N. I. Ibragimov, M. N. Musayev, B. A. Abidov, B. A. Muxamedgaliyev loyihalash asoslari va ekologik ekspertiza


Loyiha ishlarini bajarish tartibi ikki xil bo‘ladi: birinchi bosqichda



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə17/92
tarix22.03.2024
ölçüsü0,7 Mb.
#180838
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   92
Loyihalash asoslari va ekologik ekspertiza-www.fayllar.org

Loyiha ishlarini bajarish tartibi ikki xil bo‘ladi: birinchi bosqichda
  • ishchi loyiha va ikkinchi bosqichda - loyiha, ishchi loyiha va ishchi hujjatlar. Loyiha ishlarini qaysi ko‘rinishda bajarilishini buyurtmachining yuqori tashkiloti belgilaydi va loyiha tashkiloti qurilishni texnik-iqtisodiy asoslarini bajarayotganda buni hisobga oladi. Odatda, unchalik murakkab bo‘lmagan obyektlarni va tipovoy loyihalariga binoan quriladigan obyektlarni loyihasi bir bosqichda bajariladi.


Yuqorida ko‘rsatilgan masalalar ijobiy hal etilgandan keyin buyurtmachi tashkilot loyihachi tashkilotga «Loyiha tuzish uchun topshiriq» (задание на проектировние) beradi. Bu hujjat 2—3 betdan iborat bo‘lib, unda bo‘lg‘usi korxonaning asosiy ko‘rsatkichlari qayd etilgan bo‘ladi. Shundan so‘ng loyiha tashkiloti «ishchi loyihani


(loyiha)» bajarishga kirishadi. Bu bosqichda loyiha tashkiloti ilmiy tadqiqot ishlarini va loyiha tadqiqotini natijalari va o‘zlari bajargan texnik-iqtisodiy asoslashining natijalarini asos qilib oladilar, loyihalashning zamonaviy eng ilg‘or tajribalaridan foydalanadilar.
Ishchi loyiha (loyiha) bir necha kitoblardan iborat bo‘lib, bunda bo‘lg‘usi korxonaning hamma ko‘rsatkichlari bayon etiladi, shu jumladan, atrof-muhitni muhofaza etish bo‘limida qabul etilgan xomashyo, oraliq va tayyor mahsulotlarni, yordamchi materiallarni ishchilarni sog‘lig‘iga ta’siri, oraliq mahsulot va chiqindilarni qayta ishlash; havo va suv havzasiga ketayotgan chiqindilar miqdorini kamaytirish, ularni mumkin qadar zararsizlantirish vashu kabi tadbirlar batafsil bayon etiladi.
Havoni iflos etmaslik uchun ko‘rilgan choralar: korxona ishga tushganda shu rayonning muhitiga qanday ta’sir ko‘rsatadi, korxonaning qaysi sexlaridan chiqindilar chiqadi, chiqindilarning nomlari va miqdorini meyorigacha kamaytirish uchun qanday tadbirlar ko‘riladi va shu kabilar; loyihada ko‘riladigan tadbirlar zamonaviy darajasidami yoki ulardan farq etadimi; bu tadbirlar uchun qancha pul sarf etilishi va qancha miqdorda foyda olinishini ko‘rsatiladi.
Suv havzasini oqava suvlar bilan iflos etmaslik bo‘limida quyidagilar qayd etiladi: suv havzasini ahvoli haqida tuman yoki viloyat idoralarining ma’lumotlari, tabiiy suvlami tozalash uchun ko‘riladigan choralar, korxonada ishlatilgan suvni tozalab yana ishlab chiqarishga qaytib berish choralari, sexlardan chiqayotgan oqava suvlarni tozalash uchun ko‘riladigan tadbirlar suvni tozalashda hosil bo‘lgan chiqindilarni ishlatish choralari, oqava suvlarni tasodifan ko‘payib ketmasligi uchun ko‘riladigan choralar, oqava suvlardagi zararli moddalarning miqdorini qanchagacha kamaytirish lozimligi, bu ko'rilgan tadbirlar zamonaviy tadbirlar darajasidami, bu tadbirlar uchun sarf etilgan xarajatlar hisoblanganligi va shartli foydalar aniqlanganligi; hisoblash mumkin bo‘lgan foydalar haqida va olinadigan foydalar ko‘rsatiladi.
Loyihada yerni hosildorligini saqlash uchun ko'riladigan tadbirlar quyidagilardan iborat: qurilish uchun ajratilgan maydondagi yerni ustki hosildor qatlamini kam hosil beruvchi yerlarga olib borib to‘kish, qattiq chiqindilar to‘g‘risida ma’lumot, ularni qayta ishlash uchun ko'riladigan choralar, qurilish maydonidagi hayvonot dunyosini asrash uchun qanday tadbirlar ko‘rish lozimligi haqida axborot beriladi.
Ishchi loyiha (loyiha) tegishli tashkilotlaiga yuboriladi. Har bir tashkilot o‘z mutaxassisligi nazaridan loyihani ko‘rib chiqib, loyiha to‘g‘risidagi mulohazalarini yozma ravishda beradi.
Ishchi loyiha (loyiha) qabul etilgan davlat standartlariga muvofiq tayyorlanadi. Shu sababli ishchi loyihani davlat texnika nazorati qo‘mitasiga rozilik olish uchun berilmaydi.
Tegishli tashkilotlardan ishchi loyiha (loyiha)ga kelgan fikrlarni buyurtmachi korxona va loyiha tashkiloti ko‘rib chiqib bir xulosaga keladilar va loyihani yuqori tashkilotga tasdiqlash uchun tavsiya etadilar. Yuqori tashkilot olingan taklif va mulohazalarini e’tiborga olgan holda ishchi loyihani (loyihani) tasdiqlaydi.
Katta korxonalar va inshootlarni ishchi loyiha (loyiha)sini Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydi. Boshqa kichik qurilmalar, sexlar loyihasini vazirliklar, konsemlar, korporatsiyalar va shular darajasidagi muassasalar tasdiqlaydi.
Ishchi loyiha (loyiha) tasdiqlangandan so‘ng loyiha tashkiloti ishchi hujjatlarni (рабочая дакументация) tayyorlashga kirishadi.
Agarda yangi qurilish rekonstruksiya ishlari markazlashtirilmagan kapital mablag1 hisobiga barpo etiladigan bo‘lsa, ya’ni ishlab turgan korxonalarning o‘z mablag‘lari hisobiga barpo etiladigan bo‘lsa, u vaqtda ishchi loyiha va loyiha-smeta hujjatlarni korxonaning o‘ziga tegishli tashkilotlarga ko‘rib chiqishga beradi. Ularning mulohazasi va tashkilotlaming fikrlarini hisobga olib o‘zlari tasdiqlaydilar.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə