N a m a n c a n d a V l at universitkti viaxkamon q o d I r j o n o d I i j o n o V i c h d I n s h u n o s L i k



Yüklə 4,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/79
tarix02.02.2023
ölçüsü4,01 Mb.
#100040
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79
Dinshunoslik. Maxkamov Q

Tayanch iboralar:
Totemizm, Animizm, Fetishizm, politeizm, 
magiya, m a’budlar, Rim xudolari, Zevs, Afliya, Aid, Set, Poseydon, 
tumor.
O ’zbekiston o ’z mustaqilligini e ’lon qilgach, dastlab milliy 
m a’naviy tiklanishi siyosatini amalga oshira boshladi. Xususan, 
demokratik va insonparvar jamiyat qurayotgan O ’zbekistonda diniy 
e ’tiqod erkinligi amalga oshirildi. Juda ko’plab masjidlar, madrasalar
diniy maktablar, uyushmalar va jam oalar vujudga keldi, ko’plab diniy 
adabiyotlar chop etilmoqda, diniy bayramlar, marosimlar, urf-odatlar 
tiklanib, amal qilmoqda. Bu m a’naviy yangiliklar xalqimizning 
ruhiyatiga (psixologiyasiga) ijobiy ta’sir ko’rsatdi. 
“Xalqimizda 
b o’layotgan o ’zgarishlarning ildizi, - deb yozgan edi Birinchi 
prezidentimiz Islom Karimov, - xalqimizning m a’naviy uyg’onishidadir. 
Ona tilimizning azaliy haq-huquqlari tiklangani, haqiqiy o ’zbekona urf- 
odatlarimizning hayotdan o'rin olayotgani ham odamlar kayfiyatiga 
ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda. O ’zbekistonda o ’zlikni anglash boshladi. 
Milliy N avro’z bayramimizni (iklangani, hayitlar tiklangani savobli 
ishlar bo’ldi” 1
Jamiyat hayotida din o ’ziga hos funksuyani bajaradi. Bugungi 
kunda xalqimizning ko’nglini ko'tarishda, uning qaddini rostlashda
1 И Каримов. У )бекистон келажаги буюк давлат "Учбскистон” 1992 й. -Б.б-7.
4


ko ’pchilik din vakillari, yuzlab imom- xatiblar davlatimizga yaqindan 
yordam bermoqdalar, ular xalqni birlashtirishni, o ’zaro nizo va 
nifoqlardan yiroq turishni targ’ib etmoqdalar.
“Dinshunoslik” fanining 
maqsadi
talabalarga dinning falsafiy, 
nazariy, tarixiy va amaliy xususiyatlarini o ’rgatishdir. Modomiki, ming 
yillardan buyon mavjud bo’lgan turli dinlar, diniy dunyoqarash, urf- 
odatlar mavjud ekan, bu jahon xalqlarida dinga ehtiyoj mavjudligini, 
dinning 
odamlar 
uchun 
foydasi 
hadsiz 
ekanligini 
ko’rsatadi. 
“Dinshunoslik”ning maqsadi din to’g ’risidagi ob’ektiv haqiqatni 
tushuntirib, izohlab berishdir. “Dinshunoslik”ning mazmuni dinlarning 
falsafiy, nazariy jihatlarini ochib berish, dinlar tarixini yoritib berish, 
dinlarning ijtimoiy funktsiyalarini turli jihatda tushuntirishdir.
“Dinshunoslik” fani orqali talabalar ahloqan va m a’naviy 
jihatlardan o ’z ongini kengaytiradilar; ular dunyo voqea va hodisalariga, 
jamiyatdagi murakkab 
insoniy munosabatlar mohiyatini 
yanada 
sinchkovroq bo’lib tushunadilar; ular dinlarning jamiyat hayotida tutgan 
o ’mini yaqqolroq anglab etadilar; o ’zlarida iymon-e’tiqod erkinligiga 
ongliroq munosabatni shakllantiradilar, ya’ni bu fanning talabalar 
dunyoqarashi uchun ahamiyati beqiyos.
“Muayyan dunyoqarash, dunyoni anglash nuqtai-nazaridan ifoda 
etilgan g ’oyalar, dasturlar, ahloq-odob maromlari aqlli odam ishonchi 
(imoni) ga aylansa qadrlanadi, e’zozlanadi. Imonli odam o ’z ixtiyori 
bilan qabul etgan g ’oyalar, timsollarni muqaddas bilib, hayotini ularsiz 
tasavvur eta olmaydi, och, yalang’och qolishga, barcha mahrumliklarga, 
hatto o’limga ham rozi bo’ladi, ammo o ’z iymoniga xilof keladigan 
xatti-harakatlarga yo’l qo ’ymaydi”2.

Yüklə 4,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə