N. I. Ibragimov, M. N. Musayev, B. A. Abidov, B. A. Muxamedgaliyev loyihalash asoslari va ekologik ekspertiza


Neftni qayta ishlash va neft kimyosi mahsulotlarini ishlab chiqarish- ning hozirgi zamon sxemalari



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə27/92
tarix22.03.2024
ölçüsü0,7 Mb.
#180838
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   92
Loyihalash asoslari va ekologik ekspertiza-www.fayllar.org

Neftni qayta ishlash va neft kimyosi mahsulotlarini ishlab chiqarish- ning hozirgi zamon sxemalari. Neftni qayta ishlash korxonasining ratsional sxemasini, texnologik qurilmalarini va ekspluatatsiya qilishni eng maqbul variantlarini tanlash loyihalash bosqichining eng muhim shartidir.
Hozirgi vaqtda neftni qayta ishlash korxonalari yoqilg‘ilarni ko‘p ishlatiladigan rayonlarda quriladi.
NQIZni texnologik sxemasi neft mahsulotini assortimentiga qarab, qaysi mahsulotga talab ko‘p, qayta ishlanadigan xomashyoni sifatiga qarab, texnologik jarayonlarni tayyorlashni ahvoliga qarab belgilanadi. Hal qiluvchi faktor sifatida korxonaning atrofidagi rayonlarda qaysi yoqilg‘iga talab kattaligi e’tiborga olinadi.
Xomashyoning sifati uncha katta ahamiyatga ega emas, chunki har qanday neftdan neft mahsulotlarining asosiy navlarini olish uchun xomashyoni ma’lum turi kerak. Masalan: yuqori parafinli neftlardan bitum olish juda murakkab, yuqori oltingugurtli neftlardan esa kam oltingugurtli elektrod koksi olish qiyin.
Neftni qayta ishlash sxemalarini bir qancha variantlari mavjud, lekin umuman olganda bu sxemalarni 3—4 asosiy tiplarga keltirish mumkin:
  1. Neftni chuqur qayta ishlamasdan yoqilg'i olish varianti.


  2. Neftni chuqur qayta ishlab yoqilg‘i olish varianti.


  3. Yoqilg‘i — moy olish varianti.


  4. Yoqilg'i — neft kimyo mahsulotini olish varianti.


Birinchi va ikkinchi variantlar bo'yicha asosan har xil yoqilg‘ilar


Neftni chuqur qayta ishlanmaganda rangsiz neft mahsulotini olish (xomashyoga nisbatan) 40—45% ni, qozonxona yoqilg‘ini olish 50— 55% ni tashkil qiladi. Neftni yoqilg‘i profili bo‘yicha chuqur qayta ishlaganda rangsiz neft mahsulotlarini olish 72—75% ga yetadi. Mazut esa korxonaning o‘zini ehtiyojini qoplashga yetarli miqdorda ishlab chiqariladi.


Yoqilg‘i — moy profilidagi neftni qayta ishlash korxonasining loyihasi kerakli bo'lgan moylarni kerakli miqdorda olishni ko‘zlab tuziladi. Moy bilan bir qatorda parafm va kerosin ishlab chiqariladi. Moylarni tozalash qurilmalarining chiqindi mahsulotlari bo‘lgan ekstrakt va asfaltlar asosida bitum olinadi.
Davlat nazorat organlari va manfaatdor tomonlar o‘zlarining berilgan materiallar bo‘yicha bo‘lgan xulosalalarini 2 hafta ichida beradi. Qarama-qarshi fikrlar paydo bo‘lsa buni yuqori tashkilotlar hal qiladi.
Hamma qarama-qarshiliklar tugatilgandan so‘ng vazirlik yoki korporatsiya boshlig'i tomonidan buyruq bilan qurilish maydonini joylashtirish bo‘yicha kommisiya tuziladi.
Kommisiya raisi etib loyiha buyurtmachisi tayinlanadi. Kommissiya korxonani joylashtirish oxirgi variantini tanlab oladi va maydonni tanlab olganligi haqida akt tuzadi. Aktga kommisiya a’zolarining barchasi imzo chekadi. Akt vazirlik tomonidan tasdiqlanadi. Akt tasdiqlangandan so'ng buyurtmachi yoki uni talabi bilan general loyihalovchi mahsus topogeodezik sur’atlarini olish uchun muhandis- geologik ishlarini va boshqa' barcha loyihani va ishchi hujjatlarini tuzish uchun kerak bo'lgan barcha ishlarni bajaradi.
Loyihalashtirish uchun topshiriq. Loyiha tayyorlash uchun topshiriq berishga buyurtmachi javobgardir. Topshiriqni tayyorlash esa bevosita
bosh loyihachi tomonidan (buyurtraachini talabiga binoan) tayyorlanadi. Loyihalash uchun topshiriq tasdiqlangan korxonani joylashtirish va rivojlantirish sxemasi asosida tuziladi. Topshiriqni tartibi SN 202—81 instruksiyasida to‘liq keltirilgan.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə