N. I. Ibragimov, M. N. Musayev, B. A. Abidov, B. A. Muxamedgaliyev loyihalash asoslari va ekologik ekspertiza


Ventilyatsiya va isitish sistemasining loyihasi uchun topshiriq



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə35/92
tarix22.03.2024
ölçüsü0,7 Mb.
#180838
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   92
Loyihalash asoslari va ekologik ekspertiza-www.fayllar.org

Ventilyatsiya va isitish sistemasining loyihasi uchun topshiriq. Bu topshiriq qurilmalarning komponovkasi tugagandan keyin beriladi.
Bunda quyidagi ma’lumotlar bo'ladi: inshootning portlash va yong‘inga xavfliligi sinfi, texnologik jarayonda ajralib chiqadigan zararli chiqindilar xarakteristikasi, gazlamingborligi, ortiqcha issiqlik, chang, namlik, bug‘-gaz aralashmalarining kimyoviy xarakteristikasi. Bu zararli narsalarning chiqadigan joyi, apparat va jihozlarning tashqi yuzasining harorati, ochiq yuzalarning maydoni, jihozlarning teploizolyatsiyasining ko‘rinishi, binolar, qurilmalar va jihozlarning joylashish tartibi.
Kanalizatsiya va suv bilan ta’minlashga topshiriq. Bu topshiriqda apparatlarni sovutishga ketadigan suvning miqdori va kanalizatsiyaga tashlanadigan suvlaming miqdori ko‘rsatiladi. Topshiriqda sovutiladigan moddalar xarakteristikasi, bosimi, harorati va sovuq — issiq (ishlatilgan) suvni harorati ko‘rsatiladi. Aylanma suv sistemasidagi apparatlarning qaysi biriga sovuq suv berish kerakligi ko'rsatib beriladi.
Loyihadagi jarayonni avtomatlashtirish va nazorat qilish. Asosiy nazorat qilinadigan parematrlarga texnologik jarayonlarning harorati, bosimi, gaz va suyuqlikning sarflanishi, suyuqlikning apparatdagi sathi, yopishqoqligi, mahsulotning uglerod va fraksiya tarkibi. Yuqorida ko‘rsatilgan parametrlar rektifikatsiya kolonnalarida issiqlik almashinuv apparatlarda, sig‘imlarda, gazoseparator, trubali pech, nasos va kompressorlarda nazorat qilinadi. Bu parametrlarni qaysi asbob qanday aniqlik bilan o‘lchashi kerakligini topshiriqda ko‘rsatiladi. Bundan tashqari, topshiriqda nazorat apparatlari ishlaydigan muhit o‘rni ko'rsatiladi.
Shuning bilan birga topshiriq yashindan himoya qilish, teploizoltsiya smetani tuzish va texnik-iqtisodiy qismini tuzish uchun beriladi. Va nihoyat korxonani telefonlashtirish, modifikatsiya va soatlar bilan ta’minlashga beriladi.


  1. Ishlab chiqarishning va korxonaning materiallar oqimi sxemasini va material balansini tuzish

Ilmiy tadqiqot institutlarining bergan ma’lumotlari va (tipovoy) qayta qo'llaniladigan loyihalar asosida korxonani material balansi sxemasi tuziladi. Bu sxemada barcha qurilma-ustanovkalar xomashyo va tovar mahsulotlari bo‘yicha bir-birlari bilan bog‘langanigi ko‘rsatiladi, bu sxema asosida alohida komponentlarning miqdori va sifati, tovar mahsulotlarining miqdori va sifati, hamda xomashyoning sifatiga qarab olinadigan tovar mahsulotlarining miqdori va sifati aniqlanadi. Va nihoyada korxonaning umumiy material balansi jamlanib tuziladi.


NQIKni texnologik sxemalari va material balansi tuzilayotganda bir qancha mulohazalarga e‘tibor berish kerak.
  1. Tuzsizlantirish va suvsizlantirish qurilmalarining mahsulotlari — korxonaga berilayotgan barcha neftni suvsizlantirishi va tuzsizlantirishi kerak.


NQIKni material balansi tuzsizlantirilgan neft miqdori bo'yicha olib boriladi va loyiha va rejalash hujjatlarida korxonaning quwati tayyorlangan neft bo‘yicha olib boriladi.


  1. To‘g‘ri haydab olingan benzinlar bo‘yicha balans tuzilganda benzin fraksiyalarini katalitik riforming jarayonida to‘liq ishlatilishini mo‘ljallash kerak. Bunda 62—85, 85—105°C fraksiyasi ekstraksiya blokli riforming qurilmasiga beriladi va benzol va toluol olish uchun qo'llaniladi. Xalq xo‘jaligining benzolga bo'lgan talabi toluolga nisbatdan yuqori bo‘lganligi uchun balans tuzilayotganda birinchi navbatda 62—85°C fraksiyasini ishlatishni ko‘zda tutish kerak. 85— 105°C dagi fraksiyani qoldig‘i va 105—140°C, 140—180°C da olingan fraksiyalar riforming qurilmasiga beriladi. Fraksiya 62—85°C ni berish tavsiya qilinmaydi, chunki bu fraksiya xomashyoga qo'shilganda oktan soni 90 dan (tadqiqot usuli bo‘yicha) yuqori bo‘lmagan katalizat olinadi.


  2. Korxonani dizel yoqilg‘isi bo‘yicha quwati tarkibida oltingugurt


  1. 05% dan past bo‘lgan dizel yoqilg‘isini olishga mo‘ljallangan bo'lishi kerak. Neftni qayta ishlash korxonalarining materiallar oqimining ratsional sxemasida tozalangan tarkibida 0,3% oltingugurt bo‘lgan yengil dizel fraksiyasini (180—230°C) gidrotozalangan 230—350°C fraksiya bilan aralashtirish rejalashtiriladi. Bu esa o‘z navbatida gidrotozalash qurilmasini quwatidan — ratsional foydalanishga imkon beradi hamda dizel yoqilg‘isini tozalanmagan komponent hisobiga himoya xususiyatini oshiradi.


  1. Neftni qayta ishlash korxonasida aviakerosin ishlab chiqarish berilgan topshiriqda ko‘rsatiladi. Berilgan hajmga qarab aviakerosinni ishlab chiqarish uchun qisman benzin va dizel'fraksiyalari qo‘llaniladi.


  2. Qishki dizel yoqilg‘isi to‘g‘ri haydab olingan fraksiyalarni deparafmlab olinadi. Deparafinlash qurilmasiga gidrotozalangan mahsulotni berish maqsadga muvofiqdir.


  3. Neftni chuqur qayta ishlash sxemasini va NQIKni material balansini tuzayotgandagi asosiy faktlar: rangsiz neft mahsulotlariga bo‘lgan talab va u yoki bu texnologik jarayonlarni mukammal o‘zlashtirilganligidir. Bularga apparatlarni katalizator va reagentlarni ishlab chiqarishni o‘zlashtirish kiradi. Umuman olganda NQIK korxonasi ko‘p benzin ishlab chiqarishi kerak bo‘lsa, unda uning tarkibida katalitik kreking qurilmasini qurish kerak bo‘ladi.


  4. Neftni qayta ishlashda hosil bo‘ladigan qimmatbaho mahsulotlardan biri neft koksidir. Ko‘pgina NQIKning tarkibiga hozirgi vaqtda sekin-asta kokslash qurilmasining loyihasi kirgizilmoqda. Sekin- asta kokslash qurilmasining quwati xomashyoga nisbatan olganda yiliga 600000 va 1500000 t. tashkil etadi. Balansni tuzilayotganda standart talablariga javob bera oladigan koksni oltingugurtli neftdan olish uchun (oltingugurt va metallar miqdori bo‘yicha) kokslash qurilmasidan tashqari xomashyoni tayyorlash qurilmalar kompleksini ham (vakuum gazoylni gidrotozalash, gidrotozalangan vakuum gazoylni termik kreking qurilmasini) qurish talab qilinadi.


  5. Sekin-asta kokslashda hosil bo‘lgan benzin fraksiyasining oktan soni past va kimyoviy beqarordir.


  6. Avtobenzinni past haroratda qaynaydigan yuqori oktanli komponentlarini olish uchun korxona tarkibiga alkillash va izomerlash qurilmalarini kirgiziladi. Izomerlash jarayonining xomashyosi sifatida pentan-izogeksan fraksiyasi (NK—62°C) yoki pentan-geksan fraksiyasi (NK—70°C) ishlatiladi.


Agarda izomerlash qurilmasini barcha NQIK tarkibida qurilsa, alkilash qurilmasi esa faqat katalitik kreking (KK) qurilmasi bor korxona tarkibida loyihalashtiriladi. Alkillash qurilmasini xomashyosi sifatida butan-butilen (C3 — C4) ishlatiladi. Bu fraksiya tarkibida reaksiya uchun kerakli nisbatda butenlar va izobutan mavjuddir.


  1. Materiallar balansini tuzayotganda shu narsani nazarda tutish kerak, avtobenzinning to‘yingan bug‘lari bosimini ushlab turish uchun unga butan qo‘shiladi. Yozgi davrda benzinda 2% gacha butan, qish davrida 5—7% (mas.) butan bo‘ladi. Izobutan alkillash jarayonining xomashyosi sifatida ishlatilgani uchun loyihada butan fraksiyalarining yig‘indisini normal va izokomponentlarga ajratish kerak. Chunki izobutan benzin tarkibiga tushmasligi kerak, u alkillash uchun xomashyodir.


  2. Sintetik kauchuk zavodlarining xomashyosi sifatida yengil uglevodorodlar NQIKda ishlab chiqariladigan butan va pentan ishlatiladi. Bularga bo‘lgan talab juda katta. Izopentan esa kamyobdir. Korxonaning loyihasi sxemasini tuzishda izopentanni ishlatishni ko‘zlabgina emas, balki izopentanni tovar mahsulot sifatida ishlab chiqarishni maqsad qilib qo‘yish kerak.


  3. Neftni qayta ishlash korxonasini tarkibida bitum ishlab chiqarishni nazarda tutish kerak. Chunki bitumga bo‘lgan talab sanoat, yo‘l qurilishi, uy-joy qurilishi hajmining ko‘payganligi sababli yildan- yilga ortib bormoqda. Hozirgi zamon NQIKni bitum ishlab chiqarish quwati neftga hisoblaganda 4—7% (mas.) tashkil etadi. Yoqilg‘i profilidagi korxonada bitum gudrondan vakuum distilyat qo‘shib olinadi. Yoqilg'i — moy profilli korxonalarda esa bitum qurilmasining xomashyosiga moy ishlab chiqarishda hosil bo'lgan yo‘ldosh mahsulotlar ham ishlatiladi (asfalt, ekstraktlar).


  4. Moy ishlab chiqariladigan kompleksning quwati berilgan topshiriq bo‘yicha aniqlanadi va odatda, qayta ishlanadigan neftning


  1. 5% (mas.)ini tashkil qiladi. Moy olish uchun xomashyo sifatida mazutni vakuum ostida haydalganda olinadigan qisqa fraksiyalar ishlatiladi.


  1. Surkov moylarini ekspluatatsiya xususiyatlarini yaxshilash uchun ularga prisadkalar qo‘shiladi. Surkov moylarining ko‘pchilik turlarida asosiy komponentlar bilan birga har xil prisadkalar bo‘ladi. Ishlab chiqilishi kerak bo‘lgan moylaming assortimentiga qarab material balans tuzganda tovar mahsulotni tayyorlash uchun kerakli miqdordagi prisadkalarni aniqlanadi. Tashqaridan olinadigan prisadkalar va bitumlar uchun sirt aktiv moddalar (SAM) balansning kirim qismida balansdan 100% dan yuqori hisoblanadi.


  2. Chuqur qayta ishlashlaydigan NQIKlarda vodorodga bo‘lgan talab platforming jarayoni hisobiga qondiriladi. Lekin neft chuqur qayta ishlanganda vodorod yetishmaydi. Vodorod olish qurilmasini loyihaga kirgizish kerak.


  3. NQIKni har bir qurilmasida neft mahsulotlari yo‘qotiladi. Shuning uchun uni kamaytirish uchun tutqichlar quriladi. Ushlab olingan mahsulot mazutga qo'shiladi.





  1. Yüklə 0,7 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə