N. I. Ibragimov, M. N. Musayev, B. A. Abidov, B. A. Muxamedgaliyev loyihalash asoslari va ekologik ekspertiza


NQIK va NKKlarini texnik-iqtisodiy asoslash ko‘rsatkichlari



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə24/92
tarix22.03.2024
ölçüsü0,7 Mb.
#180838
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   92
Loyihalash asoslari va ekologik ekspertiza-www.fayllar.org

NQIK va NKKlarini texnik-iqtisodiy asoslash ko‘rsatkichlari.


NQIK va NKKlarini texnik-iqtisodiy qismini loyihalashda: qayta ishlash sferasining samaradorligi haqida, xomashyoni tanlash va mahsulot nomenklaturasi, korxona quwatining asoslari kabi masalalar ko‘riladi.
Loyihalovchi-iqtisodchilar ishchi loyihalashning birinchi bosqichidanoq ishga kirishishlari shart. Ayniqsa, bu amaldagi korxonalarni kengaytirish va rekonstruksiya qilish loyiha ishlarida juda muhimdir. Texnologlar tomonidan sxemani (zavodni) material oqimi va tovar balansini ishlab chiqilgandan so‘ng, loyihalovchi-iqtisodchilar rayonlardagi neft mahsulotining narxi va o‘rtacha texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini aniqlaydi.
NQIK va NKK sxemasini tanlashda (mamlakatning) iqtisodiy rayonlarini neft mahsulotlari va neft kimyosi mahsulotlariga bo‘lgan talablari asosiy faktor hisoblanadi.
NQIK va NKKsi texnik-iqtisodiy qismini loyihalashda ko‘pincha quyidagilar kiritiladi: ekspluatatsiya xarajatlar sarfi (hisobi), mahsulot tannarxi, kadrlar tayyorlashga ketadigan xarajatlar va boshqalar.
Shuningdek, loyihalashda korxonaning boshqa yirikroq iste’molchilari bilan aloqalari ham hisobga olinadi.
Maxsus bo‘limda xomashyo bilan ta’minlash masalalari ko‘rib chiqiladi. NQIK va NKKlarni xomashyo bilan ta’minlanganligi, neftlarini qazib olish va taqsimlash balanslari bilan asoslanadi, shuningdek, korxonaga xomashyoni olib kelish (yetkazib berish) variantlari analiz qilib ko'riladi va tanlangan variantni texnik-iqtisodiy asoslash ko‘rsatkichlari keltiriladi. NQIK va NKKsini texnologik qismida korxonaning reagentlar, katalizatorlar va adsorbentlar bilan ta’minlash manbalari ham aniqlab olinadi.
Loyihalashning texnik-iqtisodiy qismida korxonaning xomashyo va tayyor mahsulotlarni transportirovka qilish masalalari ko‘rilib chiqiladi. Bu qismda korxonada mavjud bo'lgan mahsulot quvurlarini ishlatish yoki yangisini qurishni texnik-iqtisodiy asoslash ko‘rsatkichlari aniqlanadi.
Loyihalanayotgan korxonaning boshqarish sxemasi. NQIK va NKKni ishlab chiqaruv boshqarmasini loyihalashda korxonaning boshqaruv strukturasi ishlab chiqiladi. Loyihadan kelib chiqib, korxonaning qanchalik markazlashganlgi va avtomatlashtirilganligi, korxonaning boshqaruv tizimini ko‘rib chiqish mumkin.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə