Nahj ul-farodis



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə6/22
tarix23.12.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#157239
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Mahmud Ali Kadariy shablon tayyori

XULOSA VA TAKLIFLAR-------------------------------------------------
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI---------------------
ILOVALAR-----------------------------------------------------------------------
KIRISH
Mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi. Jahon tamaddunida oʼchmas iz qoldirgan buyuk ajdodlarimiz, xususan, Markaziy Osiyo hududidan yetishib chiqqan olimlarning boy merosini oʼrganishga boʼlgan eʼtibor yanada ortib bormoqda. Аna shu maʼnoda bu meʼrosni har jihatdan keng koʼlamda tadqiq etish va ilmiy muomalaga kiritish, barcha xalqlar jumladan oʼzbek matnshunosligida ham dolzarb ahamiyat kasb etadi. Аjdodlarimizdan meros qolgan yozma yodgorliklarning salmoqli qismi oʼzbek tilidadir. Mumtoz adabiyotimizda aks etgan ijtimoiy gʼoya va yuksak maʼnaviy qadriyatlarni qoʼlyozma manbalardan oʼrganar ekanmiz, bu boy meʼrosimizning oʼzlikni anglashda muhim vositalardan biri ekanligini yanada chuqurroq anglaymiz. Xususan, diniy-axloqiy gʼoyalar, milliy-maʼnaviy qadriyatlar va komil insonni tarbiyalash muammolarini oʼzida mujassam etgan oʼzbek tilidagi “Nahj ul-farodis “ ni matniy tadqiq etish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Shu bois oʼzbek tilida bitilgan “Nahj ul-farodis “ ni matnshunoslik va adabiy manbashunoslik nuqtai nazaridan oʼrganish sohaning ustuvor vazifalaridan hisoblanadi.
Dunyo matnshunosligida olib borilgan bir qator ilmiy izlanishlar turkiy tillarda, xususan oʼzbek tilida bitilgan “Nahj ul-farodis” diniy-axloqiy gʼoyalar, asarning matniy tahlili, badiiy tasvir vositalarining mualliflar tafakkurini aks ettirishdagi ahamiyati haqidagi ilmiy maʼlumotlar berilgani bilan ahamiyatlidir. Oʼzbek “Nahj ul-farodis” ni matniy tadqiq etishda xolis va haqqoniy yondashuv asosidagi tadqiqot alohida ahamiyat kasb etadi. Shu maʼnoda Turkiyaning Istambul shahridagi Sulaymoniya kutubxonasida 879 inv. Raqami ostida saqlanayotgan oʼzbek tilidagi “Yangi Jome” nusxasi jahon va milliy matnshunosligimiz erishgan yutuqlar asosida tadqiq etish zarurati mavzuning dolzarbligini belgilaydi.
Oʼzbekistonda istiqlol yillarida milliy oʼzligimiz va maʼnaviyatimizning ajralmas qismi boʼlgan yozma yodgorliklarimizni oʼrganish borasida salmoqli ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilmoqda. Oʼzbek matnshunosligida “Qissasi anbiyo”, “Qissasi Rabgʼuziy”, “Qissasi Ibrohim Аdham”, “Hikmatlar” kabi diniy-maʼrifiy mavzudagi asarlar ustida manbashunoslik va matnshunoslik tadqiqotlari amalga oshirilgan. Biroq, ona tilimizda yaratilgan “Nahj ul-farodis” hanuzgacha monografik tadqiq etilmagan. Mumtoz adabiyotimizda meʼroj mavzui aks etgan oʼziga xos janriy shakllar mavjudligi mavzu tadqiqi nafaqat matniy, balki, ilmga asoslangan sof islomiy eʼtiqod hamda badiiyat jihatdan ham muhimligini isbot etadi. Shu bilan birga oʼzbek tilidagi “Nahj ul-farodis” matniy-qiyosiy tadqiqi milliy va jahon tekstologiyasi yangi qirralarini ochib berishga xizmat qiladi. Binobarin, “Biz butun jahon jamoatchiligiga islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini yetkazishni eng muhim vazifa, deb hisoblaymiz. Biz muqaddas dinimizni azaliy qadriyatlarimiz mujassamining ifodasi sifatida behad qadrlaymiz. Islom dini bizni ezgulik va tinchlikka, asl insoniy fazilatlarni asrab-avaylashga daʼvat etadi” . Shu nuqtai nazardan, oʼzbek matnshunosligida turkiy tildagi “Nahj ul-farodis «tadqiqi mavzusi oʼzligimiz, milliy kitobatchiligimiz va ona tilimizni oʼrganishning asosiy manbalari boʼlib qolmasdan, unda muqaddas Islom dini asosida yuksak maʼnaviyatga ega boʼlgan komil insonni tarbiyalash, sogʼlom eʼtiqod va maʼrifat orqali teran tafakkurga, goʼzal xulqqa targʼib qilish gʼoyalarining badiiy ifodasi ham mujassamdir.
Hukumatimiz tomonidan “Boy tarixiy, ilmiy, maʼnaviy-intellektual merosimizni saqlash, ilmiy tahlil qilish..., oʼrta asrlarda hozirgi Oʼrta Osiyo hududida yashab ijod qilgan alloma va mutafakkirlarning tarix, adabiyot, falsafa va boshqa ijtimoiy fanlar, islom dini va ilohiyotiga oid merosini tadqiq qilishni kengaytirish va chuqurlashtirish; matnshunoslik, adabiy manbashunoslik, tilshunoslik, falsafa, madaniyat tarixi sohalarida milliy madaniy merosimizning hali oʼrganilmagan koʼpgina qatlamlarini ochib berishga yoʼnaltirilgan ilmiy tadqiqotlarga alohida eʼtibor qaratish” kabi vazifalarni bajarish oʼzbek matnshunosligining dolzarb muammolari va ustuvor yoʼnalishlaridandir. Sharq mumtoz adabiyoti chuqur mazmuni, maʼrifati, kuchli balogʼati bilan oʼziga xosdir. Shu sababdan mumtoz adabiyotimizga, uning qimmatli qoʼlyozma manbalariga qiziqish soʼnggi yillarda yanada ortib, ular tadqiq va tahqiq etilib borilmoqda. Jahon madaniy yodgorliklarining ajralmas qismi mumtoz adabiyotimizda munosib oʼringa ega boʼlmish turkiy tildagi “Nahj ul-farodis” oʼziga xosligi bilan qimmatlidir.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 24 maydagi PQ-2995-son “Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targʼib qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi, 2017 yil 23 iyundagi PQ-3080-son “Oʼzbekistonda Islom sivilizatsiyasi markazini tashkil etish toʼgʼrisida”gi qarorlari, 2022 yil 10 fevraldagi PQ-126-son “Qadimiy yozma yodgorliklarni saqlash va tadqiq etish tizimini takomillashtirishga doir qoʼshimcha chora tadbirlar toʼgʼrisida”gi qarori, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 16 fevraldagi 124-F-sonli “Oʼzbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosda oʼrganish va targʼib qilishning dolzarb masalalari» mavzusidagi xalqaro konferentsiyani oʼtkazish toʼgʼrisida”gi farmoyishi hamda sohaga tegishli boshqa meʼyoriy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu dissertatsiya muayyan darajada xizmat qiladi. Zotan, tarix va adabiyot xalq ma’naviyatining asosidir. Shu o’rinda Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev: “Dunyo shiddat bilan o’zgarib, barqarorlik va xalqlarning mustahkam rivojlanishiga rahna soladigan turli yangi tahdid va xavflar paydo bo’layotgan bugungi kunda ma’naviyat va ma’rifatga, axloqiy tarbiya, yoshlarning bilim olish, kamolga yetishda intilishiga e’tibor qaratish har qachongidan ham muhimdir. Aynan ta’lim va ma’rifat bashariyat farovonligining asosiy omillaridan hisoblanadi, insonlarni ezgulikka da’vat etadi, saxovatli, sabr- qanoatli bo’lishga undaydi. Muqaddas islom dinimiz bizga aynan shuni o’rgatadi. Bunday yondashuv davr talabidir”1, - deya ta’kidlagan fikrlarini aytishimiz mumkin.


Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə