Xalqaro kapitalni jalb qilish yo’llari



Yüklə 241,17 Kb.
səhifə1/7
tarix30.12.2023
ölçüsü241,17 Kb.
#167098
  1   2   3   4   5   6   7

Mavzu: Xalqaro kapitalni jalb qilish yo’llari
Mundarija:


Kirish
1.Xalqaro kapitalni jalb qilish yo’llari va tendensiyalari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

Kirish


Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o’tish sohasida qator ijobiy natijalarga erishildi. Ayni paytda, jahon amaliyotida xalqaro kapitallarni jalb etish va ularni iqtisodiyotning istiqbolli va yuqori texnologiyalarga asoslangan tarmoqlariga joylashtirish mexanizmlarini maqbullashtirish, investitsiya loyihalarini umummilliy va mintaqaviy darajada venchurli moliyalashtirish amaliyotini rivojlantirish, investitsiya muhiti jozibadorligini oshirish va investitsiya jalb qilish faoliyatini vositalarining o’zaro muvofiqligini taʼminlash muhim ahamiyat kasb etmoqda.Investitsiya loyihalarini samarali jalb qilish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev “Biz iqtisodiyotimizga sarmoya kiritishga intiladigan xorijiy investorlar uchun hududlar va tarmoqlar boʻyicha investi tsiya loyihalarini puxta shakllantira olsak, bu masalada ijobiy natijaga erishish mumkin , - deya ta’kidlab o’tdilar1 Darhaqiqat, Prezident to’g’ridan- to’g’ri xalqaro kapitallar ishtirokidagi loyihalarni so’zsiz amalga oshirish, chet ellik investorlarga har tomonlama yordam berish hukumatning eng muhim vazifasi bo’lishi kerakligini taʼkidladi.

1.Xalqaro kapitalni jalb qilish yo’llari


Investitsiya (lot. investio — oʻrash) — iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida oʻz mamlakatida yoki chet ellarda turli tarmoqlarga, ijtimoiyiqtisodiy dasturlarga, innovatsiya, tadbirkorlik loyihalariga uzok, muddatli kapital kiritish (qoʻyish). Pulning vaqt (zamon)ga bogʻliq qiymati nazariyasiga koʻra, Investitsiya kelajakda naf olish maqsadida mablagʻlar qoʻyishdir. Investitsiya kapitalni muayyan muddatga bogʻlashni yoki band qilishni bildiradi. Bundan asosiy maqsad kapital qiymatini saklab qolish yoki boʻlmasa kapital qiymatini vaqtda oʻstirib borishdir. Iqtisodiy mazmuni jihatdan Investitsiya turli faoliyatlarga safarbar etilgan moddiy, nomoddiy boyliklar va ularga boʻlgan huquqlarni aks ettiradi. Investitsiya sifatida pul, qimmatli qogʻozlar (aksiya, obligatsiya, sertifikat, veksel), yer, bino, inshoot kabi boyliklar, intellektual mulk boʻlgan ilmiy kashfiyotlar, ixtirolar va b. ishlatiladi. Investitsiya loyihalariga mablagʻ qoʻyuvchilar — investorlar davlat, kompaniya, korxona, chet ellik fuqarolar, aholi va b. boʻlishi mumkin.
Xalqaro kapitallar — chet el investorlari tomonidan yuqori darajada daromad olish, samaraga erishish maqsadida mutloq boshqa davlat iqtisodiyotining, tadbirkorlik va boshqa faoliyatlariga safarbar etadigan barcha mulkiy, moliyaviy, intellektual boyliklaridir.



Yüklə 241,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə