Nafas olish sistemasi kasalliklarini o’rganishning zamonaviy usulllari



Yüklə 13,3 Kb.
səhifə2/5
tarix23.12.2023
ölçüsü13,3 Kb.
#155257
1   2   3   4   5
nafas olish

Funksional tekshirishlarning vazifasi bronxlar o ‘tkazuvchanligidagi o'zgarishlar xilini aniq bilib olish (differensial diagnostika o ‘tkazish), xastalikning klinik ko'rimshlari rosmana avj olmasidan turib, uni barvaqt aniqlab olish, qilinayotgan davoning nechog'li naf berayotganini baholash va patogenetik davoni asoslashdan iboratdir. Klinika amaliyoti va tekshirish ishlarida o‘pka hajmlari va jaddallik bilan o'pkaga kirib undan chiqib turadigan havo oqimlarini o ‘lchash usullari quyidagi hollarda qo‘llaniladi: - o ‘pka xastaligi bor deb taxmin qilingan yoki shunday xastalik borligi aniqlangan kishilarda diagnozni aniqlash uchun; - o‘pka kasalliklari bilan og‘rigan bemorlami davolashda allergenlar eliminatsiyasi darajasini, dori-darmonlar bilan qilinayotgan davening samaradorligini monitorlash uchun; - respirator o ‘zgarishlarning og'irlik darajasiga asoslanib turib, oqibat qanday bo‘lishini oldindan aniqlash uchun; - nafas yetishmovchiligini baholash uchun; - aholi orasida respirator tizim holatini skrining monitoringi uchun.

Pnevmotaxografiya (PTG)

  • Odam tinch nafas olib turgan va ma’lum harakatlarni bajarayotgan mahalda havo harakatining hajmiy tezligini grafik yo’1 bilan qayd qilish metodidir. U hozir o ‘pka ventilyatsion funksiyasini tekshirish uchun eng k o ‘p qo‘llaniladigan metodlardan biri. Ushbu metodning ko‘p ishlatilishiga sabab shuki, bunda tekshiriladigan ko‘rsatkichlami osongina va to‘g‘ri qayd qilish, takrorlab ko‘rish mumkin. Muhimi shu metod yordamida avvalo bronxlar obstruksiyasi sindromini baholash uchun ko‘pgina axborot beradigan natijalarni olsa bo‘ladi. Metod shu jihatdan ham qulayki, tekshiriladigan odam naycha orqali ochiq kontur doirasida nafas oladi va nafas olish uchun amalda hech bir q iy in ch ilik sezmaydi. Pnevmotaxografning o'lchovchi qismi modulyatordan iborat bo‘lib, u naychaning boshi va oxiridagi bosim farqini, turbinchaning aylanish tezligini, naychaning uchlaridagi havo haroratining farqlarini va boshqalarni qayd qilib borishi mumkin (Fleysh naychasi). Odam tinchgina nafas olib turganida qayd qilingan pnevmotaxogramma spirogrammaning birinchi xulosasidir. Pnevmotaxogrammada nafas siklining vaqt mobaynida o ‘zgarib turadigan ko‘rsatkichlarini, nafas chiqarish va nafas olishning eng katta, ya’ni oxirgi tezliklarini, shu nafas fazalarining o ‘rtacha tezliklarini spirogrammadagidan k o ‘ra aniqroq, yaqqolroq qilib baholash mumkin. Shunday qilib, tinch holatdagi nafas patterning (modeli) ko'rsatkichlarini oson aniqlab olsa bo'ladi.

Yüklə 13,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə