N. I. Ibragimov, M. N. Musayev, B. A. Abidov, B. A. Muxamedgaliyev loyihalash asoslari va ekologik ekspertiza


Smeta ma’Iumotnoma hisoblarining tuzilishi



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə19/92
tarix22.03.2024
ölçüsü0,7 Mb.
#180838
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   92
Loyihalash asoslari va ekologik ekspertiza-www.fayllar.org

Smeta ma’Iumotnoma hisoblarining tuzilishi. Smeta ma’lumotnoma hisoblari kapital qurilmalar hajmini ko‘rsatadi. Loyiha tasdiqlangach korxona qurilishi uchun kerak bo‘lgan mablag1, ushbu hujjat orqali tayyorlanadi.
Smeta ma’lumotnoma hisoblari smeta yoki smeta hisoblari, ya’ni inshoot qurilishlari va boshqa turdagi ishlar smetalari asosida tuziladi.
Smeta ma’lumotnoma hisobi 12 ta bobdan iborat:
  1. Hududni qurilishga tayyorlash;


  2. Qurilishning asosiy inshootlari;


  3. Yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi inshootlar;


  4. Energetika xo'jaligi inshootlari;


  5. Transport va aloqa xo‘jaligi inshootlari;


  6. Tashqi aloqalar va suv ta’minoti, kanalizatsiya, issiqlik va gaz ta’minoti;


  7. Hududni qulaylashtirish va ko'kalamlashtirish;


  8. Vaqtinchalik bino va inshootlari;


  9. Boshqa ishlar va xarajatlar;


  10. Qurilayotgan korxonaning direksiyasi va mualliflik nazorati;


  11. Kadrlarni tayyorlash;


  12. Loyiha va qidiruv ishlari.


Qurilishning umumiy qiymatidan smeta ma’lumotnoma hisoblari bo‘yicha qurilish ishlari qiymati, montaj ishlari, jihozlar, moslamalar, mebel va inventar, boshqa xarajatlar uchun qiymat ajratiladi.


Hududni qurilishga tayyorlash. Bu bobda qurilish ishlari olib borilishi mumkin bo‘lgan hudud tozalanadi, ya’ni u yerda yashovchi aholini bir joydan ikkinchi joyga ko'chirish ishlari kiritiladi.
Qurilishning asosiy inshootlari. Bunga asosan qurilish binolari, inshootlariga ketadigan sarf-xarajatlari kiradi.
Yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi inshootlar. Bu bobda asosan qayta ishlashda foydalaniladigan omborlar, tuzatish ustaxonalari, yong‘in o‘chirish, laboratoriya, qidiruv ishlari sexlari, shuningdek, kasalxona, oshxona, dam olish joylari va boshqalar kiradi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə