|
![](/i/favi32.png) Nahj ul-farodisI bob bo ‘yicha xulosalar
|
səhifə | 11/22 | tarix | 23.12.2023 | ölçüsü | 0,58 Mb. | | #157239 |
| Mahmud Ali Kadariy shablon tayyoriI bob bo ‘yicha xulosalar
II. BOB. “ Nahj ul-farodis “ qo‘lyozmasi va uning Janos Eksman nashridagi matniy farqliklar
2.1. Arab yozuvidagi so‘zlarning ikki xil o‘qilishi asosida vujudga kelgan farqliklar
Ma’lumki arab grafikasida ba’zida qisqa unlilar ko’rsatilmaydi. Qo’lyozmalarda deyarli harakatlar qo’yilmaydi. Turkiy tilda yozilgan bir matnni tilning o’z xususiyatidan kelib chiqib turli xil qilib o’qishga omil bo’ladi. Shuning e’tiboridan qaraydigan bo’lsak, “Nahj ul-farodis” Xorazm turkchasida yozilgani e’tirof etilsada, lekin noshirlar tarafidan xususan Janos Eksman nashrida “A” unlilari “E” yoki “O” shaklida talaffuz qilingan. Masalan “birla” kalimasining oxiridagi qisqa “a” unlisini “e” qilib “birle” deb talaffu qilingan. Yoki “e” unlilari “i” shaklida talaffuz qilingan. Yoki “u” unlisi “o‘” bo’lib “ul” kalimasi “o‘l”shaklida, “o” unlisi “o‘” shaklida, “u” o‘” shalida “Usmon” “O’sman” yoki “Umar “O’mar” shaklida talaffuz qilinganligi kuzatilgan. Bulardan tashqari so’zlarning oxirida kelgan kelgan “g” undoshini “k” undoshiga alishtirib o’qilgan joylari ham ko’zga tashlanadi. Masalan, “Muhammadga” degan so’z “Muhammedke” shaklida talaffuz qilinganini ko’rish mumkin. Garchi qo’lyozmada aninq keltirilgan bo’lsada “b” undoshi “p” shaklida ‘teb” “tep” holatida yoki “z” undoshi “d” undoshiga, “s” unlisini “z” unlisiga alishtirib “mas” sifatdosh qo'shimchasini “mas” emas balki “maz” deb talaffuz qilinishiga omil bo’lgan. Bu esa fonetik jihatidan asarning ma’lum bir so’zlariga muayyan ta’sirini ko’rsatgan. Qo’lyozma Xorazm turkchasida yozilgani e’tiboridan noshir fonetik jihatiga e’tibor qaratishi kerak edi. Afsuski, nashrda bu holat e’tibordan soqit qilingan. Natijada hozirgi turkcha holatida nashrga tayyorlangan, bu esa nashrni garchi lotin yozuvida bo’lsa ham o’zbek o’quvchisi o’qishiga qiyinchilik tug’diradi. Bundan tashqari, ayrim so‘zlarning ma’nolari o’zgarib ketgan holati ham kuzatilatdi. Masalan, “at” “ot” yoki “o’tlar” so’zi “otlar” shakliga o’tib, ko’p o’rinlarda ma’no buzilish holatlari kuzatiladi. Qo’lyozmadagi “ular” nashrda “onlar” qilib “n” undoshi ortib o’qish hodisasi kuzatilishi mumkin. Bu masalalarni o’rganib chiqish qo’lyozmani to’g’ri nashr qilishga omil bo’ladi. Yuqoridagi farqliklarni quyda jadval asosida bob va fasl kesimida ko’rishimiz mumkin:
Dostları ilə paylaş: |
|
|