N. I. Ibragimov, M. N. Musayev, B. A. Abidov, B. A. Muxamedgaliyev loyihalash asoslari va ekologik ekspertiza



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə41/92
tarix22.03.2024
ölçüsü0,7 Mb.
#180838
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   92
Loyihalash asoslari va ekologik ekspertiza-www.fayllar.org

Tovar mahsulotini jo‘natish. NQIK va NKK tovar mahsulotlarini iste’molchilarga quvurlar, temir yo‘l, avtomobil va daryo transporti bilan jo‘natiladi.
Quvur transporti bilan iste’molchilarga benzin, dizel va qozonxona yoqilg‘ilari, shuningdek, suyultirilgan gazlar, etilen, ammiak yetkazib beriladi. Iqtisodiy tomonidan qachonki yiliga 300—500 ming tonna mahsulot tashilsa quvur foyda keltiradi. NQIK va NKKning territoriyasi ichida texnologik qurilmalaridan tovar mahsulotlari trubalar
orqali sexlarga, omborlaiga beriladi. Bu mahsulotlaming miqdori bosh tovar bazasida hisobga olinadi.
Temiryo‘l transporti — neft mahsulotlarini tashishni asosiy turidir. Mahsulotlami asosan sisternalarda tashiladi. Sisternalar universal va maxsus turlarga bo‘linadi. Universal sisternalarda asosan neft- mahsulotlari, neft, mazut tashilsa, maxsus sisternalarda esa suyultirilgan gaz, kislotalar va h.k. tashiladi.
Neft mahsulotlarini jo‘natishi uchun tovar bazasi tarkibida maxsus qurilish loyihalanadi. Agar jo‘natiladigan mahsulotlar ko‘p bo‘lsa estakada, kam bo‘lsa alohida 5—10 ta stoyak quriladi.
Neft mahsulotlarini bitta sisternaga, sisternalar guruhiga va sisternalar marshrutiga quyiladi. Marshrutli quyish ancha tejamli bo‘lganligi uchun loyihalashda buni ko'pincha asosiy tur sifatida olinadi. Temir yo‘l estakadasining uzunligi quyidagi formula bilan aniqlanadi:

N — sistema soni (marshrutdagi).


Qf— sisternalar soni (turiga qarab), %.
L — har xil sisternalaming uzunligi.
Estakadaning uzunligi marshrutni yarmiga teng bo‘lish kerak. Suyultirilgan gazlarni quyish va tushirish uchun quriladigan estakadalarga qattiq talab qo‘yiladi. Bu estakadalar boshqa estakadalardan alohida bo‘lishi kerak, alohida kollektorlar, quvurlar, quyish — tushirish jihozlari, har bir quyiladigan gazlar uchun gazlaming sathini o‘lchovchi sisternalar bilan jihozlanishi kerak.
Avtomobil transporti — NQIK va NKK tovar mahsulotlari avtomobil transporti bilan cheklangan miqdorda tashiladi. Bular uchun alohida quyish stansiyalari quriladi. Har bir quyiladigan mahsulotning o‘zini o‘mi bo'ladi.
NQIK va NKKlami reagentlar, katalizatorlar va surkov materiallari bilan ta’minlash. 1. Reagentlar bilan ta’minlash. NQIK va NKKlarda reagent sifatida ishlatiladigan kimyoviy reagentlar har xil temir yo‘l sisternalarida tashiladi, shuning uchun loyihani boshlashdan oldin mahsulot qanday sistemada kelib tushishini adabiyotdan (справоч­ник) aniqlanadi.
  1. Sisternaning turiga qarab mahsulot yuqori yoki pastdan tushirib olinadigan moslama loyihalanadi.


  2. Reagent sifatida ishlatiladigan bir qancha reagentlar yuqori haroratda qotadigan, yuqori darajali yopishqoq (deemulgator, prisadkalar, oleum, NaOH eritmasi) mahsulotlarni yumshatish uchun har xil usullar qo‘llaniladi. Bazi bir hollarda yuqori haroratda qotuvchi mahsulot uchun alohida issiq inshootlar quriladi. Bu yerda benzol, fenol va moylar uchun prisadkalar quyilgan sisternalar bo‘shatiladi.


  3. Portlovchi va yonuvchi moddalar va tez ta’sir etuvchi moddalar uchun alohida quyish moslamalari alohida ajratilgan temir yo‘l bekatlarida quriladi.


Temir yo‘l orqali keltirilgan reagentlar reagent xo‘jaligining rezervuar parkiga yuboriladi. Rezervuar parkining sig‘imi reagentlarning normativ zaxiralariga qarab aniqlanadi. Reagent xo‘jaligida quyidagi reagentlarni zaxiralari quyidagi miqdorda bo‘lishi kerak. Sulfat kislotasi — korxonaning 20 sutkalik ehtiyojini qondirishi, NaOH — 25 sutka, fenol, furfurol, MEK, atseton, benzol, etilenglikol, trinatriyfosfat —30 sutkalik hajmda bo‘lishi kerak.


Propan, ammiak va boshqa suyultirilgan gazlar gorizontal 25 — 100 kub.m hajmdagi rezervuarlarda saqlanadi.
NQIK va NKKlarda past konsentratsiyali reagentlar qo‘llaniladi. Shuning uchun reagent xo‘jalik tarkibida reagentlarni suyultirish shohobchasini loyihaga kirgizish zarur. Masalan: NaOH dan 10% eritma tayyorlash kerak; monoetanolamin (MEA)dan 10—15% lik eritma tayyorlash kerak.
Reagentni tayyorlangan eritmasi nasoslar orqali sexlarga yetkazib beriladi. U yerda kamida 1 sutkalik miqdorda reagent turishi kerak.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə