N. I. Ibragimov, M. N. Musayev, B. A. Abidov, B. A. Muxamedgaliyev loyihalash asoslari va ekologik ekspertiza


«LOYIHALASH ASOSLARI УА EKOLOGIK EKSPERTIZA» FANINING MAZMUN УА MOHIYATI



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə3/92
tarix22.03.2024
ölçüsü0,7 Mb.
#180838
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92
Loyihalash asoslari va ekologik ekspertiza-www.fayllar.org

«LOYIHALASH ASOSLARI УА EKOLOGIK EKSPERTIZA» FANINING MAZMUN УА MOHIYATI
Oliy o‘quv yurtlarida «Loyihalash asoslari va ekologik ekspertiza» fani bakalavriat va magistratura ta’lim yo‘nalishlari bo'yicha mutaxassislarni tayyorlashda davlat ta’lim standartlari asosida tuzil- gan o‘quv rejada keltirilgan umummetodologik va umum- muhandislik fanlaridan mutaxassislik fanlarini o‘zlashtirishda muhim o‘rin tutadi.
Kimyo, neft kimyosi, neft va gazni qayta ishlash va sanoatning boshqa tarmoqlarida texnikaviy qayta qurollanishni respublikamiz sharoitidan kelib chiqqan holda qisqa muddatda amalga oshirish va kadrlarga bo‘lgan ishlab chiqarish talablarini qondirish uchun korxonalar bilan mutaxassis kadrlar tayyorlash darajasi o‘rtasida uzulishga barham bermoq kerak. Oliygohlarning asosiy vazifasi talabalarga fundamental ta’lim berish va aniq amaliy faoliyatga tayyorlashdan iboratdir. Bu o‘z o‘rnida bitiruvchi talabalarni ilmiy- texnikaviy taraqqiyotda faol qatnashishlari uchun tayyor turishlariga imkon yaratadi hamda ularni yuqori texnologik madaniyatli bo‘lishlariga, mashina va apparatlami yangi konstruksiyalarini yaratish qobiliyatiga va ishlab chiqarishni yangilashda qatnashishlariga yo‘l ochib beradi.
«Loyihalash asoslari va ekologik ekspertiza» fanini o‘qitishdan maqsad talabalarga sanoat korxonalarini loyihalash asoslari to‘g‘risida tushuncha berish, loyihalash usullariga o‘rgatish, loyiha turlari, korxonalarni texnologik qismini loyihalash, texnik-iqtisodiy asoslash hujjatini tuzib chiqish hamda qabul qilinayotgan yangi texnika va texnologiya materiallari, buyumlari, loyihalari, texnologik jarayonlami davlat ekologik ekspertizasini tashkil qilish va o‘tkazish haqida chuqur bilim berishdir.
Fanni o‘qitishning asosiy vazifasi talabalarga qurilayotgan, rekonstruksiya va texnikaviy qayta qurollanishga tegishli loyiha oldi va loyiha-smeta hujjatlarining tarkibi, atrof-muhitni ifloslovchi va unga ekologik salbiy ta’sir ko'rsatuvchi korxona loyihalariga ham tabiiy, ham texnologik, ham iqtisodiy, ham ekologik tomonidan baho berishni hamda tahlil qila bilishni, ekologik kriteriyalar va standartlar haqida tasawurga ega bo‘lishni, loyihalashda muhandis-ekologik izlanishlarning asosiy maqsad va vazifalarini bilishni, loyihalanayotgan ishlab chiqarish obyektlarini ekologik va texnik-iqtisodiy asoslab berishni, obyektlar tomonidan ekologik ekspertizaga taqdim etiladigan hujjatlarni va ulardan foydalanishni bilishni, ekologik ekspertizadan o‘tgan loyihalarning kamchiliklarini tahlil qila bilishni, loyihalarni ekologik ekspertizaga topshirish tartib va qoidalarini bilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishni o‘rgatadi. Bundan tashqari, talabalar loyihalashda jarayonlarning texnologik qurilmalar bilan jihozlashning ilmiy prinsiplarini tushunish, qurilma va inshootlarning texnik-iqtisodiy tavsiflarini tahlil qilish, baholash va eng optimal qurilmani tanlash, jarayonlar samaradorligini va tejamkorligini oshirish omillarini aniqlash, energiya va resurslar hamda mahsulot tannarxini kamaytirish yo‘llarini bilishlari kerak.
Umuman loyihaning sifati va uni qanday saviyada bajarilganligi korxonalarning texnik darajasini belgilab beradi. Shuning uchun har qanday ishlab chiqarishni loyihalayotganda eng yaxshi ilg'or texnik qarorlarni qabul qilinsa, uning ham iqtisodiy, ham ijtimoiy samaradorligi yuqori bo‘ladi.
Kelajakda sanoat korxonalarini loyihalashda loyihaga chiqindisiz texnologiyalarni va aylanma suv tizimlarini joriy qilinsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi, chunki ekologik toza korxonalarni loyihalash, yaratish va ekologik toza mahsulot ishlab chiqarish atrof-muhit muhofazasida juda katta ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə