N. I. Ibragimov, M. N. Musayev, B. A. Abidov, B. A. Muxamedgaliyev loyihalash asoslari va ekologik ekspertiza



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə2/92
tarix22.03.2024
ölçüsü0,7 Mb.
#180838
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92
Loyihalash asoslari va ekologik ekspertiza-www.fayllar.org

ISBN 978-9943-319-75-2
© 0‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2009
KIRISH
0‘zbekiston Respublikasi ishonch bilan mustaqil rivojlanish yo‘lidan borib, huquqiy demokratik davlat barpo etish maqsadida ulkan ishlarni amalga oshiryapti.
Bu ulkan vazifalarni bajarishda Vatanimiz xalq xo‘jaligi uchun malakali, yetuk mutaxassislar ham zarurdir.
Shu o‘rinda aytish mumkinki, davlatimiz tomonidan «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ning qabul qilinishi ta’lim tizimida bir qator islohotlarni amalga oshirishni talab etadi va shu tizimda mehnat qilayotgan olimlar hamda respublikamiz oliygohlarida faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilar oldiga katta ma’suliyat yuklaydi.
Hozirgi kunda respublikamiz makroiqtisodiy va moliyaviyjihatdan barqarorlikka erishish bilan birga, strukturaviy o‘zgarishlar dasturi asosida ishlab chiqarishni yangilash va texnikaviy qayta jihozlash, yangi tarmoqlarni shakllantirish kabi ishlarni amalga oshirib, kelajakda iqtisodni dinamik o‘sishiga barqaror shart-sharoitlar yaratish borasida kerakli poydevomi yaratayapti.
Iqtisodiy islohotlarni olib borish bilan birga, 0‘zbekiston xalqaro mehnatni taqsimlash afzalliklaridan maksimal tarzda foydalanishga, o‘z ishlab chiqarishini zamonaviy texnologiyalar bilan yangilashga, eksportga qaratilgan va raqobatbardosh sanoatni mustahkamlash va keyingi rivojlanishini ta’minlashga qaratib, chet-el investitsiyasini olib kirishga qulay shart-sharoitlar yaratayapti.
0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni yuqorida keltirilgan fikrimizning yaqqol dalilidir.
Ushbu farmonga binoan, xo‘jalik subyektlari tomonidan ishlab chiqarishni muntazam modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash, uni yuqori sifatli, raqobatbardosh, eksportga yo‘naltirilgan mahsulot ishlab chiqishni ko'paytirish imkonini beradigan ilg‘or zamonaviy uskunalar bilan ta’minlashga qaratilgan samarali rag‘batlantirish tizimini yaratish asosiy maqsadlardan biri deb belgilab qo‘yilgandir («Xalq so‘zi», 2007-yil 15-mart).
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, katta loyihalarni amalga oshirishda va bunday qulay sharoitlardan foydalanishda kadrlarni tayyorlash masalasi katta ahamiyat kasb etadi. Shu o‘rinda «Loyihalash asoslari va ekologik ekspertiza»si fanining oliygohlarda o‘qitilishi muhim ahamiyat kasb etib, talabalarga ixtisoslik fanlarini chuqur o'zlashtirishni, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish va loyihalashning me’yoriy hujjatlar tizimini, loyiha- konstruktorlik ishini tashkil qila bilishni, hamda loyihalanayotgan, faoliyat olib borayotgan ishlab chiqarishni va texnologik jarayonlarni ekologik ekspertizasini o‘tkazishni o‘rgatadi.
Sanoat korxonalarini loyihalash, loyiha va konstruktorlik ishlarini tashkil etish, qurilishni smeta qiymatini aniqlash, loyihani texnik- iqtisodiy asoslash, loyihaga atrof-muhitni muhofaza qilishda qo‘yiladigan talablar va ekologik ekspertiza prinsiplari hamda loyihani atrof-muhitga ta’sirini baholash yo'llari va usullari mazkur darslikning asosini tashkil etadi.
So‘nggi 5—10 yil orasida respublikamizda kimyo, neft va gazni qayta ishlash, neft kimyosi va boshqa sanoat tarmoqlarida katta o‘zgarishlar yuzberdi. Ayniqsa, 0‘zbekiston neft va neft mahsulotlarini chetdan import sifatida keltirilishini tugatib, 1995-yili energoresurslari mustaqilligiga erishdi. 1991—2004-yillar mobaynida yurtimizda sanoat tarmoqlari strukturasini zamonaviylashtirish, uni texnikaviy jihozlash va qayta yangilash, neft va gazni qazib olish hajmini jadallashtirish kabi muhim ishlar qilindi.
1997-yili Ko‘kdumaloq konida kompressor stansiyasi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi ishga tushirildi. 2000-yili Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi rekonstruksiya qilindi. 2001-yili Markaziy Osiyo regionida yagona bo‘lgan yirik Sho‘rtan gaz-kimyo kompleksi foydalanishga topshirildi.
Bunday buyuk o'zgarishlar Vatanimiz xalq xo‘jaligining boshqa soha va tarmoqlarida ham yuz berdi.
Bu yangilanish va o'zgarishlarni hozirgi kunda va yaqin kelajakda amalga oshirish uchun yuqori saviyadagi mutaxassis kadrlar kerak bo'ladi, chunki o‘z kadrlarimizga suyangan holda loyihalarni ishlab chiqish va ularni qurish ishlarini olib borish respublikamizning taraqqiyoti uchun o‘ta muhimdir.
Yuqoridagi fikr va mulohazalardan kelib chiqqan holda sanoatning barcha tarmoqlarida bo‘layotgan yangiliklar va o‘zgarishlar «Loyihalash asoslari va ekologik ekspertiza»si fanini yuqori darajaga ko‘tarilishiga sababchi bo‘ladi.
Bakalavriat va magistratura mutaxassisliklari uchun taqdim etilayotgan darslik ushbu fanning tasdiqlangan dasturiga asosan tuzilgan bo'lib, talabalarning umum muhandislik va maxsus fanlaridan olgan bilimlarini hisobga olgan holda yaratilgandir.
«Loyihalash asoslari va ekologik ekspertiza»si darsligining kirish qismida fanning mazmun vn mohiyati, kelib chiqishi, rivojlanishi va asosiy terminologik tushunchalar va ularning mazmuni keltirilgan.


  1. qismida loyihalash asoslari, loyiha huijatlarini ishlab chiqishning tartibi va tarkibi to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar, qurilish turlari va xarakteri, loyiha konstruktorlik ishlarini tashkil etish, qurilishning smeta qiymatini aniqlash yo‘llari, korxonalarni loyihalash texnologik qismini tuzish va texnik-iqtisodiy asoslash, ishlab chiqarishni va korxonani materiallar oqimi sxemasini hamda material balansini tuzish, elektron hisoblash texnikasini balans sxemalarini hisoblashda qo‘llash, loyihalami tuzishda kompyuter texnologiyasi dasturlaridan foydalanish, atrof- muhitni muhofaza qilishda ishlab chiqilayotgan loyihalarga qo‘yiladigan talablar berilgan.


  2. qismida ekologik ekspertizaning asosiy tushunchalari, qonunchilik va me’yoriy asoslari, prinsiplari, yangi texnologiya, texnika va materiallami ekologik asoslash va baholash, ekologik ekspertizani tashkil etish va o‘tkazish tartibi, uning shartlari, turlari, «Boshdavekoeks- pertiza» boshqarmasi tizimi, ekologik ekspertiza qilish obyektlari, atrof- muhitga ta’simi baholash tushunchalari, prinsiplari, uning bosqichlari, atrof-muhitga ta’sirni va ekologik oqibatlar to‘g‘risida bildirish hujjatlari, ekologik ekspertizaga taqdim etiladigan hujjatlar majmuasi, ekologik ekspertiza xulosasining strukturasi va unga qo‘yiladigan talablar keltirilgan.

Har ikkala qismga tegishli bo‘lgan mavzular bo‘yicha talabalarning mustaqil ravishda bajaradigan masala va misollar namunalari va ularni yechish yo‘llari keltirilgan.



Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə