N. I. Ibragimov, M. N. Musayev, B. A. Abidov, B. A. Muxamedgaliyev loyihalash asoslari va ekologik ekspertiza


Loyihaning texnologik qismini ishlab chiqarish uchun boshlang‘ich



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə29/92
tarix22.03.2024
ölçüsü0,7 Mb.
#180838
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   92
Loyihalash asoslari va ekologik ekspertiza-www.fayllar.org

Loyihaning texnologik qismini ishlab chiqarish uchun boshlang‘ich
ma’lumotlar. NQIK va NK korxonalarining texnologik qismini ishlab chiqish kompleks ma’lumotlar asosida olib boriladi. Bu ma’lumotlar shartli ravishda bir nechta guruhlarga ajratiladi:
Birinchi guruhga loyihalanadigan korxonada ishlatiladigan xomashyoni xarakteristikasi (tavsifi), shu xomashyodan olinadigan oraliq va tovar mahsulotlarning sifati va miqdori kiradi.
Ikkinchi guruhga tovar mahsulotlarning alohida assortimentini olishda qo‘llaniladigan (alohida) texnologik jarayonlarning ko'rsatkichlari kiradi.
Uchinchi guruhga atrof-muhitni muhofaza qilish uchun, suv va havo havzalarining tozaligini, zaharli va zararli moddalardan saqlash uchun tuzilgan tadbirlar kiradi.
Loyihalashni boshlashdan oddin loyihalash uchun kerakli ma’lumotlarni berish uchun Bosh ilmiy-tadqiqot instituti tayinlanishi kerak. Bosh ilmiy-tadqiqot instituti o‘zi yoki boshqa institutlarni jalb qilgan holda xomashyoni juda chuqur o‘rganadi. Xomashyo yarim- sanoat qurulmasida yoki pilot qurilmalarida sanoatda ishlatiladigan sharoitda sinab ko‘riladi.
Neftni qayta ishlash va neft-kimyo sintezi jarayonlarining asosiy ko‘rsatkichlari va ularni texnologik sxemadagi оmi. Tuzsizlantirish, suvsizlantirish. Yerdan qazib chiqariladigan neft shu maydonning o'zida erigan gazlardan, loyqa suvlardan va tuzlardan tozalanadi. Neftni tayyorlanganligi darajasiga qarab, tarkibidagi suv va tuz miqdoriga qarab uni uchta guruhga bo‘linadi. Suvning miqdori (0,5; 1%) va xlorid tuzlarining miqdori 100 gacha, 100—300, 300—1800 mg/1. Neftni qayta ishlash zavodlariga berilayotgan neft suvsizlantirilishi va 3—5 mg/1 gacha tuzsizlantirish kerak. Suvsizlantirish va tuzsizlantirish neftni birlamchi haydovchi qurilmasini tarkibiga kiruvchi alohida sexda olib boriladi. Loyihalash bo'yicha ko'rsatma Bosh ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan berilib, bunda jarayonning harorati, bosimi, yuvilgandagi suvning miqdori va deemulgatorning miqdori ko‘rsatiladi.
Neftni birlamchi haydash tovar mahsulotlarning komponentlarini, keyingi bosqichda ishlatiladigan jarayon xomashyosini olish maqsadida qo'llaniladi (1.5—2 jadval). Neftni birlamchi haydash atmosfera trubkali (AT) va AVT-atmosfera' vakuum trubkali qurilmalarida amalga oshiriladi. Jadvalda neftni birlamchi haydovchi qurilmasida olinadigan fraksiyalar va ularni ishlatish yo‘nalishlari berilgan.


  1. 2 jadval



Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə