N. I. Ibragimov, M. N. Musayev, B. A. Abidov, B. A. Muxamedgaliyev loyihalash asoslari va ekologik ekspertiza



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə9/92
tarix22.03.2024
ölçüsü0,7 Mb.
#180838
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   92
Loyihalash asoslari va ekologik ekspertiza-www.fayllar.org

Ekologik me’yorlash (EM) - tabiatni qo‘riqlash va undan samarali foydalanishga yo‘naltirilgan ilmiy va huquqiy faoliyatdir.
Ekologik standart (ES) — tabiiy jarayonlar yoki tabiiy obyektlaming miqdoriy va sifat holati (ko‘rsatkichi).
Ekologik pasport (sanoat korxonasi) — ishlab chiqarishni atrof- muhitga ta’sirini aniqlaydigan va korxonaning tabiiy resurslardan foydalanish to‘g‘risidagi ma’lumotlarini o‘z ichiga olgan texnik — me’yoriy hujjatdir.
Ekologik oqibatlar — yashash muhitini, insonlar hayot faoliyati sharoitlarini va landshaft biotalarini yomonlashuviga olib keluvchi yuz bergan yoki uzoqlashgan o‘zgarishlar.
Ekologik audit — ekologik auditorlar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda o‘tkaziladigan, atrof tabiiy muhit holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan, ishlab turgan korxonalar va boshqa obyektlarni mustaqil ekologik ekspertiza qilish.
1-QISM. LOYIHALASH ASOSLARI
Loyihalash deganda ma’lurn bir kapital qurilish lozim bo‘lgan, yangi sanoat mahsulotini yaratish kerak bo‘lganda amalga oshiriladigan loyiha, konstruktorlik va boshqa texnologik hujjatlarni ishlab chiqish tushuniladi. Loyiha hisob-kitob, chizma, model, maket, reglament, instruksiyalami va shu kabi boshqa ma’lumotlarni o‘zida jamlab, kerakli sifatdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish maqsadida sanoat obyektlarini yaratish uchun tayyorlanadi.
Loyihada quyidagi tadbirlar ko‘zda tutilgan:
  1. Yerlardan samarali foydalana olish va tabiatni asrash;


  2. Yoqilg‘i-energetik va material resurslarni samarali va tejab ishlatish;


  3. Material va xomashyoni kompleks ishlatish;


  4. Ishlab chiqarishda chiqindisiz texnologiyani joriy etish.


Chiqindisiz texnologiya — bu shunday ishlab chiqarishki, bunda


xomashyo va energiya yopiq siklda ishlatiladi, ya’ni xomashyo resurslari
ishlab chiqarish -» ehtiyojni qondirish -> ikkilamchi resurslar zanjirining yopiq sikli amalga oshriladi. Shunday qilib, atrof-muhitga ajraladigan chiqindilar va iste’molda bo‘lgan, eskirgan mahsulotlar ikkilamchi material resursi sifatida qayta ishlab chiqarishga qaytariladi va ularning atrof-muhitga zararli ta’siri bo‘lmaydi.
Chiqindisiz texnologiyani yaratishning quyidagi asosiy yo‘nalishlarini ko‘rsatish mumkin:
  1. Mahsulot ishlab chiqarish uchun xomashyoni kompleks qayta ishlashga va energiyani samarali ishlatishga asoslangan yangi prinsipial texnologik jarayonlarni joriy etish va yangi samarali ishlaydigan qurilmalarni kiritish.


  2. Material oqimlarni yopiq strukturada ishlatishga asoslangan hududiy ishlab chiqarish komplekslarini ishlab chiqish va yaratish, bunda chiqindilarni ajralishi sodir bo‘lmaydi yoki ajralganda ham ekologik bezarar ko‘rinishda bo‘ladi va atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi.


  3. Alohida ishlab chiqarish va material oqimlarning ketma-ket va retsirkulyatsion sistemalarini ishlab chiqish, hamda yopiq suv-gaz aylanma sistemalarini yaratish.


  4. Ikkilamchi material resurslarini qayta ishlash texnologiyasini yaratish, bunda olingan mahsulot iqtisodiy jihatdan samarali bo‘ladi.


0‘zining ishlatish muddatini o'tab bo‘lgan mahsulotlar va buyumlar iste’mol chiqindilari deb ataladi.


Xalq xo‘jaligida hosil boMadigan ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilari ikkilamchi material resurslariga kiradi (IMR). Agar IMRlar xalq xo'jaligida qayta ishlatiladigan bo‘lsa, ular ikkilamchi xomashyo deb yuritiladi.
Loyihalashda tarmoq normativlari asosida IMRlarni aniq normilari aniqlanadi. Bunda oqava suvlarva chiqindi gazlami tashlanishini norma talablariga javob beradigan miqdorgacha yetkazish lozim.
Yangi texnologik jarayonlarni ishlab chiqishda muhandis- loyihachi loyihalashning barcha bosqichlarida faol qatnashadi, awalambor boshlang‘ich ma’lumotlarni to‘plashda tadqiqotchi bilan birga ish boshlaydi. Loyihani bajarishda ilm-fan texnikaning yangi erishilgan yutuqlari e’tiborga olinishi lozim. Tovar mahsulotlarni ishlab chiqish uchun ko‘pincha etalon loyihalar tayyorlangan bo‘ladi. Etalon loyiha iqtisodiy jihatdan samarali loyiha bo‘lib, bunda xomashyo->ishlab chiqarish-Hste’molchi->IMR-> qayta ishlash yopiq zanjiri mujassamlangan bo‘lib, unda deyarli chiqindi ajralmaydi, yoki ajralsa ham ekologik jihatdan bezarar bo‘ladi. Yangi ishlab chiqarishlarni loyihalashtirilayotganda etalon loyihalardan foydalangan holda chiqindisiz va kam chiqindili texnologiyalar joriy etiladi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə