N. I. Ibragimov, M. N. Musayev, B. A. Abidov, B. A. Muxamedgaliyev loyihalash asoslari va ekologik ekspertiza



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə31/92
tarix22.03.2024
ölçüsü0,7 Mb.
#180838
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   92
Loyihalash asoslari va ekologik ekspertiza-www.fayllar.org

Texnika-iqtisodiy asoslash. Sanoat korxonalari loyihalari umuman olganda investitsion loyihalar qatoriga kiradi. Demak, bunday loyihalarni amalga oshirish uchun salobatli yoki katta mablag'larni sarf qilish kerak. Shuning uchun sarflangan mablag‘lar bekorga ketmasligi va o‘zlarini oqlashlari uchun bunday loyihalarni har tomonlama, texnik-iqtiosdiy, ekologik asoslab berish zarur.
Loyihalarni ekologik jihatdan asoslash. Atrof-muhitga ta’simi baholash usulidan foydalanib amalga oshiriladi. Bu juda murakkab jarayon bo‘lib, uning o'tkazish tartiblari to‘g‘risida keyingi bo‘limlarda batafsil to'xtalib o‘tamiz. Yana shuni ta’kidlash lozimki, xo'jalik yoki boshqa faoliyat
tashabbus korxonalarining ekologik va iqtisodiy jihatdan asoslangan qarorlari regionlami rivojlantirish dasturlariga, sanoat tarmoqlarini joylashtirish sxemalariga zid bo‘lmasligi lozim. Ular aholini ekologik xafvsizligiga, yashash uchun qulay sharoitlar tug'dirishga, hududlami barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida atrof-muhitga bo‘Igan ziyonni minimal bo‘lishiga, mehnat va yoqilg'i-energetik, material, tabiiy resurslarni samarali yoki oqilona va tejamkorlik bilan sarflashga, bioxilmaxillikni saqlashga, havoni, suv ta’minoti manbalarini va boshqa tabiiy obyektlami tozaligiga, xalqlami tarixiy meroslarini saqlashga, ekologik xavfsiz mahsulot ishlab chiqarishga, kam chiqitli va chiqitsiz unumli texnologik qurilmalar va texnikalami joriy qilishga kafolat berishlari kerak.
Loyihalarni asoslaganda uni ekspertizasini o‘tkazish, yer maydonlarini tanlashda qaror qabul qilish, hamda loyihani keyinchalik mablag1 bilan ta’minlashning va loyihalashning maqsadga muvoflq bo'lishi uchun yetarli bo‘lishi shart.
Yuqoridagi keltirilgan faktlardan ko‘rinib turibdiki, loyihalarni asoslashda birinchi navbatda ekologik asoslash bosqichlarini amalga oshirish zarur, so'ngra uning texnik-iqtisodiy asoslash jarayonlarini olib boriladi. Shuning bilan birga loyiha uchun sarf qilinayotgan kapital mablag‘lar tasdiqlangandan keyin «Qurilishning texnik-iqtisodiy- asoslash» (TIA) loyiha hujjati loyihalash tashkilotlari (institutlari) tomonidan ishlab chiqiladi.
TIAning asosiy vazifasi — loyihaga sarflanayotgan mablag'lami asoslanganligi to‘g‘risidagi qarorlarni detallashtirib ko‘rib chiqish va rejalashtirilayotgan faoliyat bo‘yicha asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarga aniqlik kiritishdan iboratdir. Aynan TIA, qoida bo‘yicha faoliyatni ekologik asoslashi berilgan yoki keltirilgan loyihaning asosiy hujjati sifatida ko‘rib chiqiladi. Uning tarkibiga «Atrof-muhit muhofazasi» bo‘limi kiradi. Shu bilan birga TIA yoki ishchi loyiha ekologik ekspertiza obyekti bo‘lib hisoblanadi.
Davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasiga asosan buyurtmachi TIA hujjatini tasdiqlaydi va shuning asosida ishchi loyiha ishlab chiqiladi.



  1. Yüklə 0,7 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə