N. Bekmirzayev \'jj& notiqlik san’ati asoslari


(eramizdan awalgi 384—322-yillar)



Yüklə 5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/105
tarix28.11.2023
ölçüsü5 Mb.
#135210
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105
Notiqlik san\'ati asoslari. Bekmirzayev N

(eramizdan awalgi 384—322-yillar)
Markaziy Osiyoda Arastu nomi bilan mashhur bo'lgan Aristotel 
eramizdan awalgi 384-yilda Stag‘irda (Makedoniya yarirri oroli) 
shifokor oilasida dunyoga keldi. Uning otasi Nikomax podsho 
Aminti II saroyida shifokorlik qilgan.
A ristotel 17 yoshida A finaga keladi va bu yerda o ‘z 
zamonasining mashhur olimlarilan b o ‘lgan Platonga shogird 
tushadi. Platonning vafotidan so'ng Aristotel 347-yili Afinadan 
Troad tomon o‘tib, Assosga boradi. Chunki bu yerda ustozning 
tarafdorlari ko‘p edi. Unga, ayniqsa, zo‘ravon, zolim Germiy 
homiylik qiladi. Aristotel Germiy vafotidan so‘ng Lesbos yarim 
orolidagi Mitilen shahriga ko'chib o ‘tadi va u yerda 342-yilgacha 
yashaydi. 342-yili Makedoniya podshosi Filipp o‘zining Aleksandr 
ismli 13 yoshli o‘glining tarbiyasi uchun Aristotelni Mitilendan 
chaqirib oladi. Bu yerda u falsafa maktabini ochadi va katta 
kutubxona tashkil qiladi.
Shu davrda Gretsiyada chiroyli so‘zlashga qiziqish kuchayib 
ketgan edi. N atijada qator notiqlik maktablari ochiladi. Bu 
maktablardan so‘z san’ati ustalari yetishtirib chiqardi. Keyinchalik
22


chiroyli so‘zlash haqidagi qo‘llanmalar maydonga keldi. Shunday 
asarlardan biri Aristotelning «Ritorika» nomli kitobidir. Buyuk 
olim uni mashhur «Poetika» nomli asaridan so‘ng, ya’ni eramizdan 
oldingi 330-yillarda Afinaga so‘nggi marta qaytib kelganda yozgan 
edi.
M a’lumki, ungacha Anaksimon, Lampsak ham «Ritorika» 
nomli qo'llanma yaratgan edi. Bu ikki asar bir-biriga tamoman 
o ‘xshamaydi. Ularning birinchisi qo'llanm a bo‘lsa, ikkinchisi 
chiroyli so‘zlash nazariyasi bo'yicha ilmiy mulohazalardan iborat.
Aristotelning «Ritorika»si uch kitobdan tashkil topgan. Asaming 
birinchi va ikkinchi kitoblari, asosan chiroyli so‘zlash, ishontirish 
uslublari haqidagi fikr va mulohazalardan iborat bo‘Isa, uchinchi 
kitobida nutq mantiqiga juda katta ahamiyat beriladi. Olimning 
fikricha, notiq tilidagi turli «qorishmalar», ya’ni so‘zlarning noto‘gri 
va noto'rin talaffuz qilinishi, jumlalaming mantiqan har xil tuzilishi 
so‘zlovchining katta xatosidir. Aristotel har bir jumlaning asosiy 
fikmi ifoda etishga qaratilishi, ravon va tinglovchi tushunadigan 
darajada sodda bo‘lishini talab etadi. U notiqning hissiyot bilan 
so'zlashi mulohaza yuritayotgan fikrning tinglovchi qalbiga tez 
yetishida muhim omil bo‘lishini alohida uqtiradi. Bundan tashqari, 
Aristotel notiqning auditoriyani o‘ziga jalb etishi uchun hazil- 
mutoyiba so‘zlar bilan lirik chekinish qilib, tinglovchilarni 
hayajonlantira bilishi zarurligini, agar turli ko‘rgazmali qurollardan 
foydalansa, har xil epitet, chog‘ishtirish va metofaralami qo‘llasa, 
nutqining ta’sirchanligi yanada oshishini, ammo keltirilgan misollar 
ko'payib ketib, tinglovchini zeriktirib qo‘ymasligi kerakligini ham 
ta’kidlaydi.
Arsitotel notiqlik san’atini egallashni 5 qismga bo‘lib o‘rgatadi:
Materialni kashf etish (har tomonlama tayyorlash).
Materialni joylashtirish shakli (rejasi).
Materialni eslab qolish (o‘zlashtirish).
Materialni socz yordamida to ‘g‘ri aks ettirish.
Materialni to ‘g‘ri talaffuz etish.
Aristotelning fikrlari hozirgi kunda ham o ‘z qimmatini saqlab 
kelmoqda.
23


Demosfen

Yüklə 5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə