Namangan davlat Universiteti Iqtisodiyot fakulteti I. X. F au-22 guruhi talabasi Ibragimova Mehrixonning Menejment fanidan tayyorlagan taqdimoti



Yüklə 57,05 Kb.
tarix19.05.2023
ölçüsü57,05 Kb.
#111353
Презентация3

Namangan davlat Universiteti Iqtisodiyot fakulteti I.X.F AU-22 guruhi talabasi Ibragimova Mehrixonning Menejment fanidan tayyorlagan taqdimoti.


Xodimlarni boshqarish – korxonada band bo’lgan kishilar salohiyatini rivojlantirish va undan samarali foydalanish, ularning normal faoliyat ko’rsatishi uchun zaruriy shart – sharoitlar yaratish bo’yicha o’zaro bog’langan tashkiliy – iqtisodiy va ijtimoiy tadbirlar tizimi tushuniladi.
Xodimlarni boshqarish ikki xil usulda amalga oshiriladi
1 – Funksional boshqaruv
2 – Tashkiliy boshqaruv
Xodimlarni boshqarish.
Funksional boshqaruv – bevosita kadr masalasini hal etish bilan bog’liq vazifalar, yani kadrlarni tanlash, ishdan bo’shatish, malakasini oshirish kabi funksiyalarni qamrab oladi.
Tashkiliy boshqaruv – Kadrlar ishi uchun bevosita javob beruvchi barcha shaxs va institutlar, yani rahbarlar, kadrlar bo’limi, kasaba uyushmalar va boshqalarni o’z ichiga oladi.
Xodimlarni Rejalashtirish – bu inson omiliga bo’lgan ehtiyojni oldindan aniqlashdir. Bu jarayon uch bosqichdan iboratdir.
Mavjud hodimlarni baholash
Istiqbolda hodimlarga bo’lgan talabni rejalashtirish
Xodimlarni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish
Xodimlarni boshqarish samaradorligi ko’p jihatdan xodimlarni tanlashga bog’liq
Xodimlarni tanlash – bu ikki taraflama jarayondir. Bir tomondan korxona davogarga ish berish yoki bermaslikni hal qilsa,ikkinchi tomondan davogar agar ishga taklif qilinsa, u taklifni qabul qilishi kerakmi yoki kerakmasligini hal qiladi.
Xodimlarni Tanlash
Davogarlarni, ayniqsa o’zi haqida qisqacha malumotlarni taqdim etgan davogarlar haqida ko’proq malumot to’plash.
Ochiq berigan tavsiyalarga ortiqcha ishonmaslik, ularni shaxsan surishtirish
Nomzod haqida yetarli malumot olish uchun uning sobiq ish yutituvchisiga qo’ng’iroq qilish yoki u bilan shaxsan uchrashib suhbat qurish.
Har bir davogarni oilaviy va ijtimoiy ahvoli bilan tanishish.
Xodimlarni tanlashda ularning ko’p qirrali xislatlarini aniqlashga imkon beruvchi quyidagi maxsus usullar qo’llaniladi
1 – anketa malumotlarini tahlil qilish usuli
2 – ruhiy testlash usuli
3 – amaliy ish o’yinlarini o’tkazish usuli
4 – malakaviv testlash usuli
5 – Taqrizlarni tekshirish usuli
6 – suhbat o’tkazish usuli
7 – attestatsiyadan o’tkazish usuli
8 – reyting usuli

Nomzodlarga berilgan baholar va tavsiyalarni tahlil qilish hamda ular bilan suhbatlar olib borishda quyidagilarga etibor qaratish zarur. 1 – nomzodni topshirilayotgan ishni bajara olishi 2 – zarur hollarda kasbiy malumotini oshira bilishi 3 – texnikaga nisbatan etibori 4 – nomzodning fel – atvori 5 – unung halolligi mulohazaliligi va to’g’riligi 6 – tashabbuskorligi hayotga talabchanligi 7 – ishga hamda ish kunining davomiyligiga 8 – og’ir sharoitda o’zini tutishiga 9 – salomatligi tashqi ko’rinishi vaqtni taqsimlay bilishiga 10 – hunari va bo’sh vaqtidagi mashg’ulotlariga diqqat qilish lozim.

Jamoa tushunchasi, turlari, shakllanish bosqichlari


Guruh – bu muayyan belgiga, masalan sinfiy mansublikka birgalikda faoliyat ko’rsatishning mumkinligiga va uning harakteriga tashkil topish hususiyatlari va shu kabilar asosida ajralib turadigan insoniy umumiylikdir
Guruhlar tasniflanishiga ko’ra:
1 – kichik va katta guruhlar
2 – real (bog’langan) shartli (sinfiy,kasbiy,jinsiy,milliy,yosh) formal (rasmiy) va noformal (norasmiy).
3 – rivojlanish darajasi turlicha bo’lgan, yani rivojlangan va yetarli darajada rivojlanmagan yoki kam rivojlangan guruhlarga bo’linadi
Katta guruhlarga – firmaning mehnat jamoasi yoki ko’plab hodimlarni bir – biri bilan bevosita bog’laydigan,yagona bir rahbarga bo’ysunadigan,firma faoliyatiga oid barcha uchun umumiy bo’lgan ichki tartib qoidalariga amal qiladigan jamoani kiritish mumkin.
Katta guruhlar bazi bir belgilari (sinfiy,kasbiy,jinsiy,milliy,yosh)ga binoan ajratiladigan va birlashtiriladigan shartli guruhlar shaklida bo’lishi mumkin.
Katta guruhga kiritilgan kishilar hech qachon bir birlari bilan uchrashmagan bo’lsalar ham lekin bu hildagi guruhga ajratilgani uchun asos bo’lgan belgilarga ko’ra umumiy, ijtimoiy va ruhiy tarifga ega bo’lishi mumkin.
Kichik guruhlar – doimo umumiy bog’langanlikda bo’lib, unga kiruvchi shaxslarning o’zaro birlashuvidagi real harakati va ular o’rtasidagi real munosabatlar bilan o’zaro bog’langandir.
Kichik guruhlar rasmiy (formal) bo’lishi, yani yuridik jihatdan qayd etilgan huquq va burchlarga, normativ asosida o’rnatilgan tizimga, tayinlab va saylab qo’yilgan rahbarlikka ega bo’lishi mumkin.
Yuridik jihatdan qayd etilgan maqomga ega bo’lmagan shaxslararo munosabatlar (do’stlik, xayrixohlik, hamjihatlik, ishonch kabilar) bilan tarkib topgan norasmiy (noformal) guruhlar ham mavjud.

E’tiboringiz uchun rahmat!


Yüklə 57,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə