N. I. Ibragimov, M. N. Musayev, B. A. Abidov, B. A. Muxamedgaliyev loyihalash asoslari va ekologik ekspertiza


Qurilishning turlari va xarakteri



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə15/92
tarix22.03.2024
ölçüsü0,7 Mb.
#180838
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   92
Loyihalash asoslari va ekologik ekspertiza-www.fayllar.org

Qurilishning turlari va xarakteri

Loyiha-smeta hujjatlarining tayyorlash kerak bo‘lgan kapital qurilish ko‘rinishiga qarab sanoat, transport, qishloq va aholi uy-joy qurilishiga bo‘linadi.


0‘z navbatida har bir ko‘rinishidagi qurilishlar o‘z xarakteriga qarab yangi qurilayotgan, rekonstruksiya qilinadigan, kengaytiriladigan va texnik qayta jihozlanadiganlarga ajratiladi.
Yangi qurilish. Sanoat qurilishida yangi qurilish deb yangi korxonani qurishiga yoki oldingisini keyingi navbatlarini qurish kerak bo'Igan obyektga aytiladi. Yangi qurilishga xalq xo‘jaligi uchun kerak bo‘lgan mahsulot assortimenti, sifati va miqdori bo‘yicha mahsulot berib turgan korxonani rekonstruksiya va texnik qayta qurish umuman natija bermagan taqdirda kirishiladi. Korxonani kengaytirish ham yangi qurilishlarga kiradi. Korxonani kengaytirishdan maqsad uni ishlab chiqarish quwatini rekonstruksiya va qayta jihozlash yoki yangi quvvatlarni ishga tushirish yo‘li bilan oshirishdir. Ishlab turgan korxonani kengaytirish uni territoriyasida yoki uni yon-atrofidagi maydonlarda yangi qurilishni olib borish demakdir. Yangi qurilishlarga:
  1. Korxonani ikkinchi va keyingi navbatlari;


  2. Qo‘shimcha ishlab chiqarish quwatlari;


  3. Asosiy ishlab chiqarish quwatlarining yangi sexlari;


  4. Yordamchi va xizmat qiluvchi yangi sexlarni qurish kiradi.




Rekonstruksiya. Bundan maqsad ishlab chiqarishni kengaytirish
kabi korxonaning quwatini oshirishdir. Lekin bu maqsadga boshqa yo‘l bilan erishiladi. Rekonstruksiyada korxonaning ishlab chiqarish vositalarini yangi texnika va texnologiya asosida yangi sex yoki qurilish ishlarini olib bormasdan qayta jihozlanadi. Rekonstruksiyada ishdan chiqqan va ma’naviy eskirgan qurilmalar, avtomatizatsiya jihozlari va h.k. almashtiriladi. Bundan tashqari, rekonstruksiyaga quyidagilar kiradi:
  1. Korxonaning profilini o‘zgartirish va yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish.


  2. Ishlab chiqarilishi bundan keyin ma’qul emas deb topilgan mahsulot o‘rniga huddi shunday quvvatga ega bo‘lgan yangi texnologiya asosida ishlab chiqariladigan shu mahsulot korxonasini tashkil qilish.


Rekonstruksiya yangi qurilishga nisbatdan bir qancha afzallikka


ega:
  1. Yangi rayon yoki yangi maydonlarni o‘zlashtirishga hojat yo‘q.


  2. Ekspluatatsiyada bo‘lgan muhandislik kommunikatsiyalarni, imoratlarni ishlatish mumkin.




  1. Loyiha va konstruktorlik ishlarini tashkil etish. Yangi quriladigan, kengaytiriladigan, rekonstruksiya etiladigan korxonalar, inshoot va qurilmalarni loyiha oldi va loyiha-smeta hujjatlarining tarkibi, ularga qo‘yiladigan asosiy talablar va ularni tayyorlash tartibi. Umumiy masalalar



Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə