N. I. Ibragimov, M. N. Musayev, B. A. Abidov, B. A. Muxamedgaliyev loyihalash asoslari va ekologik ekspertiza


NQIK va NKKsi loyihasi korxonaning amaldagi, yoki navbatda



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə25/92
tarix22.03.2024
ölçüsü0,7 Mb.
#180838
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   92
Loyihalash asoslari va ekologik ekspertiza-www.fayllar.org

NQIK va NKKsi loyihasi korxonaning amaldagi, yoki navbatda

ishga tushiriladigan obyektlari, kengaytiriladigan yoki rekonstruksiya qilinadigan qismlari yoki butun korxonani texnik-iqtisodiy asoslash ko‘rsatkichini o‘zida mujassam etmog‘i darkor.


NQIK va NKKsini texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari asosan: xomashyo va tayyor mahsulot quwati; NQIK uchun rangli neft mahsulotlarini tanlash; tovar mahsulot qiymati; yangi qurilishlar uchun jamg‘armalar; asosiy va rekonstruksiya uchun tovar mahsulotlari butun tannarxi; 1 so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish uchun ketgan xarajatlar; foyda; rentabellik; oxiigi chizilgan kapitallami o‘zini oqlash davri va boshqalar bilan aniqlanadi.
Texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblash uchun kerakli ma’lumotlar bo'lib, texnologik va energetik ko‘rsatkichlar, xom-ashyo va tayor mahsulot, neft mahsulotlari, yoqilg'i, issiqlik va elektr energiyasi xizmat qiladi.
NQIKni quwati asosan ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmi bilan aniqlanadi. Yengil neft mahsulotlari foizlarda ifodalanadi, va NQIK ishlab chiqargan benzin, kerosin, dizel va pech yoqilg‘ilarini, korxona umumiy qayta ishlagan neftga bo‘lgan nisbati bilan aniqlanadi.
Tovar mahsulot tan narxi amaldagi ulguiji (оптовый) narxlar bilan ifodalanadi. Shuningdek, narxlar preyskurantlar bo‘yicha belgilanishi ham mumkin.
Korxonani yangi qurilishi, rekonstruksiya qilish yoki kengaytirish uchun kerakli kapital kiritmalar smeta hisobi bilan aniqlanadi.
Yangi korxonani loyihalashda asosiy sanoat — ishlab chiqarish fondlarini quyidagicha topish mumkin: smeta bo‘yicha belgilangan umumiy kapital kiritmalar hisobidan, ishlab chiqarish fondini tashkil qiladigan xarajatlar ayrilib (chiqarib) tashlanadi.
Aylanma fondlami amaldagi normativlarga asosan tovar mahsulot tannarxini foizlarda ifodalanishi bilan aniqlanadi. Har xil yo'nalishdagi NQIK uchun quyidagi normativlar keltirilgan: yoqilg‘i profilidagi korxona uchun — 5,2%; yoqilg‘i-moy profili uchun 6,4%; neftkimyosi kompleks yoqilg‘i-moy bilan 7,0%.
Tovar mahsulotini to‘liq tannarxi (yoki ekspluatatsiya xarajatlar)ni (aniqlash) ishlab chiqarish xarajatlari smetasini tuzish bilan topiladi. '
Xarajatlar smetasiga asosiy va yordamchi ishlab chiqarish sarflari kiradi. Smeta xarajatlarini quydagicha guruhlash mumkin: 1) xomashyo va asosiy materiallar; 2) yordamchi materiallar; 3) tashqaridan olingan yoqilg‘i; 4) barcha turdagi eneigiya; 5) (oylik) maosh; 6) asosiy fondlar amortizatsiyasi; 7) boshqa pul sarflari.
«Xomashyo va asosiy materiallar» bo‘limi tashqaridan kelayotgan neft, gazo-kondensati, yarimfabrikatlar va qo‘shimchalar narxini ham o‘z ichiga oladi. Masalan, bitum yoqilg‘i va moylar uchun prisadkalar; korroziyaga qarshi ingibitorlar.
«Yordamchi materiallar»ga asosan texnologik maqsadlarda ishlatiladigan materiallar narxi kiradi. Texnologik maqsadlar uchun ishlatiladigan materiallar sarfiga quyidagilar kiradi: reagentlar, erituvchilar, katalizatorlar (bularning narxi preyskurant bo‘yicha aniqlanadi). Shu qismda qurilma va jihozlarni, bino va qurilmalarni ta’mirlash uchun kerak bo‘ladigan ehtiyot qismlar uchun xarajatlar, qurilmani ishchi holida saqlab qolish va ishlab chiqarish xarajatlari, xo‘jalik ishlari uchun sarflar ham kiradi.
Sarflanayotgan yoqilg‘i narxiga faqat tashqaridan kelayotgan tabiiy gaz, parkdagi avtomobillar uchun kerakli yoqilg'i, korxonani qozonxonasi va IESda energiya olish uchun kerakli yoqilg‘ilar kiradi.
Bularga texnologik jarayonlarda olingan mazut va gaz kirmaydi, chunki bularning narxi xomashyo narxiga kirib ketgandir.
Barcha turdagi energiyalarga sotib olinadigan eneigiyalar (bug‘, suv) kiradi. Bu energiyalar ishlab chiqarish va xo‘jalik ishlari uchun ishlatiladi.
Ma’lum rayon uchun elektr va boshqa energiyalami narxlari mavjud bo‘ladi. Shundan kelib chiqib, korxona energiyaga faqat is’temol qilinganiga haq to'laydi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə