N. I. Ibragimov, M. N. Musayev, B. A. Abidov, B. A. Muxamedgaliyev loyihalash asoslari va ekologik ekspertiza


Loyihaning montaj va qurilish qismini tuzish



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə32/92
tarix22.03.2024
ölçüsü0,7 Mb.
#180838
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   92
Loyihalash asoslari va ekologik ekspertiza-www.fayllar.org

Loyihaning montaj va qurilish qismini tuzish

Texnologik qurilmani loyihalashda har xil soha mtaxassislari ishtirok etadi. Bularga montajchilar teplotexniklar, elektriklar, quruvchilar, suv ta’minoti va kanalizatsiya mutaxassislari, isitish va ventilyatsiya, avtomatlashtirish, nostandart jihozlami konstruktorlari, smetachilar kiradi. Bu mutaxassislar loyihalovchidan topshiriq olgandan keyin ish boshlaydilar.


Montajchilarga topshiriq. Montaj ishlarni bajaruvchi mutaxassislar muhandis-texnologdan topshiriqni texnologik sxema holida oladi. Bu sxemada hamma apparatlar, jihozlar ko‘rsatilgan bo'ladi, kerak bo‘lsa apparatlaming joylashish balandligi ham ko‘rsatilgan bo'ladi. Sxemada quvur uzatgichlarning xarakteristikasi (diametri, ishchi va maksimal bosimi, harorati), hamma zarur armaturalar (zadvijka, kran, ventillar), birlamchi nazorat o‘lchash asbob apparatlari (klapan, diafragmalar, schetchiklar...) keltirilgan bo‘Iadi. Texnolog ishlab chiqarishni portlash
  • yonish va o‘t olish toifasini SNiP 11—90—81 orqali aniqlab beradi. Texnologik topshiriq asosida jihozlarning komponovkasi va montaj chizmasi ishlab chiqiladi.


Qurilmalar, inshootlar va jihozlarni oqilona joylashtirish quyidagi joriy norma va qoidalarni kuzatishni ta’minlaydi:


  1. Sanoat jarayonlarini texnologik kuzatish.


  2. Hamma kommunikatsiyalaming minimal imkoniyat og‘irligini.


  3. Loyihadagi ishlab chiqarish maydonlari va territoriyasidagi jihoz va binolarning minimal gabarit o‘lchovlarini.


  4. Obyekt eksplutatsiyasining ishonarli, xavfsiz va qulayligini.


  5. Obyektda ta’mirlash ishlari o‘tkazilishining qulayligini.


  6. Binolarning himoyalanganligini va obyektda qurilish-montaj ishlarining maksimal texnologik ko‘rsatkichlarini.


Texnologik qurilmalarning montaj-loyihalash ishlarini uch bosqichga bo'lish mumkin.


Birinchi bosqichda, dastlabki qurilmalarning texnologik kommunikatsiyani o‘rganib chiqish, birlamchi qurilish-montaj topshiriqlarini tuzish.
Ikkinchi bosqichda kommunikatsiya va trubalarning joylashishini montaj chizmalarda aniqlash.
Uchinchi bosqichda, loyihalashda montaj qismining ish hajmi o‘rganilib, montaj chizmalari va qurulmalarining spetsifikatsiyasi tuziladi va tugatiladi.
Komponovkaga kiritishda, birinchi montajchi — loyihachi ekspluatatsiya xarakteiga ega jihozlarni yoki texnologik jarayonlaming talabiga javob bera oladigan qurilmalami binolarga joylashtirishni olib boradi. So‘ng qolgan jihozlarni belgilangan tartibda joylarga ochiq holda o‘rnatishni ko‘rib chiqadi.
Komponovka asosan: texnologik sxemani, texnologik qurilmalaming spetsifikatsiyasini, loyiha qismini hamma texnologik topshirqlarini tuzishga xizmat qiladi.
Planshetda texnologik qurilmalar plani 1:100, 1:50 yoki 1:25 masshtabda bo‘ladi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə