N. I. Ibragimov, M. N. Musayev, B. A. Abidov, B. A. Muxamedgaliyev loyihalash asoslari va ekologik ekspertiza


Qurilishning qiymati va texnik-iqtisodiy asoslash ko‘rsatkichlari yechimi



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə22/92
tarix22.03.2024
ölçüsü0,7 Mb.
#180838
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   92
Loyihalash asoslari va ekologik ekspertiza-www.fayllar.org

Qurilishning qiymati va texnik-iqtisodiy asoslash ko‘rsatkichlari yechimi. Neftni qayta ishlash qurilmalari va neft-kimyo qurilmalari, shuningdek, shu xo‘jalik tarkibiga kirgan qurilma va sexlar loyihalashning oxirgi bosqichi bo‘lib, qurilish smeta narxlari (xarajatlari)ni va loyihalanayotgan obyektning texnik-iqtisodiy asoslash ko‘rsatkichlarini aniqlash hisoblanadi.
Smeta hujjatining tuzish. Ikki bosqichli loyihalashda, smeta hujjati tarkibida loyihalash ma’lumot — smeta hisoblari va lokal loyiha qidiruv ishlarining smetalari hamda ishchi hujjatlar tarkibida obyekt va lokal smetalari tuziladi.
Bir bosqichli loyihalashda, ishchi loyiha tarkibida jamlanma smeta hisoblari, xarajatlar ma’lumotnomasi, obyekt va lokal smetalari, loyha- qidiruv ishlarining smetalari ishlab chiqiladi.
  1. 1-jadvalda qurilish qiymatini belgilovchi smeta hujjatlari tarkibi keltirilgan.


Bundan tashqari, smeta xarajatlari bilan birga loyiha tarkibiga obyektlarning qurulish smeta qiymati vedomosti, ishga tushirish kompleksining qurulish smeta qiymatining vedomostlari va tovar qurilish mahsulotlarining smeta qiymatlari kiradi.


Smeta ma’lumotnoma hisoblari tuzilishi. Smeta ma’lumotnoma hisoblari kapital qo'yilmalar hajmini ko‘rsatadi. Loyiha tasdiqlangach, korxona qurilishi uchun kerak bo‘lgan mablag1 ushbu hujjat orqali va boshqa turdagi ishlar smetalari asosida tuziladi.
Smeta ma’lumotnoma hisobi 12 bobdan iborat: hududni qurilishga tayyorlash; qurilishning asosiy inshootlari; yordamchi va xizmat ko'rsatuvchi inshootlari; energetika xo‘jaligi; transport va aloqa xo‘jaligi; tashqi aloqalar va suv ta’minoti; territoriyani qulaylashtirish va ko‘kalamlashtirish; vaqtinchalik bino va inshootlar; boshqa ishlar va xarajatlar; qurilayotgan korxonaning direksiyasi va mualliflik tekshiruvi; kadrlami tayyorlash; loyiha va qidiruv ishlari.
Qurilishning umumiy qiymatidan smeta ma’lumotnoma hisoblari bo‘yicha qurilish ishlari qiymati, montaj ishlari, jihozlar, moslamalar, mebel va inventar, boshqa xarajatlar uchun qiymatlar ajratiladi.
Smeta jamnoma hisoblarida, shuningdek, NQIK va NKK qurishda boshqa taraf uyushmalari ishtirokining xarajatlari ham hisobga olinadi.
Smeta ma’lumotnomasini birinchi bobida qurilish ishlarini olib borilishi mumkin bo'lgan hudud tozalanadi, ya’ni u yerda yashovchi aholini bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirsh ishlari va sarf-xarajatlari ishlari ko‘rsatiladi.
Ikkinchi bobida asosan qurilish binolari, inshootlariga ketadigan sarf-xarajatlar keltirilgan. Masalan, neftni qayta ishlashda qatnashadigan asosiy kolonnalar, ularni montaj ishlari e’tiborga olinadi.
Uchinchi bobiga asosan qayta ishlashda yordamchi sifatida foydalaniladigan omborlar, tuzatish ustaxonalari, yong‘in o‘chirish, laboratoriyalar, qidiruv ishlari sexlari, shuningdek, poliklinika, oshxona, dam olish joylari va shu kabilar kiradi.
To‘rtinchi bobga asosan elektr va issiqlik ta’minlash joylari kiradi.
Beshinchi bobga asosan temir yo‘llar, avtoyo‘llar, qo‘riqlovchi moslamalar kiradi.
Oltinchi bobga ichimlik suvi bilan ta’minlash, ularni tozalash, issiq va sovuq suv bilan korxonani ta’minlash, kanalizatsiyalarning chiqib ketishi ko'rsatilgan xarajatlari kiradi.
Yettinchi bobga ko‘kalamzorlashtirish ishlari, ya’ni korxona hududiga, atrofiga, ichiga daraxtlar, gullar ekish ishlari kiradi.
Sakkizinchi bobga asosan yordamchi, masalan, ta’mirlash, tuzatish sexlari va qurilish materiallarini saqlovchi omborlar kiradi. To‘qqizinchi bobga qo‘shimcha oylik ish haqi, qo‘shimcha koeffitsienti, qishda yo'llami qordan tozalash, qurilishdan chiqqan chiqindilarni shahar chetiga olib chiqish, qo‘shimcha ish kuchini yollash, qo‘shimcha transportlardan ishchilar uchun foydalanish, ilmiy-tekshiruv ishlarini olib borish xarajatlari kiradi.
0‘ninchi bobga qurilayotgan korxonaning direksiyasi va mualliflik tekshiruvi xarajatlari kiradi.
0‘n birinchi bobga korxonani ishga tushirishdan oldin yosh, iqtidorli yoshlarni yollash kiradi.
0‘n ikkinchi bobga loyiha va qidiruv ishlari, bu ishlardan so‘ng umumiy sarf-xarajatlari hisoblab chiqilgan ma’lumotlar kiradi.
Smeta jamnoma hisoblarida ko‘zda tutilmagan ishlar va xarajatlar qo‘llanmalari nazarda tutiladi. Bu narsa NQIK va NKKni 2 bosqichli loyihalashda umumiy qurilish smeta qiymatining 7% ni tashkil qiladi, va qayta qo‘llaniladigan inshootlari uchun — 3% ni tashkil qiladi. Bino va inshootlami bir bosqichli loyihalashda 3—3,5% ni tashkil qiladi.
Loyihalashda 2 bosqichli smetali baholash, qonun-qoida bo‘yicha, kattalashtirilgan smeta me’yorlari yordamida aniqlanadi va baholanadi, qurilish ko‘rsatkichlarini baholash, NQIK va NKKda ishlab chiqilgan.
Bir bosqichli smeta qurilish ishlarida qayta qo'llaniladigan qurilmalaiga katta ahamiyat berish lozim, ular ishchi chizmalardan tuzilgan.
Bu tushuntirish qog‘ozida qurilish ishlarida qayta qo‘llaniladigan qurilmalarga katta ahamiyat berish lozim, geografik joylashishiga va smetaga bog'liq bo‘lgan, ishchi chizmalardan tuzilgan.
Bu tushuntirish qog‘ozida qurilish inshooti qaysi rayonda qurilmoq- da, qaysi bahoda va me’yorlashtirilgan smeta hujjatlari qanday tuzilgan, smeta qurilish ishlari, montajlashtirish to'liq keltirilgan bo‘lishi kerak.
Ajratilgan mablag1 qaysi holatda, mablag'lantirish ishlariga, moddiy yordamga, industrial qurilish ishlariga, aholining ishchi transportidan foydalanishi, yo‘llar va boshqa muhandislik qurilish ishlari to‘g‘risida bayonot keltiriladi.
Yuqorida keltirilgan qurilish ishlari 2 va undan ortiq. Smeta hujjatlarining yig‘indisidan tuziladi.
Lokal smeta hujjatlari ishchi chizmalaridan tuziladi va ishning turiga, ketgan sarf-xarajatlar, kengaytirilgan smeta me’yorlari va shunga o'xshash boshqa hisobot ishlari asosida ishlab chiqiladi.
SN 22—81 da keltirilgan har xil turdagi kattalikdagi smeta hujjatlari; qurilish ishlariga va jihozlash, montaj ishlari asosida keltiriladi.
NQIK va NKKda bir necha 10 ta lokal smetalar, neft apparatlari, kompressorlar, reaktorlar, quvurlar, mo‘rilar, qurilish ishlari, pechlar, nasoslar, operatorniylar, isitish qurilmalari va havo almashtirish kondensatorlari, ichki va tashqi suv ta’minoti inshootlari va kanalizatsiya, elektr yoritish, elektr kuchlanish qurilmalari, nazorat o‘lchov asboblari va avtomatlashtirish NO‘A (KIPiA) va hokazolardan tuziladi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə