N. I. Ibragimov, M. N. Musayev, B. A. Abidov, B. A. Muxamedgaliyev loyihalash asoslari va ekologik ekspertiza



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə13/92
tarix22.03.2024
ölçüsü0,7 Mb.
#180838
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   92
Loyihalash asoslari va ekologik ekspertiza-www.fayllar.org

Loyihalashni tashkil qilish. Neftni qayta ishlash va neft kimyosi korxonalarini loyihalash neftni qayta ishlash korporatsiyasining davlat loyihalash institutlari tomonidan olib boriladi. Loyihalash ishlariga boshqa vazirliklaming loyihalash institutlari ham taklif qilinadilar.
Loyiha-smeta hujjatlar buyurtmachisi. LSH buyurtmachisi sifatida davlat tashkiloti bo‘lib, unga yangi korxonalarni qurish uchun, yer uchastkalari va ishlab turgan korxonalarni qayta jihozlash uchun kapital mablag1 sarflash huquqi berilgan bo‘ladi.
Buyurtmachi sifatida birinchi boshlang‘ich davrda, odatda, korporatsiya turadi. Yangi qurilayotgan korxona uning nazoratida bo‘ladi. Loyiha ishlab chiqilib tasdiqlangandan so‘ng yangi qurilayotgan korxonaning direksiyasi tuziladi va buyurtmachining funksiyalari unga beriladi. Loyiha-smeta hujjatlarining keyingi bosqichlari qurilayotgan korxonaning direksiyasi tomonidan beriladi. Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, buyurtmachi ham loyiha ishlarida faol qatnashadi, loyihalash uchun texnik yo‘nalishlarini kuzatadi va LSH tayyor boMgan qismlarini qabul qilib oladi.
Davlat loyihalash instituti. Kapital qurilish, eskirgan korxonalarni yangilash, kengaytirish, yangisini qurish ishlari uchun kerak bo'lgan loyihalami bajaradi. Uning asosiy vazifasi — loyihalarni hozirgi zamon texnika darajasida bajarish va qurilish ishlarini iloji boricha arzonlashtirishdir. Davlat loyihalash institutlari va ularning rahbariyati loyihalashtirilgan obyektlami tejamkorligiga, barqarorligiga, xavfsizligiga javobgardirlar.
Bosh loyihalash instituti. Korxonalarni loyihalash darajasini oshirish uchun bosh loyihalash instituti tayinlanadi. Ba’zi bir texnologik jarayonlarni hisoblashda mutaxassis bo‘lgan institutlar loyihani shu bo‘limi uchun bosh loyihalash instituti qilib belgilanadi.
Bosh loyihalash instituti boshqa institutlar tomonidan ishlab chiqilgan va taklif qilingan loyihalarning texnik darajasini tekshirib chiqishga haqlidir. Bundan tashqari, bosh loyihalash instituti loyihalash institutlariga spravochnik-normativ hujjatlar va konsultatsiyalar yordamida loyihalarni bajarishda ko‘maklashadi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə