N. I. Ibragimov, M. N. Musayev, B. A. Abidov, B. A. Muxamedgaliyev loyihalash asoslari va ekologik ekspertiza


Elektron hisoblash texnikasini korxonalarning balans sxemalarini hisoblashda qo‘llash. Loyihalashda kompyuter grafikasi texnologiyasidan foydalanish



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə36/92
tarix22.03.2024
ölçüsü0,7 Mb.
#180838
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   92
Loyihalash asoslari va ekologik ekspertiza-www.fayllar.org

Elektron hisoblash texnikasini korxonalarning balans sxemalarini hisoblashda qo‘llash. Loyihalashda kompyuter grafikasi texnologiyasidan foydalanish

Korxonaning texnologik sxemasini yaratilish davrida kerak boMgan neft mahsulotlarini kam kapital sarflab, ekspluatatsiya xarajatlar kamaytiruvchi ishlab chiqarish variantlarining barchasini chuqur o‘rganib chiqish zarur. Variantlarning ko'pligi, hisoblarning og‘irligi optimal texnologik sxemasini tanlab olishning davrini uzaytirib yuboradi. Bu masalani yechishga optimallashning matematik usullari yordam beradi. Texnologik sxemasini yaratishda EHMlarni qo‘llash 1960-yilda boshlangan va hozir keng qo'llanilmoqda. Buning uchun oldin korxonaning, jarayonlarning matematik modeli, benzinni aralashtirishni, korxonaning umumiy balansini matematik modeli tuziladi. Qilinadigan xarajatlarni matematik modeli ham tuziladi.


Korxonaning tovar balansi. NQIK va NKKlarni tovar balansi material balanslami to‘plash asosida tuziladi. Tovar balansining xarajat qismida mahsulotlarning ro‘yxati keltirilib, bular korxonaning tovar mahsulotlari bo‘lib, «0‘zneftmahsulot» yoki to‘g‘ri aloqa orqali sotiladi. Korxonaning o‘zini ehtiyojini qoplash uchun ketadigan mahsulotlar bunga kirmaydi, balki o‘z ehtiyojini qoplashdan ortgan tovarlar kiradi.
Korxonani azot, vodorod siqilgan havo, reagentlar va katalizatorlarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash. Umum korxona obyektlarini to‘g‘ri loyihalash uchun loyihani texnologik qismiga azot, vodorod, siqilgan havo, reagentlar va katalizatorlarga boMgan ehtiyojni hisobi kiritiladi. Eng awal o‘xshash loyihalardan kerakli reagentlami nomlari to‘liq olinadi, so'ngra esa shu reagentlardan qancha kerakligi hisoblab chiqiladi. Bunda yillik, sutkalik va bir marta solish (загруз­ка) uchun qancha reagentlar, katalizatorlar kerakligi aniqlanadi. Olingan ma’lumotlarga asosan katalizator, reagentlar, mayda tara idishlarda keladigan katalizator, reagentlar uchun omborxonalar loyihalashtiriladi.
NQIK va NKKlarda havo avtomatik boshqaruv sistemalarida, har xil texnologik jarayonlarda, katalizatomi regenirlashda, bitum olishda
  • uglevodorod va neft fraksiyalarini oksidlashda ishlatiladi. Siqilgan havoning miqdorini texnologik qurilmalaminig pasportlaridan, nazorat o'lchash apparatlarining instruksiyalaridan olinadi. Hamma to‘plangan materiallar asosida siqilgan havoga bo‘lgan ehtiyoj aniqlanib, uning balansi tuziladi.


Texnologik loyihalashning normalariga muvofiq NQIK va NKKdagi siqilgan havoni ishlatuvchilarga uch xil parametrda havo beriladi.


  1. Yuqori bosimda (5—7 MPa) katalizatoriarni regeniratsiya qilish va qurilmani yuqori bosimda sinash uchun.


  2. Past bosimda (0,8 MPa) quritilgan — nazorat o'lchash asboblari va avtomatlashtirish uchun.


  3. Past bosimda (0,8 MPa) quritilmagan har xil texnologik ehtiyojlar uchun. Ishlab chiqarish balansi ko‘rsatilgan har bir parametr uchun qo‘llaniladi.


Siqilgan havoga bo'lgan ehtiyoji aniqlangandan so‘ng korxonaning kompressor va quritish qurilmalarining loyihalari tuziladi.


NQIK va NKKda keyingi yillarda inert gaz azotni iste’mol qilish ko‘paydi. Azot katalizatoriarni regeniratsiya qilishda, rezervuarlarda yengil oksidlanadigan mahsulotlarning ustki qismida yostiq hosil qilishda, uskunalami remont qilishda, mustahkamlikka sinab ko‘rish jarayonida ishlatiladi. Zavodlarda yuqori bosimli va past bosimli (6— 7 MPa va 0,8 MPa) azot ishlatiladi. Inert gazni sarfi alohida ishlab chiqarishlaming loyihasida keltirilgan ma’lumotlardan olinadi.
NQIK va NKKlarda keyingi vaqtda gidrogenizatsiya jarayonlari keng qo‘llanila boshlandi. Buning natijasida vodorodga bo‘lgan ehtiyoj ortmoqda. Shuning uchun korxonani texnologik loyihasini tuzganda vodorodni ishlab chiqarish va iste’mol qilish, albatta, kirgizilishi kerak. Vodorodga bo‘lgan ehtiyojni aniqlab va resurslarni hisoblab chiqib NQIK va NKKlarida vodorod ishlab chiqarish qurilmasini qurish kerak yoki kerak emasligi aniqlanadi. Sanoatda vodorod olishning ikki usuli o‘zlashtirilgan:
  1. Gazlardan yuqori haroratda konversiyalash.


  2. Gazni suv bug‘i ishtirokida trubali pechlarda katalitik konversiya­lash.


Korxonalarni vodorod bilan ta’minlash vazifasini bajarishda platforming va gidrotozalash qurilmalarida hosil bo‘lgan vodorodni qayta ishlatish nazarda tutilishi kerak.



Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə