Ingliz tilida diplomatik yozishmalarning tuzilishi



Yüklə 76,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix11.12.2023
ölçüsü76,56 Kb.
#145849
  1   2   3   4   5   6
Nosirova Shoiraxon Ulug\'bek qizi



SO’NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI 9-SON 
RESPUBLIKA ILMIY-USLUBIY JURNALI 13.04.2023 
383 
INGLIZ TILIDA DIPLOMATIK YOZISHMALARNING TUZILISHI 
 
Nosirova Shoiraxon Ulug'bek qizi 
Farg’ona davlat universiteti, Lingvistika (ingliz tili) yo’nalishi, 2-bosqich magistranti 
Pakirdinova Sharofat Abdumutallibjonovna 
Farg’ona davlat universiteti, Ingliz tili o'qitish metodikasi kafedrasi o'qlituvchisi 
 
Annotatsiya: 
Mazkur maqolada ingliz tilidagi diplomatik yozishmalarning
davlatlararo xatlarning tarkibi, tuzilishi haqida ma’lumotlar keltirib o’tilgan. Shuningdek, 
ingliz tilidagi ma’lum o’ziga xos xususiyatlar rus va o’zbek tillari bilan qiyoslangan holatlari 
ham bayon etilgan. 
Kalit so’zlar: 
diplomatiya, diplomatik munosabat, rasmiy xatlar, postskript va ilovalar 
 
THE STRUCTURE OF ENGLISH DIPLOMATIC WRITINGS 
 
Abstract: 
in this article is given information about the content, the structure of 
diplomatic writings and international letters. There are also certain points to discuss the 
comparison of some English peculiarities in writing with Russian and Uzbek. 
Keywords: 
Diplomacy, diplomatic relation, formal letters, postscript and enclosures. 
Davlatlararo yozishmalarni almashish diplomatik munosabatlarning ajralmas 
qismidir. Yozma 
ishdagi 
odob-axloq 
qoidalari 
ko'p 
asrlar 
davomida 
o'rnatilgan. Yozishmalar sun'iy yo'ldosh va kompyuter aloqasi, video telefon, telefon, 
teleks, faks kabi tobora kuchayib borayotgan raqiblarga ega bo'lishiga qaramay, hozirgi 
paytda u o'z mavqeini egallab turibdi. Shaxsiy aloqalar uchun bir mamlakatdan 
boshqasiga parvoz kamroq muammolarni keltirib chiqaradi. Shunga qaramay, og'zaki 
muzokaralarning afzalliklaridan tashqari, aytaylik, telefon orqali muzokaralar paytida 
ma'lumot almashishning samaradorligi, kamchiliklari ham bor – muzokaralarning 
yuqori narxi va eng muhimi, juda ko’p hollarda oddiy tushunmovchiliklar ham yuzaga 
kelishi mumkin. 
Diplomatik yozishmalar haqida to’xtaladigan bo’lsak, bunday ish xatlarini yozish 
oson ish emas, biznes xatlarini yozish sifatining aniq mezonlari mavjud: uslub, ohang, 
maxsus ishlatiladigan so’zlar, tuzilish va yozma ish odob-axloqining boy arsenalida 
ishlash. 
Albatta, ish xatini tuzishdan oldin, xatning qoralamasini chizish va iloji bo'lsa, 
fikrlaringizni qisqacha bayon qilishga urinish foydadan holi emas, bu ma'noga zarar 
yetkazmaydi. Xabaringizda nimani aniq bilishni va xabar berishni xohlayotganingizni 
aniq tushunishingiz kerak. 
Diplomatik maktubda ortiqcha ma'lumotlar ham qabul qilinmaydi. Muayyan 
savol ma'lum bir xatda yoritilishi kerak. Siz murakkab grammatik tuzilmalar va 



Yüklə 76,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə