N. I. Ibragimov, M. N. Musayev, B. A. Abidov, B. A. Muxamedgaliyev loyihalash asoslari va ekologik ekspertiza



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə20/92
tarix22.03.2024
ölçüsü0,7 Mb.
#180838
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   92
Loyihalash asoslari va ekologik ekspertiza-www.fayllar.org

Energetika xo‘jaligi. Bu bobda asosan elektr va issiqlik ta’minotini tashkillashtirish xarajatlari ko‘riladi.
Transport va aloqa xo‘jaligi. Bu bobda temir yo‘llarini qurish, shuningdek, bug‘ bilan yuvish stansiyalarini qurish xarajatlari ham keltiriladi.
Tashqi aloqalar va suv ta’minoti, kanalizatsiya, issiqlik va gaz ta’minoti. Bu bobga ichimlik suvi bilan ta’minlash, ulami tozalash, issiq va sovuq suv bilan korxonani ta’minlash, kanalizatsiyaning chiqib ketishi uchun qurilgan yo‘llarining xarajatlari kiritiladi.
Hududni qulaylashtirish va ko‘kalamlashtirish. Bu bobda drenaj sistemalarini qurish, sanitariya zonalarini tashkillashtirish, korxona hududini chegaralash, to‘sish va korxonani ko‘kalamlashtirish, kiradi.
Vaqtinchalik bino va inshootlar. Bunda yordamchi sexlar, ta’mirlash- tuzatish sexlari, qurilish materiallarini saqlovchi omborlar kiritiladi.
Boshqa ishlar va xarajatlar. Bu bobga qo‘shimcha oylik ish haqi, qishda yo‘llami qorlardan tozalash, qurilishdan chiqqan chiqindilarni olib ketish, qo‘shimcha ishchi kuchini yollash, transportdan foydalanish, ilmiy-tekshiruv ishlarini olib borish xarajatlari kiritiladi.
Qurilayotgan korxonaning direksiyasi va mualliflik nazorati. Bu bobga qurilishni nazorat qilish uchun moslamalar, qurilishi tugallangan inshootlami qabul qilish, bo‘lajak korxonani ishlashga tayyorlash va shu kabilar kiradi.
Ishchi kadrlarni tayyorlash. Bu bobga kadrlami tanlash, o‘qitish, xizmat safarlariga jo‘natish kiritiladi.
Loyiha va qidiruv ishlari. Bu bobda loyihalash tashkilotlariga pulni to‘lash, qidiruv ishlarining xarajatlari ko‘riladi.
Smeta jamnoma hisoblarida, shuningdek, NQIK va NKK qurishda boshqa taraf uyushmalari ishtirokining xarajatlari ham hisobga olinadi. (Tozalash inshootlari, shahar transporti, issiqlik va suv ta’minoti).
Qurilishning umumiy qiymatini tasdiqlashga berishdan oldin, barcha ishtirokchilar inobatga olinishi kerak.
Smeta jamnoma hisoblarida ko‘zda tutilmagan ishlar va xarajatlar qoilanmalari nazoratda tutiladi. Bu narsa NQIK va NKKni ikki bosqichli loyihalashda umumiy qurilish smeta qiymatining 7% ni tashkil qiladi. Bino va inshoatlarni bir bosqichli loyihalashda esa 3—3,5% ni tashkil qiladi. Loyihalashda ikki bosqichli smeta baholash, qonun- qoida bo'yicha, kattalashtirilgan smeta me’yorlari yordamida aniqlanadi va baholanadi. Qurilish ko‘rsatkichlarini baholash, NQIK va NKKida ishlab chiqilgan.
Bir bosqichli smeta qurilish ishlarida qayta qo‘llaniladigan qurilmalarga katta ahamiyat berish lozim (geografik joylanishga va smetaga bogiiq bo‘lgan ishchi chizmalardan tuzilgan).
Bu tushuntirish qog‘ozida qurilish inshooti qaysi rayonda qurilmoqda, qanday bahoda va me’yorlashtirilgan smeta hujjatlari qanday tuzilgan, smeta qurilish ishlari, montajlashtirish to‘liq keltirilgan bo‘lishi kerak.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə