Xalqaro kapitalni jalb qilish yo’llari


Tadbirkorlik va boshqa turdagi faoliyatga yo’naltirilayotgan investitsiya shakllarini guruhlash.6 2-chizma



Yüklə 241,17 Kb.
səhifə6/7
tarix30.12.2023
ölçüsü241,17 Kb.
#167098
1   2   3   4   5   6   7

Tadbirkorlik va boshqa turdagi faoliyatga yo’naltirilayotgan investitsiya shakllarini guruhlash.6 2-chizma.


Investitsiyalarni amalga oshirishning asosiy bosqichlari quyidagilardir:
birinchidan, resurslarn ikapitalqo’yilmalarga aylantirish, ya’ni resurslarni investitsion faoliyat natijasi hisoblangan obyektlarga o’tkazish;
ikkinchidan, capital qo’yilmalar uchun sarflangan mablag’lar pirovard natijada investitsiyalar miqdorini oshirish va yangi iste’mol qiymatini yaratish;



6 Manba: O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligining qonun va normativ-huquqiy hujjatlar to’plami
uchinchidan, ijtimoiy samara yaratish, ya’ni investitsiya faoliyatining pirovard maqsadini amalga oshirish kiradi.
Bozor iqsodiyoti sharoitida investitsiya tizimi7 – chizma


Hozirgi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotiga chet el investitsiyalarini jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularni huquqiy himoya qilishning amaliy mexanizmiarini joriy etish va investitsion muhitni yanada yaxshilash iqtisodiy rivojlanish sohasidagi eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi.









Shu o’rinda ―Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to’g’risida‖gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq va respublikaga to’g’ridan-to’g’ri xalqaro kapitallarni jalb qilish uchun yanada qulay shart- sharoitlarni ta’minlash, xalqaro kapitallarni ishonchli huquqiy himoya qilishning amaliy mexanizmini barpo etish, mana shu asosda mamlakatdagi investitsiya muhitini yanada yaxshilash maqsadida 2003 yil 2-mayda 205-son to’g’ridan to’g’ri xalqaro kapitallarni huquqiy himoya qilishni kuchaytirishga doir qo’shimcha choratadbirlar to’g’risida‖ gi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining alohida qarori qabul qilinganligini aytib o’tish joizdir.О’zbekiston iqtisodiyoti bugun jahon iqtisodiyotining ajralmas qismiga aylandi. Mamlakatimiz eksport salohiyati yildan-yilga oshmoqda, tashqi bozorlarga xomashyo emas, yuqori qo’shimcha qiymatga ega tayyor mahsulotlar yetkazib berilmoqda. O’zbekiston sanoatini rivojlantirish bo’yicha belgilangan ustuvor yo’nalishlar amalga oshirilayotgan investitsiya siyosati bilan bevosita bog’liqdir. O’zbekistonda investorlar uchun qulay investitsiya muhiti, imtiyozlar va preferensiyalar tizimi yaratilgan. Iqtisodiyotimizga jalb etilayotgan xalqaro kapitallar oqimining yildan-yilga ko’payib borayotgani ham shundan dalolat beradi. Mamlakatimizning investitsion jozibadorligi keng ko’lamli sotish bozorlarining mavjudligi, Yevroosiyoning investitsion hamda savdo-iqtisodiy hamkorlik istiqbollarini belgilab beruvchi multimodal kommunikatsiya tizimiga integratsiyalashgan transport infratuzilmasining rivojlangani bilan ham bog’liq. O’zbekistonga investitsiya kiritayotgan xorijiy kompaniyalar beshta yirik va jadal rivojlanib borayotgan bozor- 300 milliondan ortiq kishi savdo-sotiq qiladigan bozorlarga ega MDH mamlakatlari, Markaziy va Sharqiy Yevropa, Janubiy hamda Janubi-sharqiy Osiyo, Yaqin Sharq davlatlariga chiqish imkoniga ega bo’lmoqda. Xalqaro investitsiya huquqining asosiy qoidalari, jumladan, xorijiy investorlar huquqlarini kafolatlash, investorlarga muayyan referensiyalar taqdim etish to’g’risidagi qoidalar va boshqalarni o’zida mujassam etgan. O’zbekiston Respublikasining investitsiya qonunchiligi MDH mamlakatlari qonunchilik tizimida yetakchi o’rinlardan birini egallaydi xalqaro kapitallar jalb etilishini rag’batlantirish, shuningdek, xorijiy investorlar bilan ishlashdagi turli byurokratik g’ovlar va to’siqlarni bartaraf etish, xalqaro kapitallar ishtirokidagi korxonalar faoliyatiga davlat va nazorat idoralari tomonidan noqonuniy aralashuvlarga yo’l qo’ymaslik maqsadida 2012-yilning 10-aprelida birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning ―To’g’ridan-to’g’ri xalqaro kapitallar jalb etilishini rag’batlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida‖gi farmoni qabul qilindi.Mamlakatimizda samarali qonunchilik bazasi yaratilgani tufayli iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarida xalqaro kapitallar ishtirokida 4,2 mingdan ziyod korxona tashkil etilib, muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatmoqda,
2016 yil tog’-kon sanoatining ulushi jami xalqaro kapitallarning iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha 31,1 foizini tashkil etgan bo’lsa, bu ko’rsatkich 2017 yilda 56,8 foizini tashkil etdi. Ammo ishlab chiqarish sanoati esa kapayish tendensiyasiga ega bo’lib, 2016 yilda 27,4 foizni tashkil etgan bo’lsa, bu ko’rsatkich 2017 yilda 14,8 foizni tashkil etdi. Bundan tashqari qishloq xo’jaligini rivojlantirishga qaratilgan hukumatning sa’y-harakatlariga qaramasdan qishloq xo’jaligiga yo’naltirilgan xalqaro kapitallar hajmi tarmoq ehtiyojiga nisbatan past darajada saqlanib turibdi.
2017 yilda asosiy kapitalga xalqaro kapital va kreditlarni xorijiy investorlar bo’yicha tarkibi Rossiya Federatsiyasi yetakchilik qilmoqda. Bu mamlakat investitsiyalari ishtirokida tabiiy gaz qazib chiqarishda – 9016,3 mlrd. so’m, axborot va aloqa – 467,4 mlrd. so’m, boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarishda – 10,5 mlrd. so’m, metallurgiya sanoatida – 10,4 mlrd. so’m va boshqa ko’plab faoliyat turlari bo’yicha investitsiyalar o’zlashtirildi. Xitoy Xalq Respublikasi investitsiyalari ishtirokida rezina va plastmassa mahsulotlari ishlab chiqarishda – 458,8 mlrd. so’m, tabiiy gaz chiqarish – 451,5 mlrd. so’m, aloqa – 544,0 mlrd. so’m, boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarish – 149,7 mlrd. so’m va boshqa o’nlab faoliyat turlari bo’yicha o’zlashtirildi. Yaponiya davlati investitsiyalari hisobidan o’zlashtirilgan investitsiyalar loyihalari quyidagilardan iborat: quruqlikdagi va quvur transportida – 445,3 mlrd. so’m, elektr, gaz, va bug’ bilan ta’minlash, havoni konditsiyalashda – 387,9 mlrd. so’m, kimyo mahsulotlari ishlab chiqarishda – 209,5 mlrd. so’m hamda aloqa faoliyat turida – 90,0 mlrd. so’m.


Investitsiyalarning 2018 – 2019 yillar yanvar –mart oraliqdagi ummumiy xajmga nisbatan foiz xisobida.8 1.3 1- jadval


Jadvalda ko’rinadiki 2018 yil turar joy qurilish 33.6%qaytaishlash sanoatiga 26.5%,elektr gaz bilan ta’minlash 3.4 %chakan savdoga 5.6% qishloq xo’jaligi 11.3,tashish va saqlash5.3% tog’ kon sanoati 5.3% qurilish 1.7% texnik faoliyat 0.3%,xizmatlar ko’rsatish 0.2%, sog’liqni saqlash 1.5% boshqa faoliyat turlari 5.3% ni tashkil qilgan bo’sa 2019 – yilga kelib bu ko’rsatkich turar joy qurlishiga 13.4% qayta ishlash sanoatiga 36.6% elektr gaz bilan ta’minlash 3.3 %chakana savdoga2.9% qishloq xo’jaligi 15.5%,tashish va saqlash 4.9% tog’ kon sanoati 0.3% qurilish 1.6% texnik faoliyat 0.4%,xizmatlar ko’rsatish 0.5%, sog’liqni saqlash 4.2% boshqa faoliyat turlari 16.4% tashkil qilib kelmoqda.

Uzoq yillar mobaynida Markaziy Osiyo mamlakatlari bo’yicha olingan natijalarga qaraganda, to’g’ridan-to’g’ri xalqaro kapitallarning iqtisodiy o’sishga hissa qo’shishi va bu mezbon mamlakatning avtoritar rejim sifatida tavsiflangan O’zbekistonga qaramasdan, demokratik rejimga ega bo’lishi muhimdir. Markaziy Osiyoning ko’pgina mamlakatlari qishloq xo’jaligi va ishlab chiqarish sohasida to’g’ridan-to’g’ri xalqaro kapitallarni o’zlashtirishdi, O’zbekiston esa tog’-kon, qishloq xo’jaligi, energetika, xizmat ko’rsatish, to’qimachilik va sayyohlik sohalarida ko’plab to’g’ridan-to’g’ri xalqaro kapitallarni o’zlashtirdi. Shunga qaramay, har ikki holatda ham tabiiy resurslar ko’pligi sababli mamlakatlar to’g’ridan-to’g’ri xalqaro kapitallarni jalb qilishdi. Nihoyat, Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun qonun ustuvorligini ta’minlash muhimdir, biroq O’zbekistonga nisbatan amalga oshirilgan huquqiy islohotlar ko’proq xalqaro kapitallarni jalb qilish uchun yetarli emas edi, biroq O’zbekiston hukumati mintaqaning boshqa mamlakatlariga nisbatan muvaffaqiyatli atrof-muhit siyosatini qo’lladi.


2018 yilga kelib ham mamlakatimizda investitsiyaga doir qator ijtimoiyiqtisodiy islohotlar amalga oshirildi. 2018 yil 21 iyunda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida tarmoqlar va hududlarda investitsiya loyihalarini amalga oshirish holati, to’g’ridan-to’g’ri xalqaro kapitallarni jalb etish va o’zlashtirish natijalari tahliliga bag’ishlangan videoselektor yig’ilishi bo’lib o’tdi. Mamlakatimizda investitsiya muhiti yaxshilangani natijasida iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarga to’g’ridan-to’g’ri sarmoyalar faol kirib kelmoqda. Xususan, 2018- yilning besh oyida 776 ta yangi qo’shma va xorijiy korxona ro’yxatdan o’tkazildi. Bu o’tgan yilning mos davriga nisbatan 496 taga ko’pdir. Yig’ilishda Prezidentimiz investitsiyalarni, eng avvalo, to’g’ridan-to’g’ri xalqaro kapitallarni jalb etish va samarali o’zlashtirishni ta’minlash – barcha darajadagi rahbarlarning eng muhim vazifasi ekanini alohida ta’kidladi. Xorijiy davlatlarga tashriflar va muzokaralar natijasida qiymati 17 milliard dollar bo’lgan 182 ta istiqbolli loyihani amalga oshirish to’g’risida birlamchi kelishuvga erishilgan. Ushbu investitsiyalarni o’zlashtirish biznes-reja va texnikiqtisodiy asoslarni tayyorlash bilan bog’liq. Shu bois bu boradagi ishlarni jadallashtirish, xalqaro kapitallarni istiqbolli loyihalarga yo’naltirish va yuqori samaradorlikka erishish bo’yicha ko’rsatmalar berildi. Keng imkoniyatlari bo’lishiga qaramay, Buxoro viloyatida xalqaro kapitallar ishtirokida 10 ta loyiha, Navoiyda 9 ta, Qashqadaryoda atigi 1 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, Qashqadaryoda 13 tumanda, Farg’onada 11, Surxondaryoda 10, Toshkent, Buxoro, Jizzax viloyatlarida 8 tadan, Xorazm, Navoiy viloyatlarida 7 tadan, Qoraqalpog’iston va Samarqandda 6 tadan, Andijon va Sirdaryoda 5 tadan, Namangan viloyatida 4 ta tumanda xalqaro kapital ishtirokida birorta ham loyiha rejalashtirilmagani tanqid ostiga olindi.
O’zbekiston Respublikasi investitsiya siyosati xalqaro kapitallarni jalb qilish uchun yanada qulay shart-sharoitlarni ta’minlash, xalqaro kapitallarni ishonchli huquqiy himoya qilishning amaliy mexanizmini barpo etish, mana shu asosda mamlakatdagi investitsiya muhitini yanada yaxshilashda MDH mamlakatlari orasida yetakchi hisoblanadi





Asosiy kapitalga bo’lgan investisiyalar o’sish su’ratlari .9 1.3 1- rasm


Rasmda 2017,2018,2019 yilar tasvirlangan bo’lin unda investitisiyalr kirimi



9 Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika Qo’mitasi
oshib boryotganini ko’rishimiz mumkin 2017 yilda 107.1% 2018yilda 118.1% 2019yilda 133.9% ni tashkil qilayotganini ko’rishimiz mumkin.
Sohaning muhim me’yoriy hujjatlari: Hozirgi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotiga chet el investitsiyalarini jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularni huquqiy himoya qilishning amaliy mexanizmiarini joriy etish va investitsion muhitni yanada yaxshilash iqtisodiy rivojlanish sohasidagi eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Xorijiy investorlаr vа xalqaro kapitallаr ishtirokidаgi korxonаlаr tomonidаn o’z ishlаb chiqаrish ehtiyojlаri uchun olib kelinаyotgаn mol-mulkni аniqlаsh tаrtibi to’g’risidа markazlashgan va markazlashmaga investitsiyalar kiritilgan



Markazlashgan va arkazlashmagan investitsiyalar ko’lami 2018 – 2019 yil yanvar mart oylarida foiz ko’rinishida .10 1.3 2 - rasm


Rasmda 2018 yil markazlashmagan investitsiylar 97.6% markazlashgan 13.2% tashkil qilgan.2019ga kelib bu ko’rsatkich markazlashmagan 86.8% foizga

10 Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika Qo’mitasi
tushib markazlashgan 13.2 % ga ko’tarilganini koo’rishimiz mumkin
Rasmda 2018 yil markazlashmagan investitsiylar 97.6% markazlashgan 13.2% tashkil qilgan.2019ga kelib bu ko’rsatkich markazlashmagan 86.8% foizga tushib markazlashgan 13.2 % ga ko’tarilganini koo’rishimiz mumkin
Bugungi kunda salohiyatli xorijiy investorlar investitsiya kiritishning quyidagi turli shakllarini

  • 100 % xorijiy kapital asosida korxona tashkil etish;

  • Xususiylashtirilayotgan korxonalar aksiya paketlarini bir qismi yoki yarmini sotib olish.

  • Hamkorlik qo’shma korxona tashkil etish;

Xalqaro kapital asosida tashkil etiladigan korxonalarga quyidagi shartlar qo’yiladi:

  • Ustav fondida eng kamida 150 ming AQSh dollariga teng mablag’ning bo’lishi;

  • Korxona tashkilotchilaridan biri xorijiy yuridik shaxs bo’lishi lozim;

  • Korxona ustav fondidagi mablag’ning eng kamida 30 %i xalqaro kapital ulushi bo’lishi lozim.

О’zbekiston iqtisodiyoti bugun jahon iqtisodiyotining ajralmas qismiga aylandi. Mamlakatimiz eksport salohiyati yildan-yilga oshmoqda, tashqi bozorlarga xomashyo emas, yuqori qo’shimcha qiymatga ega tayyor mahsulotlar yetkazib berilmoqda. O’zbekiston sanoatini rivojlantirish bo’yicha belgilangan ustuvor yo’nalishlar amalga oshirilayotgan investitsiya siyosati bilan bevosita bog’liqdir. O’zbekistonda investorlar uchun qulay investitsiya muhiti, imtiyozlar va preferensiyalar tizimi yaratilgan. Iqtisodiyotimizga jalb etilayotgan xalqaro kapitallar oqimining yildan-yilga ko’payib borayotgani ham shundan dalolat beradi.


Mamlakatimizning investitsion jozibadorligi keng ko’lamli sotish bozorlarining mavjudligi, Yevroosiyoning investitsion hamda savdo-iqtisodiy hamkorlik istiqbollarini belgilab beruvchi multimodal kommunikatsiya tizimiga integratsiyalashgan transport infratuzilmasining rivojlangani bilan ham bog’liq. O’zbekistonga investitsiya kiritayotgan xorijiy kompaniyalar beshta yirik va jadal rivojlanib borayotgan bozor- 300 milliondan ortiq kishi savdo-sotiq qiladigan bozorlarga ega MDH mamlakatlari, Markaziy va Sharqiy Yevropa, Janubiy hamda Janubi-sharqiy Osiyo, Yaqin Sharq davlatlariga chiqish imkoniga ega bo’lmoqda. Xalqaro investitsiya huquqining asosiy qoidalari, jumladan, xorijiy investorlar huquqlarini kafolatlash, investorlarga muayyan preferensiyalar taqdim etish to’g’risidagi qoidalar va boshqalarni o’zida mujassam etgan. O’zbekiston Respublikasining investitsiya qonunchiligi MDH mamlakatlari qonunchilik tizimida yetakchi o’rinlardan birini egallaydi. “Xalqaro kapitallar to’g’risida”gi, “Investitsiya faoliyati to’g’risida”gi, “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to’g’risida”gi qonunlar, shuningdek, davlatimiz rahbarining va hukumatimiz qarorlari shaklida qabul qilinayotgan qator





e’yoriy-huquqiy hujjatlar O’zbekiston Respublikasida xalqaro kapitallarni jalb qilishni huquqiy jihatdan tartibga solishda mustahkam asos bolib xizmat qilmoqda.
Jumladan, yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni rivojlantirishga to’g’ridan- to’g’ri qo’yilmalar kiritayotgan xorijiy investorlar uchun maksimal darajada qulay investitsiya muhitini yaratish. ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash bo’yicha loyihalarni amalga oshirish uchun xalqaro kapitallar jalb etilishini rag’batlantirish, shuningdek, xalqaro kapitallar ishtirokidagi korxonalar faoliyatiga davlat va nazorat idoralari tomonidan noqonuniy aralashuvlarga yo’l qo’ymaslik maqsadida 2012-yilning 10-aprelida Prezidentimiz Islom Karimovning “To’g’ridan-to’g’ri xalqaro kapitallar jalb etilishini rag’batlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi farmoni qabul qilindi.Mamlakatimizda samarali qonunchilik bazasi yaratilgani tufayli iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarida xalqaro kapitallar ishtirokida 4 mingdan ziyod korxona tashkil etilib, muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatmoqda.
2018-yilda Investitsiya dasturi doirasida moliyalashning barcha manbalari hisobidan umumiy qiymati qariyb 2 milliard 700 million dollardan iborat bo’lgan 150 ta ishlab chiqarish yo’nalishidagi loyihani amalga oshirish ishlari nihoyasiga yetkazildi. Bular qatorida Toshkent issiqlik elektr markazida kogeneratsion gaz turbinali texnologiyani joriy etish; Janubiy O’rtabuloq – Muborak gazni qayta ishlash zavodi gaz quvurini va kompressor stansiyasini barpo etish orqali Somontepa va Janubiy O’rtabuloq konlarini to’liq jihozlash; «Angren» konini modernizatsiya qilish orqali Yangi Angren issiqlik elektr stansiyasining 1-5-energiya bloklarini yil davomida ko’mir bilan ishlashga o’tkazish; «Angren» maxsus industrial zonasi hududida
«Ohangaron» podstansiyasini rekonstruksiya qilish, «Bekobod sement» ochiq aksiyadorlik jamiyatida yangi liniya qurish hisobidan faoliyat ko’rsatayotgan sement ishlab chiqarish jarayonini modernizatsiya qilish, “Quyuv-mexanika zavodi” sho’ba korxonasida metall quyishni rekonstruksiya qilish va boshqa yirik loyihalar borligini alohida qayd etish lozim. Shu bilan birga, Toshkent va Namangan viloyatlarida zamonaviy to’qimachilik komplekslari, Jizzax va Xorazm viloyatlarida yigiruv va to’quv, Samarqand viloyatida sport poyabzallari ishlab chiqarish korxonalari tashkil etildi. Oziq-ovqat sanoati bo’yicha 21 ta korxonada ishlab chiqarish modernizatsiya qilindi va texnik qayta jihozlandi.
Ma’lumki, biz mamlakatimizdagi ishlab chiqarish korxonalarini modernizatsiya qilish va yangilash, zamonaviy innovatsiyalarga asoslangan va yuksak samarali texnologiyalarni joriy etish bo’yicha o’z oldimizga katta maqsadlar qo’yganmiz. Ularni amalga oshirishda kerakli imtiyozlarga ega bo’lgan maxsus industrial zonalarni tashkil etish yo’lida oxirgi yillarda biz ko’pgina tajribalarga ega bo’lmoqdamiz. Buning amaliy tasdig’ini «Navoiy» va «Angren» maxsus industrial zonalari faoliyati misolida ko’rish mumkin.
Navoiy» erkin industrial-iqtisodiy zonasi tashkil etilganidan buyon uning hududida umumiy qiymati 100 million dollardan ziyod bo’lgan 19 ta investitsiya loyihasi bo’yicha ishlab chiqarish korxonalari ishga tushirildi. Jumladan, yuksak texnologiyalar asosida modem va televizorlar uchun pristavkalar, elektr energiyani elektron hisoblagichlar, yuqori kuchlanishga chidamli kabellar, issiqlik va suv isitish qozonlari, mobil va statsionar telefon apparatlari, tayyor dori vositalari va boshqa turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi.
«Angren» maxsus industrial zonasi hududida qisqa muddatda umumiy qiymati qariyb 44 million dollar bo’lgan 5 ta loyiha asosida energiyani tejaydigan diodli yorug’lik lampalar, turli kattalikdagi mis quvurlar, ko’mir briketlari kabi yuksak texnologiyalar asosidagi mahsulotlar ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. Shuningdek, shakar ishlab chiqarish bo’yicha yangi zavod va boshqa korxonalar tashkil etildi.
O’zbekiston Respublikasining 2019-yilgi Investitsiya dasturida nazarda tutilgan investitsiya loyihalarini o’z vaqtida va sifatli amalga oshirish mamlakatni ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirishning, yangi ishlab chiqarish quvvatlari va ish joylarini yaratish, infratuzilmani takomillashtirish hamda hududlarni obodonlashtirish va xalq farovonligi darajasini oshirishning g’oyat muhim omili hisoblanadi.
Shu bilan birga, mazkur sohadagi ishlarning holatini tahlil qilish investitsiya loyihalarini o’z vaqtida va to’la-to’kis amalga oshirishga, investitsiyalarni jalb etish va o’zlashtirishga to’sqinlik qilayotgan ayrim tizimli kamchiliklar mavjudligini ko’rsatdi.
Xususan, O’zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturini shakllantirishning amaldagi tizimi istiqbolli investitsiya loyihalarini bosqichma-bosqich tayyorlashni, loyiha hujjatlari o’z vaqtida ishlab chiqilishini ta’minlamayapti, bu esa moliyalashtirishning ochilishi, mablag’lar o’zlashtirilishi, oqibatda esa quvvatlar ishga tushirilishi kechiktirilishiga olib kelmoqda. Investitsiya dasturlarini ishlab chiqish va monitoring qilish jarayoniga ilg’or axborot-kommunikatsiya texnologiyalari tatbiq etilmagan.Investitsiya dasturlarini shakllantirishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish, O’zbekiston Respublikasining 2019-yilgi Investitsiya dasturi so’zsiz, o’z vaqtida va sifatli bajarilishini, investitsiya loyihalarini monitoring qilishning samarali mexanizmlari joriy etilishini, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaga investitsiyalarni jalb etishni ta’minlash, barcha darajadagi davlat organlari, tashkilotlar rahbarlari va hokimlarning ushbu sohadagi shaxsiy javobgarligini kuchaytirish maqsadida:

  1. Belgilansinki, 2020-yildan boshlab O’zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi tarmoqlar va hududlarni rivojlantirishning tasdiqlangan konsepsiyalari va dasturlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida uning asosiy ko’rsatkichlarini har yili aniqlashtirib va yangilab borgan holda uch yillik davrga shakllantiriladi.

  2. 2020 — 2022-yillarda O’zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturi loyihasini (keyingi o’rinlarda — Dastur) shakllantirish sxemasga muvofiq tasdiqlansin.

Xulosa


Mustaqillik boshlarida boshlangan iqtisodiyotni, shu jumladan sanoat korxonalarini texnik qayta qurollantirish, modernizatsiya qilish va uning investitsion faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan ishlar bugunga kunda o’z samarasini bermoqda. Buning natijasida sanoat tarmog’i iqtisodiyotimizni yetakchi tarmog’iga aylandi. O’zbekistonda amalga oshirilga iqtisodiy islohotlar natijasida qulay investitsiya muhiti shakllantirildi, ya’ni qulay investitsiya muhitini shakllanishida iqtisodiy rivojlanishning barqaror sur’atlariga erishilayotganligi va bozor institutlarining mavjudligi hamda eng avvalo, mustahkam qonunchilik bazasi, rivojlangan bank- kredit va investitsiyalashni davlat tomonidan qo’llab quvvatlash kabi chora-tadbirlar tizimlari yaratilganligi sabab bo’lmoqda.
Turli iqtisodchi – olimlarning investitsiyalar va investitsiya faoliyati atamlariga bergan ta’riflari hamda qarashlari tahlil qilindi.
Mamlakat iqtisodiy qudrati va xalq farovonligi bilan bog’liq tarmoqlarning eksport salohiyatini oshirishda muhim o’rin egallaydi. Shu bois, 93 sanoat tarmog’iga investitsiyalar jalb etishni kengaytirish, uni rivojlantirish strategik ahamiyatga ega bo’lgan yo’nalishlar qatoriga kiradi. Sanoat tarmog’i korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi ham yildan-yilga oshib bormoqda. Bunga sabab, korxonalarning texnik bazasi yangilanayotganini, ishlab chiqarish quvvatlarini oshayotganini ko’rsatish mumkin. O’zbekistonda sanoat korxonalari investitsiya loyihalarini moliyalash uchun xalqaro kapitallarni jalb etishga muhim qo’shimcha manba sifatida qaralishi lozim. Xalqaro kapitallar mahalliy investitsiyalarni to’ldirishi mumkin, biroq, ularning o’rnini bosolmaydi. Shu jihatlarni inobatga olganda, investitsiyalashning tashqi manbalarini kengaytirish tarmoq korxonalarining investitsiya faoliyatini yuksaltirishda ustuvor vazifa hisoblanadi.
Mahalliy investitsiyalarni jalb qilish orqali sanoat tarmog’i korxonalari investitsion faoliyatini rivojlantirish yo’llari, muammolarini o’rganish yuzasidan quyidagilarni ta’kidlash mumkin: sanoatdagi korxonalarida aksiya va obligatsiyalarni muomalaga chiqarish orqali ularni investitsion faoliyatni moliyalashtirishda qo’shimcha mablag’lar tarkibini kengaytirish lozim. Ma’lumki, investitsion faoliyatdagi kapital qurilish va texnik qayta jihozlash tadbirlari uchun kreditlar kerak. Bu jarayonda respublikada investitsion faoliyatni jadallashtirishda tijorat banklari alohida o’rin tutadi. Shu nuqtai-nazardan, sanoat korxonalarini investitsiya faoliyatini moliyalashtirish uchun tijorat banklari kreditlaridan ham foydalanish kerak. Sanoat korxonalarini investitsiya faoliyatini moliyalashtirishni takomillashtirishda investitsiya va investitsiya faoliyatini o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqish zarur. Ichki va to’g’ridan-to’g’ri xalqaro kapitallarni sanoat korxonalariga jalb etish va ularni investitsion faoliyatini moliyalashtirishni takomillashtirish orqali kelgusida ushbu tarmoqni modernizatsiya qilish hamda rivojlantirish strategiyasini asoslash va eksportga mahsulotlar ishlab chiqarish ko’lamini kengaytirishda foydalanish mumkin. Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni amalga oshirishda asosiy kuch bu elektr-energiya hisoblandi. Ayrim chekka joylarda elektr-energiya quvvati past bo’lib, bu masalaning yechimi sifatida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ko’rsatish mumkin. Shuning uchun quyosh batareyalari yoki shamol parraklaridan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Sanoat korxonalarini barpo etish va ishlab chiqarishini tashkil etish uchun qishloq joylarda barcha shart- sharoitlar (yer, suv va xom-ashyo) yetarli. Shuning uchun sanoat korxonalarini qishloq joylarda barpo etish va u yerda qayta ishlab chiqarishni rivojlantirish zarur. Buning uchun investitsiyalarni qishloq joylarga jalb etish maqsadga muvofiq hisoblanadi

Yüklə 241,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə