N. I. Ibragimov, M. N. Musayev, B. A. Abidov, B. A. Muxamedgaliyev loyihalash asoslari va ekologik ekspertiza


Loyiha hujjatlarini ishlab chiqishning tartibi va tarkibi to‘g‘risidagi umumiy ma’Iumotlar



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə10/92
tarix22.03.2024
ölçüsü0,7 Mb.
#180838
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   92
Loyihalash asoslari va ekologik ekspertiza-www.fayllar.org

Loyiha hujjatlarini ishlab chiqishning tartibi va tarkibi to‘g‘risidagi umumiy ma’Iumotlar. Bizning respublikamizda loyihalash davlat loyiha tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu tashkilotlar maxsus va tarmoq turlariga bo‘linadi. Loyihalashning asosiy texnologik qismini loyihalashtiruvchi tarmoq tashkiloti bosh (general) loyihachi sanaladi, loyihaning qolgan qismlarini loyihalashtirish uchun maxsus loyiha tashkilotlari jalb qilinadi.
Loyiha oldi ishlaridan oldingi asosiy ish — bu qurilish obyekti (yo‘li) uchun maydon tanlashdir. Maydonni tanlash mas’uliyati buyurtmachi zimmasiga yuklatiladi. General (bosh) loyihachi tanlagan maydonda turli muhandislik tekshiruvlari va qidiruv ishlarini amalga oshiradi, lozim bo‘lganda maxsus va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarini ham yordamga chaqiradi.
Muhandislik tekshiruv va qidiruv ishlarida tanlangan maydondagi oqava suvlar uchun kanalizatsiyali quvur sistemasi bor-yo‘qligi, shamolning asosiy yo'nalishlari, hosil bo‘lgan chiqindilami qayta ishlash imkoni borligi, qattiq chiqindilarni uzoq vaqt saqlash maydonlari bor-yo‘qligi va shu kabilar ko'rib chiqiladi.
Loyihalashtirilayotgan korxona, odatda, qishloq-xo‘jalik ekinlariga yaroqsiz bo'lgan yerlarda joylashtiriladi, bunda ajraladigan zararli tashlamalar ruxsat etilgan tashlanmalar me’yori darajasida bo‘lishi, yerlarni rekultivatsiya qilish imkoni borligi ham e’tiboiga olinadi.
Shunday qilib, loyihachi loyihani tayyorlash ishlarida qatnashgan holda davlatning yer, tabiiy boyliklari, suv, o‘rmon, sog‘liqni saqlash haqidagi barcha qonunlarini to‘liq bilishi va undan to‘g‘ri foydalana olishi kerak.
Mazkur obyekt uchun to‘plangan material va bajarilgan hisoblar, tasdiqlangan bosh reja (gen. plan) sxemasi, tanlangan maydonning tasdiqlangan akti va boshqa hujjatlar asosida loyiha buyurtmachisi bosh loyihachini jalb qilgan holda loyiha uchun topshiriq tayyorlaydi. Ushbu topshiriq tarkibida:
  • mazkur tanlangan obyektni loyihalash uchun asos;


  • qurilish haqida ma’lumot (yangi, rekonstmksiya, kengaytirish, texnik qayta jihozlash);


  • qurilish maydonchasi va punkti (rayoni)ni ko‘rsatish;


  • ishlab chiqarishning hajmi va mahsulot nomenklaturasini belgilash;


  • ishlab chiqarish birlashmasining tarkibiga kiruvchi loyihalashtirilayotgan korxona (inshoot)ni xo‘jalik va ishlab chiqarish nuqtai nazaridan kooperatsiyalash haqida ma’lumot;


  • sanoat tarmog‘i tarkibida loyihalashtirilayotgan korxona- (inshoot)ni joylashtirish shartlari haqida ma’lumot;


  • texnologik sxema, ishlab chiqarishni tashkil etish uslubi haqida ma’lumot;


  • loyihada ilmiy-texnik yangiliklami ishlatish haqida topshiriq;


  • atrof-muhitni himoya qilishda boshlang'ich tadbirlarni ishlab chiqish bo‘yicha nizomlar;


  • yer uchastkalarini qayta tiklash va keyinchalik qayta ishlatish holatiga qaytarish bo‘yicha tadbirlar;


  • xomashyo, material, eneigetik resurslami avaylab ishlatish, ishlab chiqarish chiqindilarini va energetik ikkilamchi resurslarni utilizatsiyalash bo‘yicha tadbirlar;


  • qurilishni boshlanish va tugatish muddatlari haqida ma’lumot;


  • alohida komplekslarni ishga tushirish navbati haqidagi talablar va shu kabi tadbirlar topshiriqda jamlanadi. _


Loyiha hujjatlarining sifati asosan topshiriqdagi ma’lumotni to‘liqligiga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun buyurtmachi tasdiqlangan topshiriq bilan birga tadqiqot materiallarini, yangi texnologik jarayon va qurilmani yaratish bilan bog‘liq ilmiy-tekshirish hisobotlarini, suv havzalarining nazorati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, atmosfera va yer nazorati to‘g‘risidagi va shu kabi boshqa ma’lumotlarni ham birga topshiradi. Loyiha-smeta hujjati loyihalash uchun tasdiqlangan topshiriq asosida tayyorlanadi va unda loyihalashni necha bosqichda olib borish ko‘rsatiladi:


1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə