Zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari
vositalarini
ta’lim jarayoniga kirib kelishi an’anaviy o’qitish usullariga qo’shimcha
ravishda yangi o’qitish shakli - masofaviy o’qitish yaratilishiga omil bo’ldi.
Masofaviy ta’limda talaba va o’qituvchi fazoviy bir-biridan ajralgan
holda o’zaro maxsus yaratilgan o’quv
kurslari, nazorat shakllari,
elektron
aloqa va Internetning boshqa texnologiyalari yordamida doimiy muloqotda
bo’ladilar. Internet texnologiyasini qo’llashga asoslangan masofaviy o’qitish
jahon axborot ta’lim tarmog’iga kirish imkonini beradi, integratsiya va o’zaro
aloqa tamoyiliga ega bo’lgan muhim bir turkum yangi funksiyalarni bajaradi.
Masofaviy ta’lim
– masofadan turib o’quv
axborotlarini almashuvchi
vositalarga asoslangan, o’qituvchi maxsus axborot muhit yordamida,
aholining
barcha qatlamlari va chet ellik ta’lim oluvchilarga ta’lim xizmatlarini
ko’rsatuvchi ta’lim majmuaidir.
Masofaviy o’qitish tizimi
– masofaviy o’qitish shartlari asosida
tashkil
etiladigan o’qitish tizimi. Barcha ta’lim tizimlari singari masofaviy o’qitish
tizimi o’zining tarkibiy maqsadi, mazmuni,
usullari, vositalari va tashkiliy
shakllariga ega.
Nima uchun masofaviy ta’lim kerak bo’lib qoldi?
Bu savolga javob
tariqasida quyidagilarni sanab o’tish mumkin:
- Ta’lim olishda yangi imkoniyatlar (ta’lim olishning arzonligi, vaqt va
joyga bog’liqmasligi va boshqalar).
- Ta’lim maskanlariga talaba qabul qilish sonining cheklanganligi.
- Ta’lim olishni xohlovchilar sonining oshishi.
- Sifatli axborot texnologiyalarining paydo bo’lishi va rivojlanishi.
- Xalqaro integratsiyaning kuchayishi.
Dostları ilə paylaş: