N. I. Ibragimov, M. N. Musayev, B. A. Abidov, B. A. Muxamedgaliyev loyihalash asoslari va ekologik ekspertiza


Loyihalash uchun asosiy boshlangMch ma’lumotlar. Bularga quyidagilar kiradi



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə28/92
tarix22.03.2024
ölçüsü0,7 Mb.
#180838
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   92
Loyihalash asoslari va ekologik ekspertiza-www.fayllar.org

Loyihalash uchun asosiy boshlangMch ma’lumotlar. Bularga quyidagilar kiradi:


  1. Neftni qayta ishlash korxonasini qurish va joylashtirishning tasdiqlangan sxemasi, asoslovchi materiallar va shuningdek, korxona quriladigan rayonning rivojlanish va ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish sxemasi.


  2. Loyihalash uchun berilgan tasdiqlangan topshiriq.


  3. Loyihalanuvchi korxona uchun yaratilgan yangi texnologik jarayonni ilmiy-tadqiqot hisobotlari.


  4. Davlat nazorat organlarining qurilish maydoni rayonidagi atmosfera, suv havzalari va tuproq holati haqidagi ma’lumotlar.


  5. Transport va muhandis kommunikatsiyalari, shuningdek, elektr, suv bilan ta’minlash tarmoqlariga loyihadagi korxonani ulash to‘g‘risidagi texnik shartlar (TU).


  6. Maydonda olib borilgan muhandis-qidiruv ishlar to‘g‘risidagi ma’lumot.


  7. Asbob, buyumlar va uskunalaming katalogi.


  8. Mahalliy qurilish materiallarining, yarim fabrikatlarning, konstruksiyalaming katalogi.


  9. Qurilish ishlari uchun rayonni baholash to‘plami (сборник раценок).


  10. Pudratchi general tashkiloti to‘g‘risida ma’lumot.


Neftni qayta ishlash korxonasiga neft kimyosining korxonalarini qurilsa ishlab chiqariladigan mahsulotning assortimenti ortadi. Neft kimyo korxonasida xomashyo sifatida benzin, individual yengil uglevodorodlami, aromatli uglevodorodlami (benzol, toluol), suyuq va qattiq parafmlarning aralashmasini ishlatadi.
Neft kimyosi korxonalarining asosiy ishlab chiqarish jarayoni bo'lib piroliz hisoblanadi. Piroliz natijasida etilen, propilen, butilen — divinil fraksiyasi, tarkibida 60—90% massa aromatli uglevodorodlar bo‘lgan suyuq mahsiilotlar va 10—40% massa aromatli bo‘lmagan (dien, olefin, sikloolefin) uglevodorodlar olinadi. Olingan mahsulotlar asosida keng miqdorda neftekimyo sintez ishlari olib boriladi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə