Osmon egasi, bosh
(pontion) xudo Zevs qadimgi greklaming oliy xudosi edi. Uning ukasi
Poseydon dengizlar xudosi edi, yana bir ukasi Aid er osti xudosi,
Zevsning rafiqasi (xotini) Gera er-xotinlikning homiysi edi. Ares - urush
xudosi, Afina - donolik ma’budasi, Apollon - Quyosh xudosi va san’at
homiysi, Artemida - Oy ma’budasi va ovchilik homiysi, Dionis -
uzumchilik, vinochilik va ayshu ishrat, hosil, dehqonchilik xudosi edi.
Grek xudolarining “hayot yo’lini” o’zlarining hayot yo’lidan kam farq
qiladi. Masalan, grek jangchilari jang oldidan Xudo - Aresga sig’inib

Yüklə 4,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə