Namangan davlat universiteti Maktangacha, boshlang`ich ta`lim va jismoniy madaniyat fakulteti Maktangacha ta`lim yo’nalish



Yüklə 10,97 Kb.
tarix24.12.2023
ölçüsü10,97 Kb.
#160306
Namangan davlat universiteti



Namangan davlat universiteti
Maktangacha, boshlang`ich ta`lim va jismoniy madaniyat fakulteti
Maktangacha ta`lim yo’nalish
3-bosqich MTM-EU-21 guruh talabasi
Ubaydullayeva Mashhura
Maktabgacha ta’limda chet tili o’qitish
metodikasi fanidan bajargan


Research Project
Fan o’qituvchisi: Ma’mura Yuldasheva
Boʻlim. I
Oʻquvchi haqida umumiy maʼlumot(toʻliq ism sharifi,yoshi,birinchi til,til oʻrganish muhiti (oilasida va bogʻchada),qiziqishlari,xarakteri,motivatsiyasi,oʻziga xos xususiyatlari).
Ismoiljonov Ilyosbek.Yoshi 4da.Oilada 2ta farzand.Dadasi Ismoilov Ilhomjon,Onasi Burxoniddinova Dilshoda,ukasi Ismoiljonov Mustafo.Ilyosbek Maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchisi.Ilyosbekning ilk oʻrgangan tili oʻzbek tili.Oilasida hamma oʻzbek tilida gaplashadi.Ilyosbek Maktabgacha taʼlim tashkilotida Ingliz tili va Rus tillarini oʻrganadi.Maktabgacha taʼlim tashkilotida Ingliz va Rus tillari haftasiga 2_martadan 25_30 minut davomida oʻtiladi.Ilyosbek Hayvonlar,ranglar,mevalarni koʻproq Ingliz yoki Rus tilida aytadi.Xotirasi judayam yaxshi.Tarbiyachi bergan vazifalarini va oʻtgan mavzularini yaxshi va tez esda olib qoladi.Oʻzi judayam shoʻx,lekin juda aqlli bola.Bolalar bilan tezda chiqishib ketadi,begona joyga tezda moslasha oladi.Tengdoshlariga qaraganda ham til oʻrganishi va xotirasi ancha yaxshi rivojlangan.
Boʻlim.ll
Oʻquvchini muayyan mavzularni ingliz tilida bilish yoki bilmasligini aniqlash jarayoni haqida.
Men Ilyosbek bilan ingliz tilini qay darajada bilish yo bilmasligini turli xil oʻyinlar orqali sinab koʻrdim.Bu jarayonda Hayvonlarni rasmlari yopishtirilgan va ular oziqlanadigan ozuqalar yopishtirilgan stolning yoniga keldik.Ilyosbek Hayvonlarni rasmlarini olib ,nomini Ingliz tilida aytib,u hayvon oziqlanadigan ozuqasining yoniga yopishtirdi.Ozuqasining nomini ham ingliz tilida aytishi kerak boʻldi va bu jarayonni yaxshi uddaladi.Har bir yopishtirgan hayvon va ozuqalarini nomini Ingliz tilida judayam yaxshi aytdi.Xattoki ularning ranglarini ham aytdi.Bundan tashqari "Oshxona anjomlari"mavzusida ham oʻyin oʻtkazdik.Bu jarayonda bola kamdan-kam jihozlarning nomini bilmadi.Lk bu oʻtkazgan oʻyinlarimiz yordamida juda yaxshi bilib oldi.Undan tashqari Hayvonlar,oʻsimlik va ranglarni ham yanada mustahkamlab yodlab oldi.
Boʻlim.lll.
Muayyan mavzuni turli metodlarni qoʻllab oʻquvchini oʻqitish jarayoni haqida.
Men Ilyosbek bilan turli metodlarni qoʻllab koʻrdim.Bizda birinchi metod:We called who quickly and many fruits in the basket.Bunda bola turkiy mevalar yordamida oʻz savatchasini toʻldirishi kerak boʻladi.Shu metod yordamida Ilyosbekni mevalarni ingliz tilida qay darajada bilishini va ayta olishini bilib oldim.
Ikkinchi metod bu I named it my little houses in my garden.Bu oʻyinda bola xonasidan eng yaxshi koʻrgan,judayam yoqtirgan oʻyinchogʻini olib kelishi kerak hisoblanadi.Bola mashina,koptok,shar,kubik,nogʻora kabi oʻyinchoqmarni olib keladi.Olib kelgan oʻqyinchogʻining nomini,uning rangini,shaklini Ingliz tilida aytishi kerak boʻladi.
Boʻlim.lV
Oʻqitilgan mavzu boʻyicha oʻquvchini baholash va natijalarni aniqlash haqida.
Men Ilyosbekka oʻziga yoqqan usulda ukasi bilan oʻtkazgan metodlarimni oʻtkazib koʻrishini aytdim.Oradan vaqt oʻtgach U ukasi bilan turli xil oʻyinlar oʻynab,oʻyinlarida oʻynagan oʻyinchoqlari nomlarini va ranglarini Ingliz tilida aytib oʻynaganini va ukasiga ham oʻrgatganini aytdi.Ilyosbek savollarimga juda yaxshi javob berdi.Bundan judayam hursand boʻldim.Ilyosbekka metodlarim yordamida koʻplab narsalarni oʻrgatganim va uning ingliz tiliga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirganim uchun oʻzimdan ham juda hursand boʻldim.
Boʻlim.V.
Yakuniy xulosa(Ya'ni siz qoʻllagan metodlar boʻyicha qanday xulosaga keldingiz-?)
Xulosam shuki;men qoʻllagan metodlarim judayam yaxshi natija berdi.Bu metodlarim yordamida Ilyosbekni ingliz tiliga boʻlgan qiziqishini yanada oshirishga,hayvonlarni,oʻyinchoqlarni,ranglarni,meva-sabzavotlarni ingliz tilida yaxshi boʻlishiga erishdim.Ilyosbek bilan oʻtkizgan metodlarimiz judayam qiziqarli boʻldi.Ikkimiz uchun ham yaxshi natija berdi.Eng asosiysi bolani zeriktirmadi.Aksincha,uni tilga boʻlgan qiziqishini yanada orttirdi deb hisoblayman.Shu kabi metodlar bolaning harakatchanligini yanada oshirar ekan.
Yüklə 10,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə