N. I. Ibragimov, M. N. Musayev, B. A. Abidov, B. A. Muxamedgaliyev loyihalash asoslari va ekologik ekspertiza



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə16/92
tarix22.03.2024
ölçüsü0,7 Mb.
#180838
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   92
Loyihalash asoslari va ekologik ekspertiza-www.fayllar.org

Loyiha oldi ishlari. Ma’lumki, dunyo standartlariga javob beradigan yangi mahsulot ishlab chiqarish uchun ilmiy tadqiqot ishlarini bajarish lozim bo‘ladi. Ilmiy tadqiqot institutlari bu ishni bajarayotganlarida fan va texnikaning eng yangi yutuqlaridan foydalanishlari lozimdir. Shundagina dunyo standard darajasiga javob beruvchi yangi mahsulot ixtiro etish mumkin.
Ilmiy-tadqiqot ishlari tugallangandan so‘ng, bu mahsulotni tayyorlovchi alohida sex yoki bo‘lmasam butun bir korxonani qurish uchun loyiha-smeta hujjatlarni tuzish kerak bo‘ladi. Bu hujjatlarni tuzish uchun ilmiy-tadqiqot instituti «Loyihalash uchun ma’lumotlar» degan ma’lumot tayyorlaydi.
Bu ma’lumot ma’lum shaklda tuzilib, sanoat korxonalarining loyihalarini tayyorlash uchun asosiy qo‘llanma hisoblanadi. «Loyihalash uchun ma’lumotlar» buyurtmachi korxona va loyihalash tashkilotlariga ma’qullash uchun taqdim etiladi.
Ilmiy-tadqiqot ishlari loyiha oldi ishlariga kiradi. Bulardan tashqari, loyiha tadqiqoti ishlari ham loyiha oldi ishlariga kiradi. Ularni biz keyinchalik alohida ко‘rib chiqamiz.
«Loyihalash uchun ma’lumotlar» va loyiha tadqiqoti ishlarining natijalariga binoan loyihalash tashkilotlari qurilishga mo'ljallangan
korxona uchun texnik-iqtisodiy asoslash — TIA (технико-экономи­ческой обоснование—ТЭО) tayyorlaydi yoki bo‘lmasam texnik- iqtisodiy hisoblar (технико-экономический расчет—T3R)ni bajaradi. Texnik-iqtisodiy asoslash yoki bo‘lmasam texnik-iqtisodiy hisoblar buyurtmachi korxona tomonidan ko‘rib chiqilib, korxonaning yuqori tashkiloti tomonidan tasdiqlanadi.
Loyiha ishlari. Korxonalarni qurish va rekonstruksiya etish uchun tayyorlangan texnik iqtisodiy asoslash yoki texnik-iqtisodiy hisoblar buyurtmachi tomonidan ko‘rilib, tasdiqlangandan so‘ng loyiha tashkiloti bu obyektlarning loyihasini tayyorlashga kirishadi.
Navbatdagi vazifa korxonani qurish uchun yer tanlashdir. Korxonani qayerga qurishni mo‘ljallanayotganda shu rayonda yetarli miqdorda xomashyo, suv kanalizatsiya tarmoqlari, elektr energiyasi, ishchi kuchi, tayyor mahsulotga talab yetarli darajada borligi nazarda tutiladi. Bular bilan birgalikda rayonda temir yo‘l, avtomobil yo‘llari, aloqa tarmoqlari rivojlangan bo'lishi lozim.
Korxona uchun qurilish maydonini belgilanayotganda shu rayonni, muhitni muhofaza etish masalasi asosiy talablardan hisoblanadi.
Korxona qurilishiga maydon ajratish uchun bo‘lg‘usi korxonaning tashqi muhit bilan bo'ladigan aloqalari masalalari shu rayon yoki viloyatning tegishli tashkilotlari bilan kelishiladi. Kelishilgan materiallaiga asoslanib yer ajratish to‘g‘risida akt tuziladi. Aktni hamma tashkilotning azolari imzolaydi va korxona buyurtmachisining yuqori tashkiloti tasdiqlaydi. Bu hujjat korxonaning qurilishiga asos deb hisoblanadi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə