N. I. Ibragimov, M. N. Musayev, B. A. Abidov, B. A. Muxamedgaliyev loyihalash asoslari va ekologik ekspertiza



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə40/92
tarix22.03.2024
ölçüsü0,7 Mb.
#180838
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   92
Loyihalash asoslari va ekologik ekspertiza-www.fayllar.org

F - filtr.


1.10—1-rasm. Kerosinni gidrotozalash qurilmasini prinsipial sxemasi.

Kerosin fraksiyasini gidrotozalash blokining material va issiqlik balansi

Komponentlur


1 MMtdagi surf


Oqimlar
1




3

4

5

6

7

8

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

H,

kii/mol

-

2088.0

2088.0

1900,0

1899

11.0

7,0

4.0

CH4


kc/mol



1044.0

1044.0

950,0

244,5

5.5

3,5

2.0

C,H„

ks/mol

74925

34,0

74959

72931

35

72896

8,0

72888


1

2

3

4

5

6

7

8

9

io



kg/mol

423

0,2

423.2

411

0,2

410,8

-

410,8

Kerosin fr.

kg/mol

-

419

429.0

1769

436

1333,0

2,0

1331,0

Benzin-otgon

kg/mo 1

7500

4,0
8054


4,0
83054


17,1
83058


4,2
7918


12,9 7471,0


55

12,9
74716,0

Jami

kg/mol



1338,8

1764,1

1692,9

1244.9

446,0

5.3

440,7

Texnologik sxemada apparatlar quyidagi shartli belgilashlar (1.10— 2-rasm) orqali ko‘rsatilgan.


Havo bilan sovutiladigan

nasos

J.10-2-rasm. Texnologik sxemada apparatlami shartli belgilash.

1.11. Korxonaning umumiy xo‘jalik obyektlarini loyihalash
Xomashyoni qabul qilib olish va saqlash. Xomashyo NQIK va NKKlarga magistral quvurlar, temir yo‘l, suv va avtomobil trasnportlari bilan keltiriladi.
Quvur transporti bilan 80% xom neft va 8—10% neft mahsulotlari tashiladi. Barcha neftni qayta ishlash korxonalari neft qazib olinadigan rayonlar bilan quvurlar orqali bog‘langan. Neftni NQIKga berilishini tekshirib turish uchun korxonaga yaqin joyda yoki korxona territoriyasida qabul qilish va berish punkti tashkil qilinadi. Punktni tarkibida maxsus trubalami parafin uglevodlardan vaqti-vaqti bilan tozalab turadigan, iflos loylami ushlaydigan filtrlar va hisoblagich bo‘ladi. Hisoblagichlami ko‘rsatkichi NQIKga qancha neft berilganini ko'rsatadi va bosh neftni-uzatuvchi stansiyaga va markaziy dispetcherlik punktiga hisoboti berib turiladi. Qabul qilish-uzatish stansiyalaming filtrlari oldiga himoya klapanlari quyiladi, chunki punktni oldidagi zadvijkani berkitganda bosim nihoyat darajada ko‘tarilib ketib, trubalar yorilib ketishi mumkin. Himoya klapanlaridan chiqqan neft xom neft rezervuariga yuboriladi. Punktdan rezervuargacha bo‘lgan quvur NQIKga qarashli bo‘ladi va rezervuar oldida yerdan chiqarib ko‘tarilgan bo‘ladi.
NKKlari NQIKlardan xomashyo oladilar. Quvurlar orqali NKKga benzin fraksiyasi, suyutirilgan gazlar, aromatli uglevodorodlar beriladi.
NKK ko‘pincha xomashyo sifatida gaz ishlatadi. Gaz NKKga magistral quvur sistemasi orqali gazni tarqatish punktidan beriladi. Bu punktda gaz korxona uchun kerakli bo‘lgan bosimgacha pasaytirib beriladi va shu yeming o‘zida hisoblagichlar qo‘yilib, gazni hisobi olinadi.
Neft NQIKga temir yo‘l sisternalarida temir yo'lni o'tkazish va yuk ko'tara olish qobiliyatiga qarab beriladi. Neftni tashish uchun

ikki, to‘rt, olti va sakkiz o‘qli sisternalar qo‘llaniladi. Sistemalarning turiga qarab marshrutning uzunligi belgilanadi. Marshrutning uzunligi 720 m, og‘irligi 3900 t bo‘ladi. Yangi qurilayotgan NQIKda neftni qabul qilib olish uchun uzunligi 360 m bo'Igan estakada quriladi. Uning ikki yonida ikkita uzunligi bo‘yicha sostav qo‘yiladi, sisternalarni pastki qismidan neft tushirib olinadi va quvurga beriladi. Quvurlardan balandligi relsdan pastda bo'lgan nolinchi (нолевой) rezervuarlarga u yerdan korxonani asosiy xomashyo rezervuariga beriladi.


Qishda neftni ba’zi bir navlari, neft mahsulotlarning ba’zi turlarining qotish harorati yuqori bo'lganligi uchun quyish punktlariga quyuqlashgan holda keladi. Yuklarni tashish qoidalariga ko'ra bunday mahsulotlarni tushirish vaqti yilning 15-oktabridan 15-apreligacha uzaytiriladi va ulami isitish vaqti ham uzaytiriladi (1.11—5-jadval).
Bug‘ bilan yuvish stansiyalari. Sisternalarni ta’mirlashga va yangi mahsulot quyishga tayyorlash uchun par bilan yuvish stansiyalari quriladi va NQIK, NKK tarkibida loyihalanadi. Loyihani topshirishda asosan sisterna va yarim vagonlarni yuvib tozalashga sutkali dastur tuziladi. Odatda, bug‘latish — yuvish stansiyalarda bir sutkada 400— 600 sisterna va 50—100 yarim vagonlar tozalanadi. Bu stansiyada quyidagi operatsiyalar bajariladi: sisternani bug‘ bilan qizdirib, ichidagi quyuq moddalari tushirib olinadi, sisternani ichki qismi issiq suv bilan yuviladi, suvlar vakuum qurilma yordamida tozalanadi, ventilyatorlar yordamida degazatsiya qilinadi, rangli neft mahsulotlari suvsizlantiriladi, hosil bo‘lgan oqova suvlar tozalanadi.
1.11—5-jadval
Neft va neft mahsulotlarini transportirovkasi normalari (tashish,
tushirish va h.k.)

Guruh

Mahsulotni tavsifi

Qizdirish vaqti, soat


Tushirish vaqti, soat




Qovushqoqlik harorati, 50°C


Qotish harorati, °C






1

5-15

15-0

4

3

2

16-25

1-15

6

3

3

26-40 •

15-30

8

4

4

40

30

10

4



Xomashyoni suvda tashish — asosan o‘zi yurar neft tashuvchi
68
kemalarda amalga oshiriladi. Bu ishlar maxsus neft yuklash portlarida amalga oshiriladi.
Xomashyoni saqlash. NQIKda neftni saqlash uchun rezervuarlar parki bo'lishi shart. Loyihalashni texnologik normasi bo‘yicha rezervuarlarni sig‘imi NQIKni 7 sutka davomida to‘xtovsiz ishlab turishiga yetishi kerak. Agarda NQIK neftni temir yo‘l yoki suv yo‘li orqali olsa rezervuarlar parkining sig‘imi oshirilishi kerak. Neftni parlanib yo'qolishini oldini olish uchun uni qopqog‘i suzadigan yoki ponton qopqoqli rezervuarlarda saqlanadi. NQIKni xomashyo bazasida hajmi 20—50 ming m3 bo'lgan rezervuarlar o‘rnatiladi. NQIK va NKKlarni loyihalashda SNiP 11—106—79 dan foydalaniladi.
Tovar mahsulotini tayyorlash. NQIKlarda ishlab chiqariladigan tovar mahsulotlar shartli ravishda 2 guruhga bo‘linishi mumkin:
  1. Texnologik qurilmalarda olinadigan mahsulot.


  2. Har xil komponentlardan tayyorlanadigan mahsulot.


NQIK qurilmalarida individual uglevodorodlar fraksiyasi C3-C5 (propan, butan, pentan), aromatli uglevodorodlar (benzol, toluol, ksilollar), qattiq parafinlami har xil markalari, moylar uchun prisadkalar ishlab chiqariladi. Ko‘p tonnali tovar mahsulotlar — benzin, dizel yoqilg‘isi, qozonxona yoqilg‘isi va surkov moylari har xil qurilmalarda olingan komponentlardan aralashtirish yo‘li bilan olinadi. Masalan, avtomobil benzinlarini tayyorlash uchun 10—15 komponentdan foydalaniladi.


Tovar mahsulotini tayyorlash operatsiyasini amalga oshirish uchun maxsus obyektlar loyihalashtiriladi va ularda kompaundlashning quyidagi asosiy usullari qo‘llaniladi.
  1. Sirkulyatsiya — to‘xtovsiz aylanib aralashib turadigan aralashtirgich rezervuarlar.


  2. Aralashtiruvchi moslamasi bo‘lgan rezervuarlarda.


  3. Quvurlarni o‘zida aralashtirish.




Tovar mahsulotlarini saqlash. NQIK va NKK tovar mahsulotlarining asosiy qismini tovar-xomashyo bazasida saqlanadi va iste’molchilarga jo‘natiladi. Mahsulotni ba’zi bir turlari bitum, elementar oltingugurt, neft koksi iste’molchilarga to‘g‘ri-texnologik qurilmalardan jo‘natiladi. Korxonalarni loyihalashtirishda shunga e’tibor berish kerakki, tovar mahsulotlarini saqlash va jo‘natish bir yerda bo‘lishi kerak. Bunda tovar bazasini boshqarish qulay bo‘ladi, temir yo‘l transportini ishi yengillashadi. Faqat suyultirilgan gaz bazasi bundan mustasnodir, chunki yong‘inga qarshi normalarga rioya qilinsa bu baza korxona territoriyasidan 300—500 m uzoqlikda loyihalashtiriladi.
Tovar parkining sig‘imi loyihalashning texnologik normasi tomonidan belgilangan bo‘lib, saqlash muddatiga bog‘liq. Saqlash muddati esa har bir tovar mahsulotini 15 sutkalik ishlab chiqargan miqdorini qabul qilib olish va saqlashga mo'ljallangan bo‘lishi kerak. Suyultirilgan gazlar omborlarining sig‘imi shu mahsulotni 3 sutkalik ishlab chiqarilgan miqdoridan oshmasligi kerak. Agarda neft mahsulotlari quvurlar orqali jo'natilsa saqlash muddatining normasi 7 sutkaga qisqartiriladi.
0‘rnatiladigan rezervuarlarning miqdori saqlash kerak bo‘lgan mahsulotning miqdoriga va rezervuarning sig‘imiga bog‘liq. Iqtisodiy tomonidan qaraganda katta hajmdagi rezervuarlarini qurgan ma’qul. Masalan: 10 ming kub. metrli 3 ta rezervuar o‘rniga bitta 30000 m3 rezervuar qurilsa o‘z navbatida tovar parkining maydoni kichrayadi.
Har bir tovar mahsuloti uchun kamida 3 ta rezervuar loyihalanadi. Bittasiga mahsulot keladi, ikkinchisi analizda, uchinchisidan mahsulot jo'natiladi.
Joylashtirishga qarab yer osti va yer usti rezervuarlari deyiladi.
NQIK va NKKlarda tovar mahsulotlarni saqlash uchun 200 kub. m gacha sig'imga ega bo‘lgan rezervuarlar, 100 kub. m dan 30000 kub. m gacha metallardan yasalgan vertikal rezervuarlar, 10000 kub. m dan 50000 kub. m gacha sig‘imga ega bo‘lgan suzib yuruvchi qopqoqli rezervuarlar quriladi.
Mazut, gudron, surkov moylari, og‘ir smolalar, temir-beton rezervuarlarda, ostki qismi konussimon bo‘lgan rezervuarlarda saqlanadi. Suyultirilgan gazlar, yengil benzin fraksiyalari (to‘yingan bug‘larini bosimi 20°C da 90 kPa dan yuqori bo‘lgan) gorizontal silindrik rezervuar va sharsimon rezervuarlarda saqlanadi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə