N. I. Ibragimov, M. N. Musayev, B. A. Abidov, B. A. Muxamedgaliyev loyihalash asoslari va ekologik ekspertiza


Atrof-muhitga ta’simi baholash to‘g‘risida bildirish — AMTBTB (ZVOS)



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə5/92
tarix22.03.2024
ölçüsü0,7 Mb.
#180838
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92
Loyihalash asoslari va ekologik ekspertiza-www.fayllar.org

Atrof-muhitga ta’simi baholash to‘g‘risida bildirish — AMTBTB (ZVOS) — asosan loyihaga kiritilgan tadqiqotlar yoki izlanishlar natijasini dastur asosida tahlili, atrof-muhit holatiga aniqlik kiritilgan xarakteristika, jamoatchilik fikrini eshitish natijasi tahlili, ko‘rilayotgan obyektni atrof-muhitga ta’sirini konkret maydon sharoitida baholash, hududning ekologik xaritasi (kartasi), ekologik vaziyat nuqtai nazaridan va u bilan bog‘liq bo‘lgan oqibatlar yuzasidan avariya holati tahlili.
Baho — bahoni o‘rnatish yoki baholash harakati.
Geografik axborot tizimi GAT (GIS) — fazoviy muvofiqlashtirilgan ma’lumotlarni yig‘ishni ta’minlovchi, saqlovchi, ishlov beruvchi, ma’lumotlarga kiruvchi, aks ettiruvchi va tarqatuvchi axborot tizimidir.
Konstruktor — mashina, inshoot, konstruksiyalarni (metall, temir- beton va h.k.), sanoat tarmoqlari va shu kabilarning loyihasini tuzuvchi yoki ishlab chiquvchi mutaxassisdir.
Konstruksiya — murakkab inshoot, mexanizm va shu kabilarning yoki ularning tayyor qismi, tuzilishi, turlari v. h.k.
Loyihalash (lotinchadan olingan projects, ya’ni oldinga tashlangan ma’noni anglatadi) — loyihaniyaratishjarayoni: prototipini (timsolni), obrazni, ehtimol qilinayotgan, mumkin bo‘lgan obyektning modelini, materialni, tabiatni qo‘riqlash tizimini (sxemasini) yaratish va shunga o‘xshash.
Loyihani ekologik asoslash — taklif etilayotgan loyihani amalga oshirishda yuz berishi mumkin bo'lgan ekologik oqibatlaming yo‘qligini isbotlash va teskarisi, xo‘jalik yuritish va insonlar hayoti uchun sharoitlarni yaxshilash. Loyihani ekologik asoslash oldindan natijasini bilishga va birlamchi (loyiha oldi) ekologik ekspertizasini o‘tkazishga asoslanadi yoki tayanadi.
Loyihani iqtisodiy-ekologik baholash — loyihani ekologik ekspertizasi tadbirlaridan biri bo‘lib, tabiiy resurslarga, qurilish obyektlariga, qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligiga va insonlar sog‘ligiga ta’sir ko‘rsatadigan bo‘lajak xo‘jalik faoliyati aksiyasini pul yoki ballarda baholash.
Me’yor (lotinchada norma — boshqaruvni boshlanishi, qoida, namuna ma’noni anglatadi) — qonuniy o‘rnatilgan, majburiy tan olingan tartib, o‘rnatilgan o‘lchov, o‘rtacha miqdor bo‘lib, atrof- muhit muhofazasi sohasida atrof-muhit sifatini me’yorlash va davlat standartlarini ishlab chiqish.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə